Yo‗qolish xavfidagi turlar soni
(Xalqaro «Qizil kitob» ma‘lumoti)
O‗simlik va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali
ovchilikni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish, shuningdek qo‗riqxonalar, milliy bog‗lar,
botanika bog‗lari hamda «Qizil kitob» lar o‗simlik va hayvon turlarini saqlashda
katta rol o‗ynaydi.
Mintaqaviy ekologik muammolar. Yer yuzasining muayyan mintaqasi
o‗ziga xos tabiiy – iqlim, ijtimoiy, ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat
bilan inson o‗rtasidagi o‗zaro aloqa munosabatlari xarakterini belgilab beradi.
Mintaqaviy ekologik muammolarga barham berishning me‘zoni havo va
suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, o‗rmonlarda
daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi.
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol
va Orol bo‗yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha
dunyodagi eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik,
ovchilik, transport va reaksion ahamiyatga ega edi. Sug‗oriladigan
dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, shuningdek qurg‗oqchilik yillari
Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970-yilga kelib 37,8 km, 1980-yilda
esa 11,1 km
3
ga kamayib ketdi. 80-yillarning boshlarida ushbu daryolarning
dengizga quyilishi butunlay to‗xtadi.
Suvning sho‗rlanish darajasi 9–10 g/l dan 34–37 g/l gacha ortdi. Hozirgi
kunda dengiz sathining yillik o‗rtacha pasayishi 80–110 sm. Orolning qurigan
Тaksonlar
Тurlar
K enja
turlar
Jаmi
U mumiy turlar
soniga nisbatan %
hisobida
Sut emizuvchilar
Qushlar
Sudralib yuruvchilar
Amfibiyalar
Chuchuk suvdagi baliqlar
Yuksak o‘simliklar
227
264
74
34
169
250000
93
167
61
7
25
dan
320
431
135
41
194
kam emas
6,2
4,6
1,8
2,8
3,5
10,0 dan kam emas
57
tubi yirik chang-to‗zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan
ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o‗lish ikki marta ortgan. Bolalar o‗limi 1000
kishi hisobiga 45–90 taga to‗g‗ri keladi. Ayollarning 80% dan ortig‗i kamqonlik
xastaligiga mubtalo bo‗lgan. Bolalarning 90% ida siydigida tuzlar miqdori ortib
ketgan. Yuqumli kasalliklar tez-tez takrorlanib turadi.
Orol va Orol bo‗yida murakkab ekologik muammolar majmuyi shakllangan
bo‗lib, kelib chiqishi va oqibati darajasi jihatidan davlatlararo xarakterga ega.
Kelajakda ushbu mintaqaviy muammoni hal etilishi Markaziy Osiyoning
ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy ahvoli, shuningdek demografik holati,
sug‗oriladigan yerlarni meliorativ holati va mahsuldorligini oshirish, aholini
ichimlik suv bilan ta‘minlash kabilar bilan bog‗liq.
O‗zbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil
O‗zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo‗lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan
mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuyini
yanada rivojlantirish ko‗zda tutilmoqda. Holbuki, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy ekotizimlarning holatiga
muayyan darajada salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Respublikada keskin bo‗lib turgan
ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
1. Yirik hududiy-sanoat majmualari joylashgan rayonlarda (Angren,
Olmaliq, Chirchiq, Farg‗ona, Marg‗ilon, Navoiy va hokazo) tabiatni muhofaza
qilish muammolari.
2. Orol va Orol bo‗yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va
ulardan maqbul tarzda foydalanish.
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‗g‗itlar
bilan ifloslanishi.
5. O‗simlik va hayvonot dunyosini muhofaza hamda qayta tiklash
muammolari, qo‗riqxonalar va milliy bog‗lar tarmog‗ini kengaytirish.
58
Yuqorida keltirilgan muammolarni e‘tiborga olib, Respublikada noqulay
ekologik vaziyat yuzaga kelgan tuman va hududlarni aniqlab, ishlab chiqaruvchi
kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |