Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


 Mahsulot va xizmatlar sifatini taʻminlashda ISO 9000 xalqaro standartlarining ahamiyati



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
3. Mahsulot va xizmatlar sifatini taʻminlashda ISO 9000 xalqaro standartlarining ahamiyati 
 
Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohatlar  natijasida  respublikamizning  ichki 
bozorida tovar va xizmatlarning erkin aylanishi va bozor mexanizmlaridan  foydalanish  uchun  kerakli 
sharoitlar shakllantirildi, bozor infrostrukturasi (tuzilmasi) va raqobat muhiti yaratildi. Shu asosda ishlab 
chiqarish madaniyati hamda mahsulot sifati va xavfsizligini taʻminlash boʻyicha ishlab chiqaruvchilar 
va boshqa tovar  yetkazib beruvchilarning ham masʻuliyatlari oshib bormoqda.  Shuning  bilan  birgalikda 
respublikamiz milliy korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari va koʻrsatadigan xizmatlari bilan 
tashqi bozorga chiqish uchun ham qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Maʻlumki bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uning bilan tashqi 
bozorda qatnashishni taʻminlash ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini  yanada  yaxshilash  va  korxonada 
koʻproq  foyda  olishni  taʻminlaydigan  sifat  tizimini  yaaratishga  imkoniyat  yaratib  beradi.  Bunday  sifat 
tizimlarini yaratishda esa ISO 9000 seriyali xalqaro standartining roli juda katta. Chunki barcha rivojlangan 
mamlakatlarda  ISO  9000  seriyali  xalqaro  standartlari  ishlab  chiqarish  va  xizmat  koʻrsatishni  tashkil 
etishda  ajralmas  qism,  tashqi  bozor  eshigini  ochuvchi  «kalit»  sifatida  xizmat  qiladi.  Shuning  bilan 
birgalikda respublikamizda ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar talablari asosida milliy korxonalar sifatni 
boshqarish tizimlarini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanish, yuqori sifatli, inson hayoti uchun 
zararsiz  mahsulot  va  xizmatlar  yaratish,  ularning  tashqi  bozorda  chet  matlakatlarda  ishlab  chiqarilgan 
oʻxshash mahsulotlar bilan raqobatda qatnashish va mahsulotni import qilinadigan mamlakatlar hududlarida 
sertifikatlashtirish va standartlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan ayrim texnik toʻsiqlarni kamayishiga imkon 
yaratadi. Yana shu narsani taʻkidlash joizki, ISO 9000 xalqaro standarti oilasiga kiruvchi standartlarning 
joriy  etilishi  birgina  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  sifatini  yaxshilab  va  uning  xavfsizligini 
taʻminlab qolmasdan, balki ular universal harakterga ega boʻlganligi sababli, ularni har qanday ishlab 
chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ham qoʻllash mumkin. 
Respublikamizning  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ISO  9000  xalqaro  standarti  bazasida  sifatni 
boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun yuqorida takidlab 
oʻtilganidek,  koʻplab  qoʻlayliklar  yaratadi.  Shuningdek,  ISO  9000  xalqaro  standartlari  bozor  iqtisodiyoti 
sharoitida korxonalarning barqaror faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi uchun ham maʻlum darajada foyda 
olish garovi hisoblanadi. Masalan, Jahon bozorida ishtirok etayotgan mamlakatlar tajribasida mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar va uni yetkazib beruvchilar uch guruhga ajratiladi: 
1). Yetkazib berilgan torvar sifati boʻyicha mutloq ishonchli (korxona)lar. Yaʻni, bunday guruhga 
ISO 9000 standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari mavjud korxonalar kiradi. Ular 
shartli ravishda «A» guruh korxonalari deyiladi. 


2). Yetkazib berilgan tovar sifati boʻyicha nisbatan ishonchli korxonalar. Bu guruhga kiruvchi 
korxonalar  ISO 9000 xalqaro standartlari talablari asosida sifat tizimlarini endigina amalga oshirayotgan 
korxonalar kiradi va shartli ravishda ular «V» guruh korxonalari deyiladi. 
3). Yetkazib berilgan tovar sifati boʻyicha ishonchsiz korxonalar. Ularga ISO 9000 standarti talablari 
asosida sifat tizimlari yaratilmagan korxonalar kiradi va ular shartli ravishda «S» guruhi deb ataladi. 
Bozor ekspertlarining maʻlumotlariga qaraganda «A» guruhiga kiruvchi korxonalarning mahsulotlari 
«S»  guruhiga  kiruvchi  korxonalarning  mahsulotlariga  nisbatan  deyarli  50  foizga  ortigʻi  bilan  sotilar 
ekan. 
ISO 9000 xalqaro standartlarining yuqorida taʻkidlab oʻtilgan afzalliklarini hisobga olgan holda, 
ayrim  Mustaqil  Davlat  Hamdoʻstligi  davlatlarida  ularni  joriy  etgan  korxonalarga  qoʻshimcha  imtiyozlar 
beriladi.  Masalan,  Rossiya  Federasiyasida  ishlab  chiqarish  boʻyicha  davlat  buyurtmalari  faqat  ISO  9000 
xalqaro standartlari talablari asosida sifat tizimlari sertifikatlashtirishdan oʻtkazilgan korxonalarga beriladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish