19. Pedagogik fanlar tizimida kasbiy pedagogikaning o’rni va ahamiyati.
19.1. Pedagogik fanlar tizimi kasb ta`lim pedagogikasining o’rni va ahamiyati
jihatlarini tushuntirib bering.
19.2.Pedagogik fanlari tizimida kasbiy pedagogikaning o’rni. ―Baliq skleti‖
strategiyasining ustunini to’ldiring.
19.3.Kasbiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
Foydalaniladigan adabiyotlar:1; 11;12; 17; 19; 26; 38; 42.
Metodik tavsiyanoma
19.1. O’quv jarayonida ta`lim oluvchilar va pedagoglar o’rtasida o’ziga xos
munosabatlar o’rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida
boradi. SHuning uchun ham ta`lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega
deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta`lim jarayonining
samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo’naltiruvchi sifatida
maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim,
ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o’zlashtirib
olishlari kerak. Ta`lim jarayonida pedagog o’rgatish, bilim, malaka, ko’nikma
hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o’zlashtirish jarayonini o’z boshidan
kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo’lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur
kabilar ishtirokida boradi. O’qish talabalarning o’zlashtirish, bilish qobiliyatlari,
fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv
tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma`lum bo’lgan xaqiqatlarni ochib
beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.
19.2. Baliq skeleti strategiyasining moxiyati shundan iborat:
Baliq skeletining boshiga mavzu yuzasidan biror masala yoziladi. Skeletning bir
tarafiga ushbu masala yuzasidan yuzaga keladigan muammolar yozilsa, ikkinchi
tomoniga esa ushbu muammoning echimi yoziladi. Skeletning oxiriga yuzaga
kelgan muammo echimlarining optimal varianti yoziladi yoki buni xulosa deb ham
yozish mumkin.
Yuzaga keladigan muammolar
olingan xulosa masala muammoning echimlari
47
19.3. Kasbiy pedagogika fanining asosiy maqsadi - jahon talablari darajasida
yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan,
iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko’taradigan mutaxassislarni tayyorlash
va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki
ijodiy yondoshuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tadbiq qilish sifatlarini
tarbiyalashga e`tibor qaratish lozim.
―Kasbiy pedagogika‖ fanining vazifasi quyidagilardan iborat:
- turli xil (tashkilotlarda) korxonalarda samarali mehnat faoliyatini amalga
oshirish;
- aniq bir ishlab chiqarishning nafaqat texnik-texnologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy
istiqbollarini belgilash;
- zaruriyat bo’lganda, boshqaruv va ijro funktsiyalarini qo’shish, ish qidirish
davomida mehnat bozorida to’g’ri yo’l tanlash va xususiy ishlab chiqarishni yo’lga
qo’ya olish.
SHuningdek, bo’lajak iqtisodchi-pedagoglar ―Kasbiy pedagogika‖ kursida
mutaxassislik bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar hamda yangi tushuncha va
qarashlar bilan qurollanadilar. Ushbu o’quv qo’llanma ta`lim oluvchilarning milliy
mafkura tarbiyasi, talabani rivojlantirish asoslari, o’qituvchi va talaba shaxsiga
qo’yiladigan talablar, kasbiy ta`limning nazariy va amaliy asoslari haqidagi
bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |