shaharlari bilan bog’lanib madaniyat va san`atni rivojlantirishga, ilmga bo’lgan
qiziqishga alohida e`tibor berilishini taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida mehnat
mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’p tarmoqli hunarmandchilik ishlarini
takomillashtirib ma`naviy madaniyatni yuksalishiga olib keladi. XV-XVII asrlar
davomida Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy kabi ulug’lar
XVI-XVIII asrlarga kelib O’rta Osiyo xalqlarini boshqa mamlakatlar bilan
savdo-sotiq ishlari fan va madaniyat sohalarida birmuncha yutuqlarga erishishga
sababchi bo’ldi. Bu o’zgarishlar jamiyatning ta`lim-tarbiya sohasida ham ma`lum
48
20.2. Farobiyning insoniy fazilatlar to’risidagi ta`limotidan quyidagi muhim
xulosalarga kelish mumkin:
inson o’z mohiyati bilan ijtimoiydir, ya`ni jamiyatda, o’zaro munosabat,
o’zaro yordam jarayonida inson bo’lib etishadi. Bu jamiyat insonlarning o’zaro
birikuvi yordamida insonning o’z moddiy ehtiyojlarini qondirishga bo’lgan
intilishi natijasida vujudga keladi va jamiyatdan tashqarida, insonlar jamoasidan
ajralgan holda, o’zaro yordamsiz o’z ehtiyojlarini qondira olmaydi.
inson o’zining barcha tug’ma qobiliyatlarini yuksak kamolotga erishuv etuk
bilish mukammallikka erishuv uchun sarf qiladi va bu yo’lda o’zini qurshagan
tabiat hodisalaridan foydalanadi, ularni o’ziga xos bo’yin singdiradi, buning uchun
ilm-fanni, turli hunarlarni o’rganadi.
Farobiy shuning uchun ham ta`lim-tarbiya masalalariga juda e`tibor berib,
insoniy fazilatlarga erishuv, oliy maqsad va kamolotga etishuv yo’lida ta`limda,
mehnat va aqliy tarbiyaga ega mas`uliyatli va muhim o’rin ajratadi.
Al-Xorazmiy, Al-Roziylarning pedagogik qarashlarida ham jamiyatning
rivojlanishida ta`lim-tarbiyaning o’rni yosh avlodlarni tarbiyalashda kasb-hunar
egallashning, hunarmandchilikning ijobiy ta`siri insonlarning kundalik hayotiy
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishlari zarurligini targ’ibot qilganlar.
IX-XII asr o’rtalarida turli fan sohalarida keng ko’lamda rivojlanish insoniyat
tarixida buyuk entsiklopedik hisoblanadigan olimlar bilan bog’liqdir.
Ibn Sinoning ta`lim-tarbiyaga oid fikr-ulohazalari uning bizgacha etib kelgan
juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan.
Ibn Sino fikricha bolaga ma`lum bir kasb-hunar o’rgatish zarur. Bola kasb-
hunarni ma`lum darajada o’zlashtirib bo’lgandan keyin uni o’sha paytlardan
boshlab o’z kasb-hunaridan foydalanishi va mustaqil hayot kechirishni o’rgatish
lozim.
Beruniy mamlaktning obodonligi ilm-fanning ravnaqiga bog’liq bo’lsa,
yoshlarning baxt-saodati va kamolotini uning bilishi va ma`rifatida deb biladi.
SHuning uchun ham olim, yoshlarni ilm-ma`rifatga chorlaydi. Beruniy yoshlardan
rahimdil, mehribon, kishilarga iltifotli, xayrixoh bo’lishni najotsiz odamga qo’l
cho’zishni, makkorlik, ayyorlik, adolatsizlik, jur`atsizlik, boylikka hirs qo’yish
kabi sifatlarga yo’l qo’ymaslikni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: