38
15.3.Tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat
tasniflagichi (TYKIUT) - o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o’quv muassasalarida
kichik mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va
mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro’yxati.
Kichik mutaxassis - bu ta`lim dasturini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan o’rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga beriladigan malaka
darajasidir.
Kichik mutaxassis:
- tegishli ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida uning unumli faoliyat ko’rsata
olishini ta`minlaydigan nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim,
malaka va ko’nikmalarga ega;
- mazkur jamiyatda o’zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta`minlaydigan
umumiy va kasbiy madaniyatga, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlarga va shaxsiy
sifatlarga ega.
Malaka — xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma`lum ishni
bajarish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarning mavjudligi.
Xodimning malakasini belgilovchi ko’rsatgich bo’lib, kategoriya yoki
diplom, ilmiy daraja yoki unvonning mavjudligi hisoblanadi.
Kasbiy faoliyat sohasi (KFS) kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarning
qo’llanish doirasidir; uning nomlanishi iqtisodiy sohalari nomlari bilan
moslashtiriladi.
Kasb-hunar ta`limi tarmoq standarti – yo’nalishlar bo’yicha kichik
mutaxassislarni tayyorlashning zarur va etarli mazmuni hamda pirovard
maqsadlarini aniqlaydi, ta`lim oluvchilarning o’quv yuklamalari hajmi va standart
sifatlari nazoratini belgilab beradi.
Jadval B/B/B bilaman, bilishni
hoxlayman, bilib oldim.
•Matnni yoki uning qismlarini
tahlil qilish imkonini beradi.
•Tizimli fikrlash, tahlil qilish va
joylashtirish malakasini
rivojlantiradi.
•Mavzuni o’rganishdan oldin
ishlatiladi. Avval 1-2ustunlar
to’ldiriladi, darsning yakunida
esa 3-ustun to’ldiriladi.
Jadvalni to’ldirish qoidalari bilan
tanishtiriladi.
―Berilgan mavzu bo’yicha hozirgacha
nimalarni bilar edingiz‖ degan savol bilan
murojaat etiladi.
Jadvalning 1-2 ustunlarini yakka yoki
juftlikda to’ldiradilar.
Mustaqil ravishda mavzu bilan tanishadilar.
Uchunchi ustunni to’ldiradilar.
39
15.4.Kichik mutaxassislarni tayyorlashning zarur va etarli mazmuni hamda
pirovard maqsadlarini aniqlaydi, ta`lim oluvchilarning o’quv yuklamalari hajmi va
standart sifatlari nazoratini belgilab berish kasb-hunar ta`limi tarmoq standartida
belgilab berilgan. O’quv rejalarini ishlab chiqishda bo’lg’usi kichik
mutaxassislarda
shakllantirilayotgan
malaka
mahoratlari
darajasining
o’rganilayotgan o’quv fanlari miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini
e`tiborda tutmoq lozim. Bo’lg’usi kichik mutaxassislarning bilim va
ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma-bosqich chuqur
o’rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda tutishi kerak bo’ladi.
15.6. O’MKHT ta`lim muassasalaridagi tayyorlov yo’nalishlari — aniq
kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta`lim berish doirasidir.
Mutaxassislarning kasbiy
faoliyatining aniq sohasi bo’yicha tayyorlov
yo’nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali
aniqlanadi.
Kasb - maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma`lum bir sohada
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy
ko’nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va
yuridik huquqlarni ta`minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg’ulotining)
turidir.
Ixtisoslik — birorta kasb doirasida ma`lum bir faoliyat turi uchun maxsus
tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko’nikma va
malakalar majmuasi.
O’MKHT tayyorlov yo’nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi - kasbiy
faoliyat sohalariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlov
yo’nalishlari ixtisoslashtirilgan ro’yxatining raqamli belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: