Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Shaftoli. Shaftolining sifati GOST 21833-76 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu 
standart talabi boʻyicha oʻrik mevalari sifat koʻrsatkichlariga qarab oliy, birinchi va ikkinchi tovar 
navlariga boʻlinadi. 


Oliy  va  birinchi  tovar  naviga  kiritiladigan  mevalar  shakli  va  rangi  boʻyicha  aynan  shu 
pomologik navga xos, butun, toza, sogʻlom, yaxshi yetilgan, ortiqcha namliklarsiz, begona taʻmlarsiz 
va hidlarsiz boʻlishi kerak. 
Ikkinchi  tovar  navida  esa  shakli  va  rangi  shu  pomologik  navga  xos  boʻlmagan  navlar  ham 
boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Shaftolining oliy va birinchi navlarida mevalar boldoqsiz boʻlishi mumkin. 
Lekin  boldoq  birikkan  joyda  meva  poʻstlogʻi  shilinmagan  boʻlishi  kerak.  Shaftolilar  sifatini 
baholashda  muhim  koʻrsatkichlardan  yana  biri  pishganlik  darajasi  hisoblanadi.  Oliy  va  birinchi 
navlarida shaftolilar yaxshi yetilib pishgan, pishganlik darajasi bir xil boʻlishi kerak. Ularda gʻoʻra 
yoki oʻta pishib ketgan mevalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Shaftoli mevalari uchun ham yana bir asosiy koʻrsatkich meva koʻndalang kesimining diametri 
hisoblanadi.  Bu  koʻrsatkich  1-avgustgacha  yigʻib-terib  olinadigan  shaftoli  mevalarining  oliy  tovar 
navi uchun 50 mm dan, birinchi tovar navi uchun 45 mm dan, ikkinchi tovar navi uchun ham 45 mm 
dan  kam  boʻlmasligi,  1-avgustdan  keyin  ygʻib-terib  olingan  shaftoli  mevalarining  oliy  navlarida 
uchun esa 55 mm dan, birinchi navlari uchun 50 mm dan, ikkinchi tovar navlari uchun ham 50 mm 
dan kam boʻlmasligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan standartda belgilab qoʻyilgan. 
Shaftoli mevalarining sifatini baholashda ham oʻrik mevasidagi singari maʻlum chetlanishlarga 
yoʻl  qoʻyiladi.  Masalan,  shaftolining  oliy  navida  mexanik  jarohatlar  boʻlishiga  yoʻl  qoʻyilmaydi. 
Birinchi  tovar  navlarida  esa  har  birining  yuzasi  2  sm2  dan  oshmagan  2  tagacha  yengil  jarohatlar 
boʻlishiga  yoʻl  qoʻyiladi.  Yoki  oliy  nav  mevalarda  zararkunandalar  bilan  zararlangan,  kasallikka 
chalingan mevalar boʻlmasligi standart talabi bilan oʻrnatilgan boʻlsa, birinchi nav navlarida esa 15 
%  gacha  jarohati  bitgan  mevalar  boʻlishiga  yoʻl  qoʻyiladi.  Shuningdek,  shaftolining  uchala  tovar 
navida ham chirigan va pishmagan koʻk mevalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish