83
IV BOB
BIOSFERA VA BIOSENOZLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Biosfera va ularda moddalar aylanishi
Yerda hayot paydo bo‗lgandan boshlab uzoq tarixiy davrlar davomida
rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen chiqindi, tog‗ jinslari
tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vernadskiy biosfera (yunoncha «bio –
hayot», «sfera – shar») deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig‗i
hisoblanib, tirik organizmlarning o‗zaro chambarchas aloqa munosabatlaridan
iborat murakkab ekosistemalar majmuyini tashkil etadi.
Sayyoramizning yupqa pardadan iborat sferasi – biosferaning xususiyati
moddalarning biotik aylanma harakatidan iboratdir. Bir necha milliard yil
davom etgan evolutsiya biosferada berk sistema hosil qildi: o‗simliklar karbonat
angidridni yutadi, kislorodni ajratib chiqaradi (produsentlar); hayvonlar
kislorodni qabul qiladi, o‗simliklarni yeydi va karbonat angidrid ajratib
chiqaradi (konsumentlar). O‗lik hayvonlar va o‗simliklarni bakteriyalar,
zamburug‗lar, eng sodda organizmlar va boshqa redusentlar qayta ishlaydi
(destruktorlar). Ana shu sodda organizmlar o‗lgan o‗simlik va hayvon tanalarini
yemiradi, yuksak o‗simliklar uchun zarur bo‗lgan mineral yoki oddiy organik
birikmalarga aylantiradi. Oxirgi mahsulotlarning parchalanishi va yemirilishi
ana shu jarayonning uzluksiz davom etishiga olib keladi.
Tirik organizmlar bilan ularning muhiti o‗rtasida moddalar almashinuv
jarayonida kimyoviy elementlar, atmosfera va litosfera birikmalari faol ishtirok
etadi. Moddalarning tabiatda biologik aylanishida millionlab tonna fosfor, azot,
kalsiy, kaliy, temir va boshqa ko‗pgina elementlar, shuningdek, ko‗p miqdorda
suv qatnashadi.
84
Organizmlar faoliyati oqibatida nurash po‗sti va tuproq hosil bo‗ladi. Yer
osti va yer usti suvlarining kimyoviy tarkibi, atmosfera tarkibi aniqlanadi.
Yashil o‗simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, karbonat angidriddan
uglevodlar, nitrobakteriyalarning bog‗langan azot hosil qilishi, ba‘zi bir
o‗simliklarning yod to‗plashi, assidiyalarning qonda vanadiy, osminoglarning
mis yig‗ishi bularning hammasi V.I.Vernadskiy ta‘rifi bilan aytganda
organizmlarning
«konsentratsiyalashgan»
faoliyati
biosferadagi
tirik
mavjudotlarning yana bir ekologik xususiyatidir.
Yerda hayot kislorodli atmosferada paydo bo‗lmasdan ancha oldin vujudga
kelgan. Binobarin, dastlabki organizmlar va fitosintezlovchi o‗simliklar suvda
paydo bo‗lgan, chunki sayyora ustida azot ekrani vujudga kelmasdan oldin
hayot ultrabinafsha nurlanishdan yaxshiroq himoya qilingan. Dastlabki tirik
organizmlar paydo bo‗lishidan kislorodli atmosfera paydo bo‗lishiga qadar
kamida 1 milliard yil vaqt o‗tgan bo‗lsa kerak. Kislorodli atmosfera
moddalarning biotik aylanashidan taxminan 3,5 milliard yil keyin paydo
bo‗lgan.
So‗ngra turli guruhlardagi o‗simliklar va hayvonlar paydo bo‗lishi
natijasida biosfera evolutsiyasi murakkablashgan hamda organizmlarning o‗zaro
bog‗liqligi vujudga kelgan.
Masalan, yopiq urug‗li o‗simliklarning avj olishi hasharotlarning turlar
hosil qilishiga keng imkoniyat yaratgan. Yer evolutsiyasi jarayonida
biosferadagi tirik modda miqdori o‗zgargan va sayyoraning umumiy biomassasi
ortaborgan. Muayyan ekologik jihatdan o‗ziga xos bo‗lgan davrlarda
moddalarning tabiatda biotik aylanish muvozanati buzilgan. Natijada hosil
bo‗lgan qoldiqlardan neft, toshko‗mir, gaz, ohaktosh va boshqa organik
moddalar vujudga kelgan. Biroq ular biosferani ifloslantirmagan va zararli ta‘sir
ko‗rsatmagan.
85
Bundan tashqari, evolutsiya jarayonda muhit manbalarining hayot
tomonidan o‗zlashtirilishi tobora to‗liq bo‗la borgan, chunki faqat turlar paydo
bo‗lmasdan, balki biogeosenozlar ham tarkib topgan.
V.I.Vernadskiy tushunchasiga ko‗ra biosferaga hozirgi vaqtda faqatgina
yerning qobig‗ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki uning tarkibiga
qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‗lgan litosferaning qismi ham
kiradi. Shuning uchun ham biosferaning neobiosfera va palebiosfera kabi
tarkibiy qismlari ajratiladi.
Biosfera
atmosferaning
quyi
qismi
(aerobiosfera),
gidrosfera
(gidrobiosfera), quruqlik yuzasi (terrabiosfera) va litosfera (litobiosfera) ning
yuqori qatlamlarini o‗z ichiga olgan hozirgi davrda yashayotgan va faollik
ko‗rsatayotgan tirik organizmlar tarqalgan qobiqdir. Biosfera Yerning faol
qobig‗i bo‗lib, undagi tirik organizmlar faoliyati asosiy geokimyoviy omil
sifatida hamda muhit hosil qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi. Biosfera
tarkibiga tirik organizmlar va ularning yashash joylari kiradi. Bunda organizmlar
o‗rtasida murakkab o‗zaro aloqa bog‗lanishlar mavjud bo‗lib, bir butun organik
harakatdagi tizimini tashkil etadi.
Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda moddalar almashinuvi
natijasida energiyani qabul qilish, to‗plash va o‗tkazilishi kabi jarayonlar boradi.
Biosfera funksional nuqtayi nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan.
Bular haqiqiy biosfera (eubiosfera), tirik organizmlar tasodifiy uchraydigan ano-
va abiosferalarni ajratish mumkin. Eubiosferaning umumiy qalinligi oxirgi
ma‘lumotlarga ko‗ra 12–17 km ni tashkil etadi. Litosferaning 5–6 km gacha,
dunyo okeanlarining tubigacha va Yer yuzasidan 6–7 km gacha bo‗lgan joylar
hisobga olinadi.
Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizm deb qaralib, u quyi darajalardagi
kenja tizimlarga bo‗linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar,
litosferaning yuqori qatlami, atmosferaning quyi qatlamlari kabilar bo‗lsa,
bundan tashqari quruqlikda evolutsion-tarixiy tizimlar sifatida biogeografik
86
oblastlar, tabiiy poyaslar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va
hokazolarga ajratib yuboriladi.
Biosfera tushunchasi fanga avstraliyalik geolog olim E.Zyuss tomonidan
1875-yilda J.B.Lamarkdan keyin kiritilgan. Biosfera haqidagi ta‘limot esa
akad.V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyoramizdagi barcha tirik
organizmlar yig‗indisini V.I.Vernadskiy tirik modda deb atadi. Tirik moddaning
eng muhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi
hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o‗lik modda hisoblanib,
V.I.Vernadskiy bo‗yicha uning hosil bo‗lishida tirik organizmlar qatnashadigan
biosferadagi moddalar yig‗indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham
ajratilib, ular o‗lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‗ladi
(5-rasm).
5-rasm. Biosferada moddalarni aylanishi (1) va energiya oqimi (2)
Do'stlaringiz bilan baham: |