Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Oʻsimlikshunoslik mahsulotlarini standartlashtirish



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
3. Oʻsimlikshunoslik mahsulotlarini standartlashtirish 
 
Qishloq xoʻjaligi mahsulotining standartlari ilmiy asoslangan sifat meʻyorlariga  ega boʻlishi 
lozim.  Standart  sifat  ragʻbatlantirmaydi.  Sinovlarning  ishonarli  va  operativ  uslublarining  yoʻqligi 
mahsulotning  xaqiqiy  sifatini  baholash  imkonini  bermaydi,  shuning  uchun  standartlarni  ishlab 
chiqishda usimlik mahsulotiga xos boʻlgan barcha xususiyatlar hisobga olinishi darkor. 
Standarlashning  biologik  obyektlarga  tegishli  qishloq  xoʻjaligi  mahsulotlari  uchun  oʻzaro 
bogʻlangan ikki xususiyat - irsiyat va oʻzgaruvchanlik xosdir. Bu xususiyatlar dexkonchilik mahsuloti 
sifatiga yagona talabni belgilashni qiyinlashtiradi. 
Qishloq  xoʻjaligi  mahsuloti  sifatining  turliligi  tufayli  standartlarda  sifatning  bitta  darajasini 
kursatish  bilangina  cheklanib  bulmaydi.  Bu  xolda  yetishtirilgan  barcha  xosilni  baholash  imkonini 
beradigan  sifat  va  meʻyor  koʻrsatkichlari  belgilanishi  lozim.  Shuning  uchun  qishloq  xoʻjaligi 
mahsuloti standartlarida mahsulot sifatiga talablar tovarlar navlari, turlari, toifalari, yoriklariga koʻra, 
tabaqalab belgilanadi. 
Standartlarda oʻsimlik mahsulotlari sifatiga tovar navlari, turlari, toifalari boʻyicha talablarning 
belgilanishi,  bazis  meʻyorlar  hamda  muvofiq  keluvchi  tabaqalashgan  narxlarning  kiritilishi,  «Oliy 
sifat»  navlar  va  ular  uchun  ustama  narxlar  ajratilishi  qishloq  xoʻjaligi  xodimlarining  pirovard  ish 
natijalaridan  manfaatdorliklarini  oshiradi.  Mahsulot  sifati  undan  foydalanish  yunalishlariga  koʻra 
ham  tabakalanishi  darkor.  Ayni  bir  mahsulotning  sifat  kursatgichlari  undan  bir  maqsadda 
foydalanganda yuqori deb, boshka maqsadda foydalanilganda esa past deb topilishi mumkin. 
Masalan, arpa tarkibida oqsilning koʻp boʻlishi uni yem-xashak mahsulot tarzidagi qimmati va 
sifatini oshiradi, ammo pivo pishirishda uning sifatini pasaytiradi. 
Tarkibida 14% oqsil va 23%dan ortiqrok kleykovina boʻlgan 1-sifat guruhiga kiruvchi yumshoq 
yaltiroq bugʻdoy oliy sifatli bugʻdoy hisoblanadi. Ammo u qandolat sanoati uchun unchalik maʻqul 
hisoblanmaydi,  bu  sanoatda  tarkibida  kraxmali  koʻp  va  oqsili  9-11%  boʻlgan  unli  bugʻdoydan 
foydalanishga  afzallik  beriladi.  Mahsulot  sifatiga  qoʻyiladigan  talablar  turgʻin  emas,  ular  fan  va 
texnika, jamiyat farovonligi shu kabilarning ravnaqi darajasiga koʻra ortib boradi. 
Dexqonchilik mahsuloti standartlari uning asosiy texnologik xususiyatlarini ifoda etuvchi sifat 
koʻrsatkichlarini  oʻz  ichiga  olishi  darkor.  Qand  lavlagi  va  uzum  tarkibida  shakar,  bugʻdoydagi 
kleykovina,  sanoatda  kartoshkani  qayta  ishlashdan  olinadigan  kraxmal  kabilar  ana  shunday 
koʻrsatkichlar hisoblanadi. Mahsulotga asosiy texnologik koʻrsatkichlarini hisobga olgan xolda haq 
toʻlash qishloq xoʻjaligi xodimlarining mahsulot sifatini yuksaltirish, uni saqlash va qayta ishlashda 
yuqotishlarni kamaytirishdan manfaatdorliklarini oshiradi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish