organoleptik, sosiologik, ekspert tekshirish)
Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatini aniqlashning oʻlchov (laboratoriya),
roʻyxatga olish, hisob-kitob, organoleptik, sasiologik, ekspert uslublari mavjud.
Oʻlchov uslubi. Koʻrsatkichlarni asboblar yordamida oʻlchash va tahlil qilishga asoslangan
boʻlib, miqdoriy koʻrsatkichlardan foydalanadi. Oʻlchov uslublari fizik, kimyoviy, kimyoviy-fizik,
mikroskopik, biologik, fiziologik va texnologik uslublarga ajratiladi.
Fizik uslublar mahsulotning fizik xossalariga asoslanadi. Fizik uslublarga polyarimetrik,
refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik uslubdan optik faol moddalar
(saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda foydalaniladi. Eriydigan quruq moddalar,
shakar va yogʻni aniqlashda refraktometrik uslublardan foydalaniladi.
Refraktometrik uslub oziq-ovqat mahsulotining tarkibiy-mexanik xususiyatlarini aniqlash,
donning meʻyorlarini, choʻzinchoqligi, yirikligi, toʻlaligi, puchligi, tekisligi, yaltiroqligi va naturasini
aniqlash, toʻkiluvchanlikni, gʻalviraklikni, tola massasi hajmini, uning mexanik xususiyatlari
(pishiqlik va moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qoʻllanadi.
Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi.
Kimyoviy uslublardan qishloq xoʻjaligi mahsulotining kimyoviy tarkibini, yaʻni shakar,
kraxmal, biriktiruvchi toʻqimalar, yogʻ, azot birikmalari, mineral elementlar, vitaminlar, suv va
boshqa kimyoviy vositalarni aniqlashda foydalaniladi.
Fizik-kimyoviy uslublar qishloq xoʻjaligi mahsuloti sifatini aniqlashga koʻmaklashadi: bular –
xromatograf (xushboʻy va boʻyoq moddalar tabiati va miqdorini, oqsillardagi aminokislota tarkibini,
ayrim organik kislotalar mavjudligini aniqlash), potensiometrik (LPU-1 potensiometr yordamida
tadqiq qilinayotgan eritmada vodorod ionlari yoʻnalishini va boshqalarni aniqlash), konduktometrik
(eritmaning elektr oʻtkazuvchanligini tadqiq qilish), kolorimetrik (eritmada yorugʻlikni yutish
boʻyicha moddalar toʻplanishini aniqlash), shuningdek, bu uslub vositasida meva va rezavorlardagi
vitaminlar tarkibi, mahsulotlardagi rN miqdori aniqlanadi.
Mikroskopik uslubdan oʻzun tolali zigʻir va nasha oʻsimligi toza qatlamining anatomik
toʻzilishini, tola sifatini, ular oddiy tolalar yoʻgʻonligini, mahsulot (asal, tuyilgan ziravor)ning
haqiqiyligini, mahsulotlarda aralashmalar (qum, tuproq), parazitlar (sabzavotlarda nematodlar)
borligini aniqlashda foydalaniladi.
Biologik uslublardan laboratoriya va yerdagi unuvchanlik, shuningdek, mahsulotlarda toksik
moddalar mavjudligi, mahsulotlarga mikroorganizmlarning aralashganligi va ularning tur tarkibi,
kuya zamburugʻlari sporalarini aniqlashda foydalaniladi.
Mahsulot sifati koʻrsatkichlari qoʻyidagilardan tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |