Inson evolutsiyasi va demografiyasi
Ma‘lumki, insoniyat tarixi, insonning yerga, atrof-muhitga, uning o‗simlik
va hayvonlarga bo‗lgan munosabatlari tarixidan iboratdir. Million yillar
davomida yuzaga kelgan biologik sistemalarning o‗zgarishiga faqat insongina
sabab bo‗lgan, endilikda uning hayot-momoti o‗zi egallagan tabiat va yaratgan
jamiyat o‗rtasidagi turg‗unlik munosabatini o‗rnatishiga bog‗liqdir. Aks holda
inson yaratgan sivilizatsiya uning salbiy faoliyati natijasida nobud bo‗ladi.
Charlz Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» va «Insonning paydo
bo‗lishi» haqidagi ilmiy asarlari insonni atrof-muhit bilan munosabatlarini
aniqlashda «ibtidoiy» halqalarning evolutsiyasini o‗rganishga yo‗l ochdi.
Ch.Darvin vaqtidan boshlab tadqiqotchilar qadimgi tarixiy-madaniy aloqalar
sabablarini ochish va ibtidoiy inson holatini aniqlash bilan shug‗ullanganlar. Shu
joyda «Inson» (Odam) tushunchasi va qanday tabiiy muhitda qadimgi antropoid
maymunlardan ibtidoiy inson rivojlangani kabi savollar yuzaga keladi.
Bu yerda «Odam» tushunchasini izohlashda birinchi navbatda uning
intellekt darajasini, ya‘ni bosh miyaning rivojlanishini inobatga olish lozim.
Bizning hozirgi yuksak rivojlangan bosh miyamiz evolutsiyaning ancha keyingi
mahsulotidir.
Odam
turkumining
(Homo)
past tabaqalari bo‗lmish
avstralopitaklarning miyasi hajmi 428 dan 530 sm3 gacha bo‗lib, hozirgi
69
maymunlar miyasidan ozgina ortiqroq bo‗lgan xolos. Ayrim tadqiqotchilarning
ma‘lumotlariga ko‗ra, insonning qadimgi ajdodlari bo‗lmish ramapiteklar va
avstralopiteklar so‗zlash qobiliyatiga ega bo‗lmaganlar va olovdan foydalana
olmaganlar.
Insonni odamsimon maymunlardan aniq chegaralaydigan belgi bu ish
qurolini tayyorlash va undan foydalanishidan iboratdir. Bu borada ibtidoiy
odamlar tasodifan tayoq yoki toshdan foydalanib, keyinchalik ishlab chiqarish
asboblarini (toshdan, yog‗ochdan- qurol) yaratgan bo‗lishlari mumkin. Bunga
misol, hozirgi shimpanzelar daraxt shoxlarini sindirib, tishi bilan ishlov berib,
o‗ziga «qurol» yasaydi va yirtqich hayvonlardan saqlanishda foydalanadi.
Darvin iborasi bilan aytganda noyob odam – bu eng avvalo ikki oyoqda
yuradigan va bo‗shagan qo‗llarda o‗zi yasagan qurollardan foydalanadigan
odamdir. «Qurol yasagan» va tik yuradigan «odam» changalzor tropik
o‗rmonlardan kelib chiqmagan. Tropik o‗rmonlarda «inson» uchun foydali
mayda hayvonlarning kamligi, ozuqa quvvati kam, barg, poya va ildizlarga
insonning chaynash a‘zolarning moslashmaganligi, «qadimgi odamlarning»
ochiq maydonlarda, dashtlarda paydo bo‗lgan degan nazariyani olimlar
isbotladilar.
Keyingi ma‘lumotlar bo‗yicha qadimgi gominidlar bundan 6mln. yil avval,
avstralopiteklar esa 5 dan 1 mln. yil avval Yer yuzida yashaganlar.
Ramapiteklar hayoti to‗g‗risida juda kam qoldiqlar topilgan, taxmin qilinishicha
ular antropoid maymunlarning qadimgi ajdodlari bo‗lib, ular ochiq savannalarda
yashab, tosh va tayoqlardan foydalangan bo‗lsa ajab emas.
Sharqiy va Janubiy Amerika hududlarida topilgan ko‗p ashyolar
avstralopiteklarning madaniyati va shu vaqtning atrof-muhiti haqida ancha
ma‘lumotlar beradi. Masalan, Raymond A.Dartdir Janubiy Afrika
avstralopiteklar ildiz, meva va o‗simlik tanasi bilangina oziqlanmasdan, ular
oddiy kuchli, qirrali yog‗och, tosh qurollar bilan katta hayvonlarni ham ov
qilganlar.
70
Saqlanib qolgan ashyolar shuni ko‗rsatadiki, avstralopiteklar aktiv yo‗l
bilan pavianlarni ov qilishgan, ular sichqonlar va boshqa kemiruvchilar bilan
oziqlanishgan, kiyik va bug‗ularni ham ov qilganlar. Ovni asosan erkaklar olib
borib, qabilani go‗sht bilan ta‘minlaganlar. Shunday qilib, avstralopiteklar ov
qilish va terish, yig‗ish xo‗jaligini bir formasiga erishadilar. Ular kam sonli
bo‗lganliklari tufayli ham tabiiy ekosistemalar turg‗unligini buzmaganlar.
Inson evolutsiyasidan ovchilik va tabiat mahsulotlarini yig‗ish borgan sayin
takomillashib boradi. Bundan 0,5 mln. yillar avval Afrika va Osiyoda ibtidoiy
odamlar (Homo erectus) yashagan, ayniqsa Pekin odami (sinantrop) yashagan
joylarda ko‗plab toshga aylangan mevalar, urug‗lar va bug‗u, kiyik, ot suyaklari,
kul, tosh qurollar topishgan. Demak, inson rivojlanishining ilk davrida olovdan
foydalangan (hayvon go‗shtlarini olovda qovurgan, bunga kuygan skeletlar
dalolat beradi).
Homo sapiens ga yaqin ajdodlarda yangi, takomillashgan, olovda
kuydirilgan uchli qurollar paydo bo‗ladi. Ishlab chiqarish va ov qurollarining
takomillashgan shakllari neandertal odamlar davrida paydo bo‗lgan va turli
hayvonlarni ovlashgan.
Neandertallar katta o‗txo‗r g‗or ayiqlarini ovlaganlar, sababi uning go‗shti,
yog‗i mazali bo‗lib, terisi odamlarni sovuqdan saqlagan. Qishki sovuqlarda
neandertal odamlar ayiqlar uxlaydigan g‗orlarga kirib jon saqlaganlar va shu
yerdagi ayiq ovlab, ulardan foydalanganlar. Shunday yo‗llar bilan inson o‗zidan
10 barobar kuchli hayvonlarni yengib, tabiatning ayrim komponentlari ustidan
hukmronlik ham qilaboshlagan. Ayiqni bosh va boshqa suyaklari markaziy
Ovro‗paning g‗orlarida, Shimoliy Yaponiya, Amur va Shimoliy Saxalin, Osiyo
hududlaridagi (masalan, Zarafshon g‗orlari, Surxondaryoning Teshiktosh
g‗oridan, Surxon neandertali) g‗orlardan topilgan.
Oxirgi muzliklardan keyingi davr odamlari ancha takomillashgan
qurollardan foydalanib (nayza, sadoq, sopqon, garpun) katta sutemizuvchi
hayvonlarni ko‗plab ovlaydilar. Muzlik davrining oxirida Qadimgi dunyoda juda
71
katta hayvonlar yo‗qolib ketadi. Lekin, mamont, junli karkidon va katta
bug‗ularning yo‗qolishida toshko‗mir davrining ovchilarining qanchalik gunohi
borligi aniq emas.
Ma‘lumotlarga ko‗ra, dashtda uchraydigan pleystosin davridagi
mamontlarning balandligi (Mammonteus trugonterii) 4–4,25m bo‗lsa, keyingi
muzlik davri mamontlarning (M. primigenius) o‗rtacha balandligi 3 m bo‗lib,
Afrika fillaridan ham kichik edi. Past bo‗yli mamontlar Dunay va Sibir
hududlarida topilgan, bu hayvonlarning yo‗qolib ketishida ovchilar emas, balki
iqlimning o‗zgarishi sabab bo‗lgan.
Tosh asrida yashagan odamlarning rivojlanish davrida ovchilikka oid turli
urf-odatlar va marosimlar paydo bo‗ladi.
Odamlar turli ibodat, va marosimlarini g‗orlar ichida o‗tkazishib, ular
hayvonlar suratlari bilan bezatilgan, bunday joylarda yosh erkaklar yoki ovchilar
guruhlari to‗planishgan, ovdan oldin turli urf-odatlar va marosimlarni
bajarishgan. Bunday hollar Yer yuzining turli joylaridagi g‗orlar va tosh
qoyalardagi chizmalarda o‗z aksini topgan.
Ibtidoiy insonlarning tasviriy san‘atni rivojlantirish tarixi bundan 40 ming
yillar oldin boshlangan va oxirgi muz davrigacha davom etgan. Undan keyin va
mezolit davrigacha yangi san‘at yo‗nalishi rivojlanib, unga ovchilik hamda
yovvoyi hayvonlar, yoy va sadoqatli ovchilar o‗z aksini topgan. Bunday
suratlarni O‗rta Osiyo, Osiyo, Afrika hududlaridagi g‗or va qoyalarda uchratish
mumkin. Zarafshon g‗orlarida skafandrli odamlar rasmi bundan 4 ming yil avval
toshga chizilgan.
Qadimgi odamlar ovchilik va urug‗, mevalarni terib oziqlanishgan, yerdagi
yovvoyi o‗simliklar donlarini terib olishgan, keyinchalik esa o‗zlashtirish, ayrim
o‗simliklarni madaniylashtirishga va dehqonchilikni kelib chiqishiga sabab
bo‗lishgan. Shuning natijasida inson atrof-muhitga boshqacha munosabatda
bo‗lib, yovvoyi hayvon va o‗simliklardan foydalanishni asta-sekin kamaytirib,
uy hayvonlari va dehqonchilikka katta ahamiyat beradi. Natijada yerlar
72
o‗zlashtirilishi sababli muhitning ekologik turg‗unligi buzilib boradi. Migratsiya
qilgan qabilalarning faol ovchilari tufayli va ular olib kelgan dingo itlari
Avstraliya kabi kontinentda xaltali bo‗rilarning yo‗qolib ketishiga sabab bo‗lsa,
iqlimning o‗zgarishi Avstraliyaning katta maydonlarini cho‗lga aylanishiga va
hayvonlarni (Dirrotodon optatum) yo‗qolishiga olib keladi.
Ma‘lumki, Yangi Zelandiyaga inson qadami XIII asrda birinchi marta
yetgan. Shu vaqtda bu orol yovvoyi hayvonlarga juda ko‗p bo‗lgan. Bu orolga
boshqa Chatm orolidan kelgan Morior qabilalari katta (250 kg) va haybatli moa
qushlarini ov qilib, oq tanli koloniyachilar kelgan vaqtda u qushlar yo‗qolib
bo‗lgan. Madakaskar orollariga kelgan janubiy-sharqiy Osiyolik kelgindilar ko‗p
hayvon va straus kabi qushlarning yo‗qolib ketishiga sabab bo‗ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |