Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Standartlashtirish va sifatni taʻminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
2. Standartlashtirish va sifatni taʻminlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi 
 
Yuqorida  koʻrsatib  oʻtilganidek,  respublika  standartlashtirish  tizimlaridagi  ayrim  nomuvofiqlarni 
eʻtiborga  olgan  holda  va  uni  bartaraf  etish  maqsadida  hamda  xalqaro  standartlashtirishning  hozirga  va 
kelajakdagi talablar asosida Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish va sifatni taʻminlash tizimlarini yanada 
takomillashtirish  maqsadida  «Oʻzstandart»  agentligi  tomonidan  2003-2010  yillarga  moʻljallangan 
«Oʻzbekiston  Respublikasida  2003-2010  yillarda  xalqaro  amaliyotni  hisobga  olgan  holda 
standartlashtirish, sifatini taʻminlash tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish «Konsepsiyasi» va 


uni  amalga  oshirish  chora-tadbirlar  Dasturi  ishlab  chiqilgan  va  u  standartlashtirish,  metrologiya  va 
sertifikatlashtirishni  rivojlantirish  boʻyicha  Idoralararo  kengashning  2003  yil  26  martda  boʻlib  oʻtgan 
majlisida qabul qilingan. 
Hozirgi kunda respublika davlat boshqaruv idoralari, yuridik shaxslar birlashmalari va boshqa 
tegishli tashkilotlar mahsulot (xizmat)larga belgilangan meʻyoriy hujjatlarning barcha fondini Jahon 
Savdo  Tashkiloti  talablariga  muvofiq,  xalqaro standartlari asosida ilmiy-texnik ekspertizadan oʻtkazish 
ishlari tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida amalga oshirilmoqda. 
«Konsepsiya»da standartlashtirishning qonuniy, meʻyoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, milliy 
standartlar  maqomini  xalqaro  standartlar  maqomiga  yaqinlashtirish,  mahsulot  (xizmat)larini 
sertifikatlashtirish  tizimini  qayta  koʻrib  chiqish  va  soddalashtiri,  xalqaro  standartlarni  milliy  standartlar 
sifatida  qabul  qilish  masalalari,  xavfsizlik  va  ekologiya,  axborot  texnologiyalari,  resurslarni  tejash  va 
mahsulot sifatini taʻminlash kabi ustuvor yoʻnalishlar oʻz ifadasini topgan. 
Respublikada  «Konsepsiya  chora-tadbirlari  Dasturi»ni  toʻliq  amalga  oshirilishi  milliy 
standartlashtirish va sifatini taʻminlash tizimilari meʻyoriy hujjatlarining darajalarini xalqaro standartlar 
darajasiga tenglashtirishga imkon yaratib berish bilan bir qatorda Oʻzbekistonni Jahon Savdo Tashkilotiga teng 
huquqli aʻzo boʻlib kirishi uchun ham barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. 
Standartlashtirish  va  sifatni  taʻminlash  tizimlarini  rivojlantirish  va  takomillashtirish 
Konsepsiyasi  kirish  qismi  va  9  boʻlimdan  tuzilgan  boʻlib,  uning  1-boʻlimi  «Mahsulot 
raqobatbardoshligini va sifatini oshirishning qonuniy va meʻyoriy-huquqiy asoslarining hozirgi holati va 
uni  takomillashtirish  vazifalari»  deb  ataladi.  Unda  amaldagi  meʻyoriy  hujjatlar  darajasi  va  ularning 
xalqaro  standartlar  talablariga  muvofiqligini  aniqlash,  texnik  reglamentlararo  standartlashtirish 
tizimlarini shakllantirish va qoʻllash, meʻyoriy hujjatlarni xalqaro texnik reglamentlar va standartlarga 
muvofiqligini aniqlash prosedurasi (ish tartibi) toʻgʻrisidagi vazifalar rejalashtirilgan. 
Konsepsiyaning  «Respublikani  Jahon  Savdo  tashkilotiga  kirishiga  tayyorlash  sharoitida  xalqaro 
tajribani hisobga olgan holda davlat standartlashtirish tizimini takomillashtirish» deb nomlangan 2 boʻlimida 
Jahon Savdo Tashkiloti aʻzolari boʻlgan davlatlar bilan axborotlar almashish usullari, texnik qonunlar majmuini 
shakllantirish  va  rivojlantirish  yoʻnalishlari,  xavfsizlik  va  ekologiya,  axborotlar  texnologiyalari, 
resurslarni tejash, mahsulot sifatini meʻyoriy taʻminlash, tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari, xizmatlari va 
standartlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari sohalaridagi vazifalar koʻrsatib berilgan. 
Konsepsiyaning 3 - «Standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik» boʻlimida Respublikaning ushbu 
sohada  xalqaro  hamkorligidagi  asosiy  vazifalari  belgilangan.  Ushbu  Konsepsiyaning  4-boʻlimida 
standartlashtirishni  axborotlar  bilan  taʻminlanishi  va  mahsulotni  kataloglash  davlat  tizimining  ishlab 
turishini taʻminlash masalalari oʻz aksini topgan. Mudofaa mahsulotlarini standartlashtirish masalalari 
ushbu konsepsiyaning 5 – boʻlimida koʻrsatib berilgan. 
Konsepsiyaning 6 –  «Standartlar ustidan davlat tekshiruvi va nazorati» boʻlimida standartlar ustidan 
davlat tekshiruvi va nazoratini kelajakda texnik reglamentlarga rioya qilish ustidan nazorat qilishga aylanishi 
toʻgʻrisida  maʻlumotlar  berilgan.  Konsepsiyaning  «Mahsulot  va  xizmatlarning  muvofiqligini 
tasdiqlovchi  milliy  tizimni  takomillashtirish»  deb  nomlangan  7  –  boʻlimida  muvofiqlikni 
tasdiqlashning amaliy yoʻnalishlari koʻrsatilgan. 
Konsepsiyaning 8 – boʻlimida Xalqaro standartlar darajasida ishlab chiqarishni oʻzlashtirganligi va 
mahsulot ishlab chiqarganligini ragʻbatlantirish masalalari oʻz aksini topgan.Konsepsiyaning «Kadrlar 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirish»  deb  nomlangan  9  -  boʻlimida 
Oʻzbekistonni  Jahon  Savdo  Tashkilotiga  aʻzo  boʻlib  kirishga  tayyorlash  davrida  oʻquv  jarayonini 
kompleks boshqarish masalalariga eʻtibor qaratilgan. 
Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar Dasturi uch qismga ajratilgan: 
- «Standartlashtirishni takomillashtirish»; 
- «Ishlab 
chiqarish, 
mahsulot 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirishni 
takomillashtirish»; 
- «Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish». 
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish boʻyicha Konsepsiyada koʻrsatilgan ishlarning aksariyat 
qismini bajarilish muddati 2003-2005 yillarga moʻljallangan. 


Dastlabki  qabul  qilingan  Milliy  sertifikatlashtirish  davlat  tizimi  respublikada  ishlab 
chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan mahsulot turlarining barchasini majburiy sertifikatlashtirishdan 
oʻtkazishni nazarda tutar edi. Bu hol oʻz navbatida sertifikatlashtirish boʻyicha ishlarni haddan tashqari oshib 
ketishiga olib keldi. Bundan tashqari qabul qilingan sertifikatlashtirish tartibi juda koʻp vaqtni talab qilar 
edi.  Shu  sababli  kelgusida  ushbu  kamchiliklarni  bartaraf  etish,  tadbirkorlik  subyektlari  faoliyati  uchun 
qulayliklar yaratish, sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf 
etish  maqsadida  Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  2004  yilning  6  iyulida  «Mahsulotni 
sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 318-sonli qaror 
qabul  qilindi.  Ushbu  qaror  asosida  birinchi  marta  majburiy  sertifikatlashtirishdan  oʻtkaziladigan 
mahsulotlar  turlari  deyarli  1/3  barobarga  qisqartirilgan.  Majburiy  sertifikatlashtiriladigan  mahsulotlar 
roʻyxatiga  kirmagan  mahsulotlarni  2004  yilning  1-oktyabridan  boshlab  deklorasiya  orqali  belgilangan 
talablarga  muvofiqligi  tasdiqlanish  zarurligi  nazarda  tutilgan.  Shuning  bilan  birgalikda  chetdan  keltirilgan 
mahsulotlarning  sinovlari  uchun  namunalarning  eng  yuqori  chegaralangan  miqdori  belgilangan  hamda 
sertifikatlashtirish  xizmatlari  uchun  harajatlar  toʻlovi  tartibini  oʻzgartirish  ham  nazarda  tutilgan.  Ana 
shularni hisobga olgan holda «Mahsulotni sertifikatlashtirishdan oʻtkazishning tartibi toʻgʻrisida»gi 
Nizom ishlab chiqildi (yaratildi) va Vazirlar Mahkamasining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan 318-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish