Inson ekologiyasi
Inson tabiatning bir komponenti, uning tabiatdagi o‗rni chumoli, kapalak,
lola, eman, sher, fil o‗rni bilan teng, chunki inson ham boshqa tirik jonivorlar
kabi tirik organizm. Faqat farqi boshqa tirik komponentlar tabiat qonunlari
asosida yashaydi, inson esa tabiatni o‗zgartirib, uning bag‗rida yangi texnika va
67
texnologiylarni qo‗llab, tabiat qonunlarini buzib, uni o‗ziga qaram qilishga va
tabiat ustidan hukmron bo‗lishga harakat qiladi. Ammo insonning o‗zi tabiat
mahsuli, uning biologik tizimlarining ajralmas qismidir. U tabiatni ifloslashi,
buzishi mumkin, lekin, inson biosferaning ekologik aylanishidan chiqib
ketaolmaydi, u tabiatsiz yashay olmaydi va boshqa tabiatni ham yarataolmaydi.
Inson tabiatning eng yuqori mahsuli, uning yashashi uchun atmosferada yetarli
darajada kislorod, Yer yuziga kerakli Quyosh nurining tushishi va suvning
bo‗lishi shart. Tabiatdagi asosiy to‗rt elemetning (kislorod, uglerod, vodorod va
azot) quyosh energiyasi ta‘sirida va suvning ishtirokida ekologik aylanib turishi
hayotning asosini tashkil qiladi.
Inson tabiatning ajralmas qismi bo‗lganligi tufayli ham undan mutloq ajrab,
o‗ziga texnikaviy dunyo yarataolmaydi. U o‗z faoliyati bilan o‗zini o‗rab turgan
olamni, muhitni ifloslab, zaharlab, o‗z hayotiga real xavf tug‗dirmoqda.
Masalan, inson faoliyatidan insonlar zaharlanganiga ba‘zi misollar keltirib
o‗tmoqchimiz. 1952- yili London shahrida hosil bo‗lgan is gazlari, chang va
tutunlardan zaharlanib 4000 odam vafot etgan. Yaponiyaning Minamata
ko‗rfaziga tashlangan simob chiqindilari baliqlarga o‗tib, ularni iste‘mol qilgan
odamlarning 100 dan ortig‗i zaharlangan. Ko‗p yillar davomida zaharli gerbitsid
va pestitsidlarning qishloq xo‗jaligida qo‗llanilishidan insonlarning zaharlanishi,
turli kasalliklarni kelib chiqishi, Chernobl AES ning portlashidan katta
maydonda butun tabiatning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi, radioaktiv va
boshqa zaharli moddalarning Novaya Zemlya va Oq dengizga tashlanishidan
suv zaharlanib, uning salbiy ta‘siridan million-million dengiz yulduzlari kabi
suv hayvonlarining qirilib ketishi, bu insonni tabiatga qilgan gunohining
natijalaridir.
Yer yuzining turli joylarida inson faoliyati sababli yuzaga kelayotgan
ofatlar uning o‗ziga, undan qoladigan avlodlarga xavf tug‗dirmoqda. Minglab
tonnalab to‗plangan zaharli kimyoviy moddalarni tezda zararsizlantirish va
inson hayotiga ziyon keltirmaslik chora-tadbirlarini ko‗rish lozim.
68
Har bir inson tug‗ilganiga qadar ma‘lum miqdorda zararli moddalar
mahsuloti bilan (DDT, gerbitsid, pestitsid, qo‗rg‗oshin, simob, uglevodorodlar
va bosh.) tug‗iladi. Keyinchalik uning tanasida shu moddalar to‗planib boradi.
Chunki inson yashagan muhitda zararli moddalar, gazlar, og‗ir metallar, chang
yetarlicha to‗plangan. Muhitning ekologik holati, insonning ekologiyasini
aniqlaydi. Ular bir-biridan ajralmaydi. Shu sababli, keyingi vaqtda «Inson
ekologiyasi» mustaqil fanga aylandi. Buning natijasida inson tabiatning ajralmas
qismi, uning antibiotik biotik omillari bilan uzviy munosabatdagi komponent
ekanligi tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |