INSON – JAMIYAT VA TABIAT O‗RTASIDAGI O‗ZARO
TA‘SIR MUAMMOSI
Inson, jamiyat va tabiat
Jamiyat va tabiat, inson hamda yashab turgan muhit o‗rtasidagi o‗zaro
ta‘sir muammosi – insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy
tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda
Fransiya sotsiologi Monteske o‗sha davr uchun xos bo‗lgan fikrni olg‗a suradi.
U «Qonunlar ruhi to‗g‗risida» nomli asarida jamiyat tabiatga to‗la ravishda
qaramligi to‗g‗risidagi g‗oyani rivojlantirib, «Iqlimning hukmronligi barcha
kuchlardan ustunroqdir», degan shiorni olg‗a suradi.
Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi qo‗yadigan, odamlar bilan tabiat
o‗rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi o‗laroq tabiat
bilan inson o‗rtasidagi chambarchas bog‗liqlikni asoslash va ko‗rsatish muhim
ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va
insonlar tarixiga bo‗lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog‗liqdir.
Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o‗zaro
quvvatlab turadi.
Jamiyat va tabiat birligini ta‘kidlar ekanmiz, biz ularning timsolida moddiy
jihatdan birligini tushunamiz, ya‘ni ular moddiydir, bir xil kimyoviy
moddalardan iboratdir, nazariyada dialektik deb ataluvchi ba‘zi bir obyektiv
(xolis) qonunlarga garchi o‗ziga xos shaklda bo‗lsa ham bo‗ysunadi. Jamiyatda
ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya qonunlari ham amal
qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning
jismoniy va ma‘naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‗langandir. Bu tabiat
60
o‗z-o‗zi bilan chambarchas bog‗liq inson tabiatning bir qismi, uning farzandi,
rivojining gultojidir. Mazkur holat avvalambor tabiat inson va jamiyat paydo
bo‗lishining yetakchi omili ekanligida ko‗rinadi.
Tabiat rivojining mahsuli bo‗lmish insoniyat tabiatga tobora ko‗p o‗zaro
ta‘sirini ko‗rsatadi, inson faqat har xil o‗simlik va hayvonot turlari o‗rnini
o‗zgartiribgina qolmay, binobarin ularni shu darajada o‗zgartirdiki, uning
faoliyati natijalari yer shari umumiy o‗limga mahkum bo‗lgandagina u bilan
birga yo‗q bo‗lib ketishi mumkin. Shunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‗rganib
oladi, balki landshaft (tabiat manzarasi) ni g‗oyat o‗zgartirib yuborgan va
koinotgacha chiqaolgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib ketolmaydi, u
hamma vaqt uning bag‗rida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiatni bilish va o‗zgartirish
qobiliyatlariga kelganda, ular chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida
odamlar o‗rtasida vujudga keladigan munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‗zi
ham, inson hayoti moddiy sharoitlari ham bo‗lmaydi, demakki, jamiyat ham
bo‗lmaydi.
Jamiyat bu odamlarning birgalikdagi harakati, o‗zaro ta‘sirining mahsuli,
bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‗zidir.
Insonning mehnat faoliyati uning tabiatga bo‗lgan munosabati asosida
yotadi. Inson tabiatga ta‘sir ko‗rsatar ekan, u mehnat vositalari yordamida tabiiy
muhitni o‗z muhtojliklari va ehtiyojlariga moslashtiradi, o‗zining ashyolar
(predmetlar) dunyosini yaratadi, o‗z hayot faoliyati sharoitlarini qayta ishlab
chiqaradi. Inson bilan tabiat o‗rtasida odam qo‗li bilan yaratilgan,
«insoniylashtirilgan» tabiat zuxur qiladi va rivojlanadi. U inson mehnati
majmuyining o‗zaro ta‘siri maxsulidir. Shunday qilib, mehnat paydo
bo‗lganidan e‘tiboran nafaqat inson shakllanishining hal qiluvchi sharti
bo‗libgina qolmay, balki tabiatni o‗zgartirishning omili ham bo‗lib kelgan.
Odamlar o‗zlari jamiyatga birlashgan taqdirlaridagina tabiatning chinakam va
ongli hokimi bo‗lishlari mumkin.
61
Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon
odamlarning oddiy birlashmasi bo‗lgan emas va bo‗lmaydi ham. Jamiyat,
odamlar, ishlab chiqarish, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o‗zaro
ta‘siri murakkab tizimidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo‗lgan a‘zo
organizm u ayrim ijtimoiy elementlarning o‗zboshimcha ishlariga yo‗l
qo‗yuvchi g‗ayri-ixtiyoriy birikma emas. Tabiat esa bu moddiy jismlar,
realliklar majmuyidan iborat bo‗lib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va uni
qurshab turadi. Biz tushunib yetadigan tabiat qandaydir sistemani, jismlarning
mujassam aloqalarini tashkil etadi. Bunda biz jism so‗zi timsolida yulduzlardan
tortib atomgacha ham bo‗lgan butun moddiy reallikni tushunamiz.
Tabiat rivojining oliy bosqichi bo‗lmish jamiyat faqat tabiiy omil
negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‗zaro
ta‘sirda bo‗lishi shartdir. Kelib chiqishi jihatidan tabiat bilan bog‗liq bo‗lgan
jamiyat har holda tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Jamiyat materiya xarakatining yuqori shaklidir. Mehnat nafaqat insonni
tabiatdan ajralib turishini ta‘minlaydi, binobarin, uni tabiat bilan kurashishi
«insoniylashgan» tabiat mehnat jarayoni mahsulidir, ya‘ni shakllarini o‗zlash-
tirish vositasi bilan tabiat inson ehtiyojlariga moslashtiriladi. Tabiatning ana shu
«insoniylashgan» qismi insonsiz mavjud bo‗laolmaydi.
Tabiatning tabiiy kuchlari o‗zining bebosh harakatlari bilan inson yaratgan
narsalarni vayron qiladi. Bu ziddiyat insonning ongli va maqsad sari
yo‗naltirilgan faoliyat tufayligina «insoniylashgan» tabiat foydasiga hal qilinadi.
Biosferadagi bu va boshqa ziddiyatlarni bartaraf etaborib, inson tabiatni juda
ulkan miqyoslarda oqilona o‗zgartirish doirasi elementlarini yaratadi. Inson
tabiatning bironta kuchini boshqasiga qarshi kuzatuvchi maxsus tashkilotchi va
boshqaruvchi ko‗rinishida tabiatni o‗zgartiruvchi kuch sifatida o‗zini namoyon
etadi. Insonning ayni shu faoliyatida tabiiy jarayonlarning ijtimoiy sabablarga
bog‗liqligi biosfera evolutsiyasining yangi qonuniyati sifatida shakllanadi va
uning ta‘sir ko‗rsatishi orqasida landshaft shakli elementlari tabiiy omillar
62
ta‘sirida o‗zgargani va o‗zgarayotganiga nisbatan ancha yuksak sur‘atlar bilan
o‗zgara boshladi. Mazkur elementlarning miqdori tez ortib bormoqda, tabiatda
sifat jihatidan yangi tizimli va tizimlararo yangi bog‗lanishlar paydo bo‗lmoqda.
Tabiiy elementlar, jarayonlar va voqealiklarning stixiyali o‗z-o‗zidan bo‗ladigan
o‗zaro ta‘siri shakllari endilikda insonning ongli faoliyati bilan bog‗langan
jarayonlar bilan to‗ldirilmoqda.
Insonning tobora ko‗proq ta‘sirini boshidan kechirayotgan tabiat ana shu
ta‘sirning xarakteriga bog‗liq holda tobora o‗zgarib boradi, uning elementlari
«insoniylashgan» mohiyat kasb etadi va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Jamiyatning tabiatga ta‘sir ko‗rsatishi va unga xos bo‗lgan ziddiyatlar tobora
biosferaning ko‗pgina elementlari rivojining asosiy manbayi xususiyatlarini
kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |