Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


qismlarida o‗zgarishi (Odum bo‗yicha)



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

qismlarida o‗zgarishi (Odum bo‗yicha).  
Azot  elementining  tabiatda  aylanishi  ancha  murakkabdir.  Atmosferadagi 
erkin  holdagi  azotning  miqdori  70%  dan  ortiq  bo‗lsa  ham  undan  foydalanish 
uchun  birikma  holga  o‗tkazish  kerak.  Birikma  holga  o‗tishning  turli  yo‗llari 
mavjud bo‗lib, ulardan tabiatda kuzatiladigan momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq 
chaqishi  va  ionlanish  jarayonlari,  meteoritlarning  kuyib  ketishi  kabilarni 
ko‗rsatish  mumkin.  Ammo  erkin  azotni  birikma  holga  o‗tkazishda  tirik 
organizmlarning roli kattadir. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2–
3 kg dan 5–6 g gacha azot birikma holga o‗tkaziladi. Dukkakli o‗simliklarning 
ildizida  yashovchi  tugunak  bakteriyalar  esa  yiliga  350  kg/ga  azot  birikmasini 
to‗playdi. Azotni birikma holga o‗tkazish uchun ma‘lum energiya talab etiladi. 
Tuproqqa  solingan  ammoniyli  o‗g‗itlar  nitrifikatsiyalovchi  bakteriyalar 
tomonidan  nitrit  va  nitratlargacha  oksidlanadi  hamda  denitrifikatsiyalovchi 
bakteriyalar  tomonidan  esa  ular  gaz  holidagi  azot  yoki  azot  oksidi  tarzida 
qaytariladi.  Ammoniy  ionlarining  nitrit  va  nitratlargacha  oksidlanishi  energiya 
ajralishi  bilan  boradi.  Denitrifikatsiyalovchi  bakteriyalar  nitrit  va  nitratlardan 
nafas  olish  uchun  kislorod  manbai  sifatida  foydalanadi.  Ammoniy  birikmalari, 


92 
 
nitrit  va  nitratlar  eritmalar  tarzida  organizmlar  tomonidan  o‗zlashtiriladi. 
Keyinchalik  ulardan  organik  moddalar,  birinchi  navbatda,  aminokislotalar  va 
so‗ngra  murakkab  oksidlar  sintezlanadi.  Hosil  bo‗lgan  oqsillar  o‗simlikni 
iste‘mol  qiladigan  konsumentlarda  qayta  ishlanadi.  Modda  almashinishining 
mahsulotlari,  o‗simlik  va  hayvonlarning  qoldiqlari  sifatida  tuproqqa  o‗tgan 
organik 
moddalar 
mineral 
moddalarga 
parchalanadi. 
Bunda 
ammonifikatsiyalovchi  bakteriyalar  guruhi  organik  moddalardagi  azotni 
ammoniy  tuzlariga  aylantiradi. Azot birikmalarining bir qismi  daryolarga  borib 
tushadi  va  undan  dengizlarga  quyiladi.  Okean  va  dengizlarda  azot  ammoniy 
tuzlari shaklida uchraydi. 
Azotning tabiatda aylanishida inson juda katta ta‘sir ko‗rsatadi. Tabiatdagi 
azot  sanoat  miqyosida  fiksatsiya  qilinadi.  Buning  ustiga  dukkakdoshlar 
oilasining  vakillari  tomonidan  ham  uning  birikma  holga  o‗tishi  hisobiga 
yuqoridagi ko‗rsatkich biroz ortiqroq bo‗ladi. Okeanlarga har yili 10 mln. t. azot 
nitratlar shaklida va 20 mln. t. esa organik moddalar bilan oqib keladi. Tabiatda 
azotning  aylanishini  muvozanatda  saqlab  turish  uchun  sun‘iy  ravishda 
denitrifikasiya  jarayonini  tezlashtirish  kerak.  Qishloq  xo‗jaligi  o‗simliklarining 
hosildorligini,  hayvonlarning  mahsuldorligini  oshirishga  qaratilgan  insonning 
faoliyati  sun‘iy  ravishda  atmosferaga  erkin  azotni  qaytarish  masalasiga 
yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 
Biosferada suvning aylanishi eng muhim mexanizmlardan biri hisoblanadi. 
Quyosh  energiyasi  ham  havo  massasining  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko‗chib 
yurishi  vaqtida  sayyorani  turli  darajada  qizdiradi.  Atmosferada  muhim  davriy 
jarayonlar  vujudga  kelib,  ular  mavsumiy  marom  xarakteriga  ega.  Yer  yuzidagi 
barcha  jarayonlar  bir-birlari  bilan  chambarchas  bog‗lanib  ketgan  bo‗lib,  keng 
doiradagi moddalar aylanishini vujudga keltiradi. 
Biologik doirada moddalarning aylanishi hajm va tezlik kabi ko‗rsatkichlar 
bilan  tavsiflanadi.  Biologik  doiradagi  aylanishning  hajmi  ekotizimdagi  tirik 
moddalar  tarkibida uchrayotgan kimyoviy  elementlarning  miqdorini  ifodalaydi. 


93 
 
Uning  tezligi  esa  tirik  moddaning  vaqt  birligida  hosil  bo‗layotgan  va 
parchalanayotgan  miqdorlaridir.  Har  qanday  landshaftlar  uchun  biologik 
doiradagi  aylanish  tezligini  biomassasining  yillik  mutlaq  va  nisbiy  o‗sishlari 
hamda  o‗simliklarning  mutlaq  qoldiqlarini  hisobga  olish  usuli  bilan  aniqlash 
mumkin. Quruqlikda biologik doirada aylanish tezligi bir necha kun, yil va o‗n 
yillarga teng bo‗lsa, suvdagi ekotizimlar uchun bir necha kun va haftalarga teng. 
Insoniyat  o‗zining  barcha  xususiyatlari  bilan  birga  Yer  yuzidagi  hayot 
rivojlanishi  (biogenez)  ning  navbatdagi  bosqichidir.  U  eng  kuchli  tabiiy  omil 
sifatida  nafaqat  sayyoramiz,  balki  kosmik  fazoni  ham  o‗zgartirib  yubormoqda. 
Kelajakda  inson  va  biosferaning  rivojlanishi  qanday  ketadi,  degan  savol 
tug‗iladi. Qanday qilsa biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin? 
Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  jamiyatning  rivojlanish  jarayonini  to‗xtatib 
bo‗lmaydi. Ammo  insonning biosferaga ta‘sirini boshqarish orqali ularning har 
ikkisini  ham  rivojlanishiga  ziyon  yetkazmaslik  mumkin.  Biogenez  bosqichidan 
boshlab  hozirgi  davrdagi  hayot  evolutsiyasi  aql  yoki  tafakkurning  rivojlanish 
bosqichi, ya‘ni neogenez deb qaraladi. Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin 
noosferaga  aylanishi  kuzatilmoqda.  Noosferaning  lug‗aviy  ma‘nosi  «fikrlovchi 
qobiq»  demakdir.  V.I.Vernadskiy  fikricha  noosfera  biosferaning  qonuniy 
rivojlanishi  natijasida  kelib  chiqadigan  bosqich  bo‗lib,  inson  bilan  tabiat 
o‗rtasidagi o‗zaro ongli aloqa munosabatlarini o‗z ichiga oladi. 
Antropogen  ta‘sir  ekologik  omillar  yig‗indisi  bo‗lib,  uning  asosida 
insonning xo‗jalik faoliyati turadi. Antropogen ta‘sirni sanoat, qishloq xo‗jaligi, 
transport va demografik toifalarga bo‗lish mumkin. O‗zbekiston Respublikasi va 
O‗rta Osiyo mintaqasi asosida ulardan ba‘zilarini ko‗rib chiqamiz.  
Keyingi 5 yil mobaynida O‗zbekiston Respublikasida sanoat rivojlanishi 7 
marta  oshgan.  Yalpi  mahsulot  qiymat  jihatdan  to‗rt  martadan  ko‗proq  ortdi. 
Ishlab  chiqarish  o‗sgan  sayin  atmosferaga  zararli  chiqindilar  tashlash  hajmi 
ancha oshdi. Oqava suvlar hajmi ortib bormoqda. Biosferaga sanoatning ta‘sirini 
o‗rganayotgan  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  joylashtirish  va  rejali  tarzda 


94 
 
ijtimoiy-iqtisodiy hamda ekologik rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan 
ishlab  chiqarishni  hududiy  jihatdan  maqbul  ravishda  tashkil  etish  kabi 
masalalarni chetlab o‗tib bo‗lmaydi. Bu ishda ekologik oqibatlar, ilmiy va loyiha 
tashkilotlarining tavsiyalarini hisobga olmasdan o‗z  bilganicha ish tutish  ishlab 
chiqaruvchi  kuchlarni  rivojlantirishda  tarmoqlar  ichida  va  hududiy  jihatdan 
jiddiy  nomutanosibliklarga  hamda  aholi  salomatligining  yomonlashishiga  olib 
keladi.  Barcha  cheklovlarga  qaramay,  Toshkent  va  Farg‗ona  viloyatlarida, 
Toshkent  shahrida  sanoat  jadal  suratda  rivojlanmoqda.  Ishlab  chiqarishni 
hududiy  tashkil  etish  masalalari  yetarli  o‗rganilmaganligi  sababli  Toshkent 
shahrining  rivojlanishiga  asoslangan  va  izchil  yondoshish  ta‘minlanmayapti. 
Holbuki, Toshkentning  aholisi keyingi o‗n  yil ichida  24  foizga  o‗sib, 2  million 
kishidan  oshib  ketdi.  Bu  o‗sishning  beshdan  ikki  qismini  boshqa  shaharlardan 
kelganlar tashkil qiladi. 
Chirchiq,  Olmaliq,  Ohangaron-Angren,  Farg‗ona-Marg‗ilon,  Navoiy  va 
O‗zbekistonning  boshqa  qator  mintaqalarida  kimyoviy,  neft-kimyoviy  va 
mikrobiologik tarmoqlar korxonalari, boshqa ko‗p quvvat va suv talab qiladigan 
ishlab chiqarish vositalarining ko‗pligi tufayli ekologik sharoit keskinlashdi (6-
jadval). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


95 
 
6-jadval  

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish