5. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaharli kimyoviy
moddalar guruhi begona o‗tlar, zararkunanda hasharotlar va boshqa hayvonlar,
o‗simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi
kurashda foydalaniladi. Pestitsidlarni qishloq xo‗jaligida, o‗rmonchilikda
aviatsiya yordamida sepish keng ko‗lamda atrof-muhitni ifloslanishiga olib
keladi. Pestisidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi, shuningdek suv
orqali dala, daryo, ko‗llardan o‗tib dunyo okeanlarida to‗planadi. Eng xavfli
tomoni shundaki, ular ekologik oziq zanjiriga qo‗shilib, tuproq va suvdan
o‗simliklarga, undan hayvonlar va qushlarga, nihoyat oziq va suv bilan odam
organizmiga o‗tadi. Har bir bo‗g‗inda pestitsidlar zararli va ziyon keltiradi.
Pestitsidlarning tirik tabiat va odamga ko‗rsatadigan zararli va jiddiy, shu bilan
birga ular tashqi muhit omillariga nisbatan barqaror moddalar hisoblanadi.
Pestitsidlarning zaharli ta‘sirining oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni
o‗tkazish lozim:
1) kukun holda tayyorlashdan ko‗ra donador holatda tayyorlash;
2) hayvonlar va odamlarga ta‘sirini susaytirish;
3) tuproq va suvlarda to‗planishining oldini olish;
4) pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash;
5) tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish;
6) agrotexnik, seleksion xo‗jalik va tashkiliy ishlarni qo‗llash;
55
7) o‗simliklarni biologik himoya qilish.
Tirik tabiatdagi o‗simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
O‗simliklar dunyosi, ayniqsa Yer yuzidagi hayotni ta‘minlashda o‗rmonlarning
ahamiyati juda katta. Hozirgi vaqtda quruqlikning 30%, ya‘ni 3,8 mlrd. gektar
yer o‗rmonlar bilan qoplangan. Ular shimoliy yarim sharda va tropik zonalarda
tarqalgan. O‗rmonlarning tabiatda va insonning xo‗jalik faoliyatidagi ahamiyati
ko‗pchilik uchun ma‘lum.
Yirik shaharlarning vujudga kelishi, aholi soni va sanoat markazlarining
ortishi bilan kishilarning tabiat quchog‗ida dam olishga ehtiyojlari ham ortib
bormoqda. Ayniqsa o‗rmonlar ana shunday dam olish maskanlariga aylanib
bormoqda. Dunyo bo‗yicha o‗rmonlarning holati yaxshi emas. Har yili 3 mlrd.
m
2
hajmda o‗rmonlar qirqilmoqda. FAO ma‘lumotlariga ko‗ra bu ko‗rsatkich
2000-yilda 1,5 martta ortdi. Insoniyatni, ayniqsa tropik va subtropik o‗rmonlar
muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi
kerak bo‗lgan o‗rmonlarning yarmidan ko‗pi kesib tashlanmoqda. 160 mln.
gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob»
yaratilishiga sabab bo‗ldi (3-jadval).
Aholi sonining ortib borishi, xo‗jalik faoliyatining kengayishi tufayli
tabiatning inson qo‗li tegmagan joyi qolmayapti. Hayvonlarning asosiy
ko‗payish hududlari, migratsiya qiluvchi yo‗llari, dam olish joylari, tuyoqli
hayvonlarning oziqlanuvchi maydonlari sun‘iy qoplamlarga aylangan, suvlar
bosib, mol boqib yoki haydab yuborilgan. Ayniqsa nam tropiklarda ko‗pchilik
hayvon turlarining qirilib ketishi kuzatilmoqda.
56
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |