Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Mahsulot sifatining xususiy koʻrsatkichlari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Mahsulot sifatining xususiy koʻrsatkichlari. 


Xususiy koʻrsatkichlari  meva va sabzavotlar biologiyasining oʻziga xosligi bilan asoslanadi. 
Bularga quyidagilar kiradi: meva va sabzavotlarning pishib yetilganlik darajasi, karam boshlarining 
zichligi  va  tozalanganlik  darajasi,  bosh  piyozlarda  poʻstining  qalinligi,  qayta  ishlanadigan 
kartoshkalarda kraxmal miqdori va boshqalar. 
Pishganlik darajasi. Bu koʻrsatkich olma, nok, pomidor kabi qishloq xoʻjalik mahsulotlarining 
isteʻmol  qiymati  va  saqlanuvchanligi  tavsiflaydi.  Bunday  mevalar  va  sabzavotlar  saqlaganda 
yetiladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari qatoriga kiradi. 
Erta pishar va kech pishar olmalarni uzishda va saqlashda ularning pishganlik darajasi muhim 
hisoblanadi. Kech pishar olmalarning aʻlo, 1-chi va 2- chi navlarida ularning pishganlik darajasi bir 
xil boʻlishi standartlarda belgilangan. Bu tur olmalarning faqat 3-navlaridagina pishganlik darajasi 
har xil boʻlishiga  yoʻl qoʻyiladi. Kech pishar olmalarning hamma tovar  navlarida ham pishmagan 
koʻmkoʻk olmalar hamda juda pishib ketgan olmalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Saqlanuvchanligi  yaxshi  boʻlmagan  va  isteʻmol  qiymati  past  boʻlgan  olmalarni  saqlashga 
joylashtirish  va  sotish  jarayonlarida  ularning  pishib  yetilganlik  darajasiga  talab  qoʻyilishi  shart 
emasligi standartlarda koʻrsatib oʻtilgan. 
Pomidorlarning pishib yetilganlik darajasi ularning rangiga qarab aniqlanadi (qizil, binafsha, 
sut rangli, sariq va hokazo). Pomidorlar qaysi maqsadlarda ishlatilishiga qarab, ularni turli pishganlik 
darajasida terib olinadi.  
Koʻpchilik meva va sabzavotlar uchun pishganlik darajasi alohida koʻrsatkich sifatida ajratilib 
koʻrsatilmasdan ularning kompleks koʻrsatkichi boʻlgan «tashqi koʻrinishi» koʻrsatkichida qaraladi. 
Meva  va  sabzavotlarning  ayrimlari  uchun  esa  pishganlik  darajasi  ichki  tuzilishi  bilan 
harakterlanadi. Bunday meva va sabzavotlarga qovun, tarvuz, bodring, baqlajon, lavlagi, sholgʻom 
kabilarni kiritish mumkin. Masalan, lavlagilar etining rangi, kesimining holati, ulardagi xalqalarning 
oq yoki binafsha rangiga qarab sifati haqida xulosa chiqarish mumkin boʻladi. Lavlagilar kesimida 
qancha oq xalqalar koʻp boʻlsa, ularda rang beruvchi moddalar yaxshi sintez boʻlmagan va isteʻmol 
xossalari ham shuncha past deb xulosa qilinadi. 
Meva  va  sabzavotlar  uchun  xususiy  koʻrsatkichlardan  yana  biri  ularning  kimyoviy  tarkibi 
boʻyicha  koʻrsatkichlarning  oʻrnatilishi  hisoblanadi.  Masalan,  qayta  ishlash  uchun  moʻljallangan 
kartoshkalar tarkibida kraxmal miqdorining 12-15% dan kam boʻlmasligining, yoinki yongʻoqlarda 
namlikning 6-10% dan ortiq ortiq boʻlmasligining koʻrsatilishi buning yaqqol namunasidir. Boshqa 
hoʻl mevalar va sabzavotlar uchun esa ularning kimyoviy tarkibi boʻyicha talablar stardartlarda oʻz 
aksini topmagan. Lekin, baʻzi bir sabzavotlar uchun esa ularning sifatiga taʻsir koʻrsatuvchi maʻlum 
bir  moddalarning  miqdori  keltiriladi.  Masalan,  kartoshkalarda  solanin  miqdorining  chegaralanishi 
aynan shundan dalolat beradi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish