Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Mevalarning sifatiga qo`yiladigan talablar va standartlari ekspertizasi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

2. Mevalarning sifatiga qo`yiladigan talablar va standartlari ekspertizasi 
 
Olma. Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270-70 ga, kech pishar olma navlarining 
sifati  esa  GOST  21122-75  standarti  talabiga  javob  berishi  kerak.  Bu  Davlat  standartlari  talabi 
boʻyicha tez pishar olmalar sifat koʻrsatkichlari boʻyicha 1-chi va 2-chi tovar navlariga boʻlinsa, kech 
pishar olma navlari esa oliy, 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga boʻlinadi. Olmalarni tovar navlariga 
ajratishda  asosiy  koʻrsatkich  tekshirish  uchun  namuna  sifatida  olingan  olmalarning  eng  kata 
koʻndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan, kech pishar olmalarning dumaloq shaklli oliy 
navida koʻndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-
navida  esa  40  mm  dan  kam  boʻlmasligi  talab  etiladi.  Bundan  tashqari  olmalarning  sifatini 
belgilaydigan  asosiy  koʻrsatkichlarga    ularning  tashqi  koʻrinishi,  pishib  yetilganlik  darajasi,  hidi, 
taʻmi kabi koʻrsatkichlari kiradi. Chirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat 
etilmaydi. 
Nok. Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning uchun saqlashga va 
tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nokni asosan hoʻl meva sifatida isteʻmol qilinadi va undan 
kompot, murabbo, sukat kabi mahsulotlar tayyorlashda ham foydalaniladi. 
Nokning  kimyoviy  tarkibida  quyidagi  moddalar  mavjud  (%):  suv  82-85%,  qand  6,5-13, 
kraxmal  0,3,  kletchatka  0,6-0,9,  pektin  moddalari  0,2-0,3,  organic  kislotalar  0,1-0,5,  mineral 
moddalar 0,3-0,7, oshlovchi moddalar 0,02-0,17. 
Shuningdek, nok mevalari tarkibida S1,V1,V2 va boshqa vitaminlar ham uchraydi. Nokning 
shakli yassi-yumaloq, yumaloq, tuximsimon, ovalsimon boʻladi. 
Poʻstlogʻining rangi asosan bir xil, yashil, sargʻich-yashil, sariq ranglarda boʻladi. Magʻzi esa 
oq,  krem,  pushti  rangli,  konsistensiyasi  qattiq,  donador,  mayda  donador,  dagʻalroq,  yopishqoq, 
mayin, uqalanuvchan, moysimon, ogʻizda tezda eriydigan holatlarda boʻladi. 
Nok ham pishib yetish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishqi navlariga boʻlinadi. 
Yozgi navlari iyul-avgust oylarda pishib yetiladi, ular saqlashga deyarli yaramaydi (saqlanish 
muddati  10-20  kun).  Yozgi  navlariga  Vilyams  yozgi  navi,  Zuhra,  Lastochka,  Podarok,  Rano  kabi 
navlari kiradi. 
Kuzgi navlari avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida daraxtdan uziladi. Ular ikki-
uch  oylar  saqlangandan  keyin  yaxshi  pishib  yetiladi.  Mevalar  tashishga  yaroqli.  Kuzgi  navlarga 
Lesnaya krasavitsa, Kuzgi qizil nashvati, Paxtakor, Medovaya navlarini kiritish mumukin. 
Qishgi  navlari  sentyabr  oyining  oxiri  va  asosan  oktyabr  oyida  daraxtdan  uziladi.  Daraxtdan 
uzilganda  mevalar  qattiq  konsistensiyaga  ega  boʻlib,  ularning  taʻmi  va  hidi  ham  kam  seziluvchan 
boʻladi. Qishgi nav mevalar bemalol 4-5 oy saqlanadi va ularni uzoq masofalarga ham ham tashish 
mumkin. Qishgi navlarga Qishgi Dekanka, Royal Zimnyaya, Olive de Serr, Qishgi nashvati, Kofe 
kabi  navlarini  kiritish  mumkin.  Nok  mevalari  uchun  ham  tovar  navlarini  belgilashda  asosiy 
koʻrsatkichlardan  biri  meva  katta  koʻndalang  kesimining  diametri  hisoblanadi.  Bu  koʻrsatkich 


birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi tovar navlarida 45 mm dan, uchinchi tovar navlarida esa 
35 mm dan kam boʻlmasligi yuqorida keltirilgan standartlarda qayd etilgan. 
Behi. Behi daraxti issiqsevar, mevasi katta, tukchalar bilan qoplangan, shakli olmaga yoki noka 
oʻxshash boʻladi. Mevasining eti zich, taʻmi tishni qamashtiruvchi, hidi hushboʻy va yoqimli boʻladi. 
Behidan yuqori sifatli murabbo, marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar tayyorlanadi. 
Behi mevalarining oʻrtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 81-85, umumiy qand 5-12 
(fruktoza  koʻproq),  organik  kislotalar  0,5-0,9  (asosan  olma  va  limon  kislotalari),  kletchatka  1,5, 
pektin  moddalari  0,5-1,5,  oshlovchi  moddalar  0,44-0,66,  mineral  moddalar  0,8  (temir  va  mis 
koʻproq). Shuningdek, behi tarkibida S1,V,V2 va boshqa vitaminlar uchraydi.  Yangi uzilgan behi 
mevasidan kamqonlik va boshqa kasalliklarda foydalaniladigan tarkibida temir moddasi koʻp boʻlgan 
ekstraktlar tayyorlanadi. 
Behilar  pishish  muddatiga  qarab  ertapishar  va  kechkipishar  turlariga  boʻlinadi.  Behilarning 
ertapishar  navlari  sentyabr  oyida,  kechkipishar  navlari  esa  oktyabr  oyida  yigʻib-terib  olinadi. 
Ularning  kechkipishar  navlarini  4-8  oy  saqlash  mumkin.  Saqlash  jarayonida  behi  mevasi  biroz 
yumshaydi, taxirligi kamayadi va oʻziga xos xushbuy hid paydo qiladi. Shu sababli, murabbo, jem va 
boshqa mahsulotlar olish uchun uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Xoʻjalik  botanik  belgilari  boʻyicha  behilar  ham  ikki  pomologik  guruhga  (GOST  21715-76), 
sifati  boʻyicha  esa  1-chi  va  2-chi  tovar  navlariga  boʻlinadi.  Ularning  sifatini  aniqlashda  tashqi 
koʻrinishi, katta-kichikligi, pishib yetilganlik darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar darajasi kabi 
koʻrsatkichlariga katta eʻtibor beriladi. Eng katta koʻndalang kesimining diametri 1-navida kamida 
60 mm, 2-navida esa kamida 45 mm boʻlishi kerak. Respublikamizda behilarning Non behi, Baxri, 
Turush, shirin, Samarqand kabi navlari yetishtiriladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish