Organoleptik uslub: Bu mahsulot sifati koʻrsatkichlari qiymatini koʻrish, hid bilish, eshitish,
sezish, taʻm bilish orqali aniqlash uslubidir. Bu uslub vositasida mahsulotning tashqi koʻrinishi, taʻmi,
hidi, rangi (tusi), tarkibi, konsistensiyasi, maydalanish darajasi aniqlanadi. Uslub oddiy va koʻp vaqt
talab etmaydi. Uslubning kamchiligi – kishilar fiziologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan
subyektivlikdir. Baholash natijalari baholovchilarning tajribalariga, qobiliyatlariga, mahoratlariga,
degustasiya shart-sharoitlari va texnikasiga bogʻliq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |