(YUNESKO kur yeri 1974)
Hozirgi kunda jahonning hamma mamlakatlarida aholi soni to‗xtovsiz o‗sib
bormoqda. Taxminlarga qaraganda 2000-yilda Yer yuzida 6,2–6,3 mlrd., 2050-
yili 12–13 mlrd. aholi yashaydi (4-rasm).
Yer yuzida aholi sonining o‗sishi bilan ularning tabiiy muhitga salbiy
ta‘siri, muhitning ifloslanishi ortib boradi, tabiiy boyliklar ko‗plab sarflanadi,
iflos bo‗ladi, inson salomatligiga turli xavflar tug‗iladi.
74
Ijtimoiy - ekologik vaziyatning inson
salomatligiga ta‘siri
O‗rta Osiyo mintaqasi tizimida vujudga kelgan ijtimoiy - ekologik vaziyat
aholi salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Keyingi 15 yilda (1976-yildan 1990-yilgacha) faqat O‗zbekistonning o‗zida
katta yoshdagi aholi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish (har 10 ming
kishi hisobiga) muntazam o‗sib borgan. Umuman, respublika bo‗yicha kattalar
va o‗smirlarning umumiy kasallanish intensiv ko‗rsatkichi 1976-yildagi 2466,5
dan 1990-yilda 3598,6 ga yetgan.
Tibbiyot satatistika ko‗rsatkichlariga qaraganda asab tizimi, teri, teri osti
kasalliklariga chalinish faqat 1989 yilda 1,4, qon aylanish tizimi kasallanishi 1,3
marta o‗sgan. Fiol sil kasalligiga chalinish 3 foizga ko‗paygan. Har yili yuqumli
ichak kasalliklari, virusli gepatit kasalliklariga uchragan anchagina bemor qayd
etiladi, yomon sifatli shishlarga giriftor bo‗lgan bemorlar aniqlanadi.
Tadqiqotlar ijtimoiy - ekologik vaziyati yaxshi bo‗lmagan mintaqalar:
Orolbo‗yi, Toshkent viloyati, xususan Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent
shaharlari, Farg‗ona vodiysining ko‗pgina shaharlarida kasalliklarga chalinish
darajasi eng yuqori ekanligini ko‗rsatdi.
Ijtimoiy – gigiyena va tibbiyot – tashxis tadqiqotlari atrof - muhit holati
bilan insonning ruhiy – jismoniy ko‗rsatkichlari o‗rtasida bog‗lanish borligidan
dalolat beradi. Respublikada atmosferaga zararli moddalarni chiqarish
muntazam ravishda ko‗payayotgani kuzatilmoqda. Ekologiya – gigiyena darajasi
past bo‗lgan xalq xo‗jaligi obyektlari soni yil sayin ko‗paymoqda.
Xalq xo‗jaligining barcha korxonalari ekologiya - gigiyena tavsiflariga
ko‗ra uch guruhga bo‗linadi (T.I.Iskandarov, 1989). Sanitariya holati yo‗l
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan konsentratsiya chegarasi darajasiga muvofiq
keladigan obyektlar birinchi guruhga kiradi. Ularda, laboratoriya va asboblar
75
bilan tadqiq qilish natijalarining ko‗rsatishicha, yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan
me‘yor va darajadan chetga chiqish yo‗q.
Sanitariya holati mavjud sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq
kelmaydigan, ammo PDK va PDU dan chetga chiqish uchramaydigan obyektlar
ikkinchi guruhga kiradi.
Sanitariya holati mavjud sanitariya-gigiyena qoidalari va me‘yorlariga
javob bermaydigan obyektlar uchinchi guruhga mansubdir. Ularda PDK va PDU
dan chetga chiqib ketish guruh-guruh bo‗lib yuqumli kasalliklar orttirish va
ovqatdan zaharlanish hollari qayd etilgan, ma‘muriy majburiy choralari
qo‗llaniladi.
1990-yil oxirlarida respublikada 100 mingdan ortiq xalq xo‗jaligi
obyektlari tekshirib chiqilib, ulardan 1117 (1,5 foiz) birinchi, 11817 tasi (11,7
foiz) ikkinchi, 88439 tasi (87,2 foiz) uchinchi guruhga qo‗shildi. Shunday qilib,
O‗zbekiston xalq xo‗jaligining 87,2 foiz obyektlari ekologiya-gigiyena
talablariga javob bermaydi va atmosfera havosi, suv va tuproqni bulg‗ash
manbalari Respublika sanoat obyektlarining 8690 tasidan atigi 116 tasi (1,4 foiz)
barcha ekologiya-gigiyena talablariga javob beradi. O‗zbekistonning barcha
viloyatlarida sanoat obyektlarining ko‗pchiligi havo, suv va tuproqni ifloslovchi
obyektlardir.
Respublikada mavjud bo‗lgan 1100 yirik sanoat korxonalardan 230 tasi
yoki 20 foizi ekologik jihatdan tozadir.
Kommunal va oziq-ovqat obyektlari, bolalar va o‗smirlar muassasalarining
ekologiya-gigiyena holati g‗oyat qoniqarsizdir.
Ishlab chiqarishlarning 276 tasi (25 foizi) ekologik jihatdan ayniqsa
xavflidir. Ulardan ajraydigan chiqindi aholi yashaydigan joylar atmosfera
havosida PDK dagidan 5 foiz va undan ham ko‗p bug‗lovchi moddalar
to‗planishiga olib keladi. 1989-yilda sanitariya-epidemiologiya xizmati
tomonidan atmosfera havosini bulg‗aydigan korxonalar ro‗yhatga olinganda 205
ta korxonada me‘yordagi sanitariya-muhofazalash zonasi yo‗qligi va ularda
76
texnologiya takomillashmaganligi, chang tozalagichlar yo‗qligi yoki samarasiz
ishlayotganligi ma‘lum bo‗ldi. Shuning oqibatida respublikaning 28 shahrida
atmosfera havosining ifloslanishi yuqoriligicha qolmoqda.Sanoat korxonalaridan
atmosfera havosiga chiqadigan har xil bug‗lovchi narsalar bilan birga har yili
chang, oltingugurt ikki oksidi, uglerod oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar,
ammiak, vodorod bilan oltingugurt birikmasi, ftorli birikmalar, ishqorlar,
benzopiren va boshqa zararli moddalar chiqadiki, ularning umumiy miqdori 1
mln. 305 ming tonnaga boradi.
Yuza suv havzalarining laboratoriya tadqiqotlari (1990-yil) o‗tkazilganda,
aholi suvdan foydalanadigan joylarda tekshirib ko‗rishga olingan suvlarning
22,1 foizi bakteriologiya ko‗rsatkichlar bo‗yicha 36,3%, kimyoviy ko‗rsatkichlar
bo‗yicha sanitariya - gigiyena talablariga to‗liq javob bermaydi.
Xo‗jalik maqsadlarida va odamlar iste‘moli uchun foydalaniladigan ochiq
suv havzalarining bug‗lanishi, vodoprovodlar sanitariya-gigiyena holatining
yomon ahvoldaligi sababidan (ularning anchagina qismi 50–60 sanitariya-
gigiyena talablariga javob bermaydi) aholiga yetkazilayotgan vodoprovod suvi
sifati qanoatlanarli emas.
Shaharlarda kanalizatsiyaning sust rivojlanganligi (u aholining 44 foizdan
kamrog‗ini qamrab olgan), qishloq joylarda bu xizmatning amalda yo‗qligi ham
ochiq suv havzalari va yer osti suvlarning bulg‗anishiga olib keladi.
Bu ko‗ngilsiz ijtimoiy-ekologik omillar aholi salomatligiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
1990-yil oxiridagi ma‘lumotlar respublikada bolalar o‗limi yuqoriligicha
qolayotganini, sobiq Ittifoqdagi ko‗rsatkichdan ikki marta ko‗p ekanligini
ko‗rsatgan edi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‗ona
va Samarqand viloyatlarida go‗daklarning nobud bo‗lishi yuqori (4- jadval).
O‗zbekistonda har yili 200 mingga yaqin kishi yuqumli sariq (gepatit)
kasalligi bilan og‗riydi. Bunday kasallanish Farg‗ona, Andijon va Namangan
shaharlarida eng yuqoridir.
77
Respublikada har yili 120–140 ming kishi o‗tkir yuqumli ichak kasalliklari
bilan og‗riydi. Bu kasalliklar har yili qo‗zg‗ab turadi va minglab odamlarni
bemor qiladi.
Faqat 1985-yildan 1989-yilgacha suv bilan bog‗liq yuqumli ichak
kasalliklari 47 marta bo‗lganligi qayd etilgan.
Yuqorida aytilganidek, qishloq xo‗jaligida qo‗llaniladigan pestitsidlar
mintaqa biosferasini bulg‗ashda yuqori o‗rinni egallaydi.
Pestitsidlarni keng qo‗llash respublikada favqulodda sanitariya ekologiya
vaziyati paydo bo‗lishiga olib keladi. Ochiq suv havzalarining barchasidan
pestitsidlar topilmoqda. Respublikamizning ayrim mintaqalarida jonivorlar va
o‗simliklarga mansub oziq-ovqat mahsulotlarining 20 foizgachasida pestitsidlar
borligi ayniqsa tashvishga soladi.
4- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |