O‗zbekistonda 1985–1989-yillar mobaynida 1 yoshgacha bo‗lgan
go‗daklarning nobud bo‗lishi, tirik tug‗ilgan 1000 go‗dak
hisobida (Shodimetov, 1994)
Pestitsidlar keng ishlatiladigan tumanlarda ular kam ishlatiladigan
tumanlarga nisbatan kasalliklarga chalinish 2–3 marta ko‗p uchraydi (nafas
Surxondaryo
Sirdaryo
Тoshkent
Xorazm
Farg‘ona
55,5
41,1
37,1
49,9
49,5
57,6
48,1
37,5
48,8
50,0
57,8
50,6
36,6
41,4
52,4
57,6
52,6
36,6
46,2
46,8
8,0
42,6
31,1
37,3
40,4
78
olish, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklari, jigar kasallanishi, kamqonlik,
aqliy yetishmovchiligi bo‗lgan bolalar tug‗ilishi, rak va ginekologiya
kasalliklari).
1990-yilda pestitsidlar bilan surunkali zaharlanib kelgan 673 bemor
hisobda turgan.
Mineral o‗g‗itlar ichida eng tajovuzkorlaridan biri ammiakli selitrani
ishlatishni kamaytirish tadbirlari ko‗rilishiga qaramay sabzavot-poliz ekinlari va
boshqa dala mahsulotlari yetishtirishda ularni qo‗llash ulushi hali katta (barcha
azotning 50 foizdan ortig‗ini tashkil etadi). Shu boisdan dehqonchilikning oziq-
ovqat mahsulotlarida nitratlar miqdori belgilangan me‘yorlardan 3,5 marta
ko‗pdir. 1987- yilda tekshirilgan mahsulotlarning 10 foizida, 1988-yilda 12,5
foizida, 1989-yilda 14 foizida nitratlarning me‘yordan ortiqligi aniqlangan.
Azotli mineral o‗g‗itlardan foydalanish suv havzalari va ichimlik suvini
nitratlar bilan bulg‗ashning sabablaridan biridir. O‗g‗itlar intensiv ishlatilgan
zonalarda ichimlik suvda nitrat to‗planishi darajasi yuqorilab ketadi,
tekshirishlarning 10 foizida bunday to‗planish PDK dan yuqori bo‗ladi.
Nitratlar oziq-ovqat mahsulotlari va suv bilan birga organizmga kirib olib,
oshqozon-ichak mikroflorasi nitratreduktaza ta‘sirida nitratlargacha tiklanadi,
nitratlar qonga shimilib va gemoglabin bilan qo‗shilib (hujayra giroksiyasining
rivojlanishiga ko‗maklashib) metgemoglobin hosil qiladi. Bir kecha-kunduzda
kirgan nitrat tana vaznining 10 mg/kg midan ortiq bo‗lgan.
Sabzavot - poliz mahsulotlari va inson organizmiga nitratlarning muntazam
kirib turishi, keyin ularning nitratlar o‗rnini bosuvchilarga aylanishi kanserogen
ta‘sir ko‗rsatadi va rak kasalliklari sonining ko‗payishiga olib keladi. So‗nggi 10
yilda respublikada bu kasallik 17 foizga ko‗paydi.
Nitrat bilan yuqori darajada bulg‗anish oziq-ovqat mahsulotlarining
ozuqalilik
va
biologik
qimmatini
keskin
pasaytiradi,
organoleptik
ko‗rsatkichlarni yomonlashtiradi va ularni saqlash muddatlarini qisqartiradi.
79
Dehqonchilik
oziq-ovqat
mahsulotlari
ishlab
chiqarish
tizimida
tayyorlangan mahsulot sifati nazorat qilinmaydi va u sertifikatlarsiz realizatsiya
qilinadi.
Inson salomatligiga nitratlarning salbiy ta‘sir etishiga yo‗l qo‗ymaslik,
shuningdek o‗simliklarga mansub bo‗lgan ekologiya jihatdan toza mahsulotlar
yetishtirish maqsadlarida «Sabzavot-poliz ekinlarida va dehqonchilikning
boshqa mahsulotlarini yetishtirishda ammiakli selitradan foydalanishni
ta‘qiqlash to‗g‗risida» (1990) qaror qabul qilingan edi. Unda o‗simlikka mansub
oziq-ovqat mahsulotlaridan nitratning yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan darajasi
tasdiqlangan (5-jadval).
Aholi salomatligi ko‗rsatkichlarining pasayishi Orolbo‗yi mintaqasida
ayniqsa yaqqol ko‗rinadi. Buning asosiy sabablaridan biri aholining sifatli
ichimlik suv bilan qoniqarli ta‘minlanmasligi, kanalizatsiya tarmoqlarining
yetishmasligi, aholi istiqomat qiladigan joylarini sanitariya jihatdan tozalashning
past darajada ekanligidadir. Qoraqalpog‗iston Respublikasi aholisining
vodoprovod ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi 37,7 foizni (shaharda – 64,6
foizni, qishloqda – 12,2 foizni) tashkil etadi. Xorazm viloyatida bu ko‗rsatkich
44,7 foiz (shaharlarda 65,8 foiz, qishloqda –23,4 foiz)dir. Qishloq aholisining
asosiy qismi ochiq suv havzalari suvidan foydalanishadi.
Jamoa va davlat xo‗jaliklarining yarmidan ko‗pida vodoprovod yo‗q.
Qoraqalpog‗istondagi vodoprovod qurilmalarining 38,8 foizi va Xorazm
viloyatida 50 foizga yaqini sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi.
Chunki ularda tozalovchi inshootlar, zararsizlantiruvchi qurilmalar, sanitariya
muhofazasi yo‗q.
80
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |