O‗zbekiston sanoat markazlarida atmosfera havosining ifloslanish
dinamikasi, mg/m
3
(Yu.Shodimetov 1994)
Shahar,
qori shmal ar
Yi l l ar
PD K yo‘ l
qo‘ yi l i shi
mumki n bo‘ l -
gan mi qdor
1967
1970
1975
1980
1985
1990
1
2
3
4
5
6
7
8
Olmaliq
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
1,68
0,18
—
—
0,84
—
—
—
—
—
—
0,3
0,70
0,05
0,13
0,4
0,49
0,6
0,27
0,4
0,25
0,07
0,11
0,15
0,05
0,04
0,04
Angren
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
—
—
—
—
—
—
—
—
—
0,5
0,17
0,05
0,6
0,13
0,06
0,45
0,075
0,05
0,15
0,05
0,04
Andijon
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
—
—
—
—
—
—
—
0,9
0,23
0,06
0,18
0,6
0,30
0,06
0,16
0,6
0,26
0,06
0,16
.
0,3
0,17
0,04
0,14
0,15
0,05
0,04
0,04
Bekobod
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
—
—
—
—
—
—
—
—
—
0,4
0,11
0,02
0,3
0,09
0,04
0,3
0,05
0,04
0,15
0,05
0,04
Qo‘qon
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
—
0,3
0,16
0,06
0,23
0,3
0,18
0,06
0,08
0,3
0,08
0,06
0,05
0,15
0,05
0,04
0,04
N avoiy
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
—
—
—
—
—
—
—
0,5
0,13
0,03
0,04
0,8
0,08
0,10
0,09
0,4
0,03
0,03
0,07
0,26
0,03
0,05
0,07
0,15
0,05
0,04
0,04
Samarqand
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
—
—
—
—
—
—
0,7
0,18
0,03
0,8
0,24
0,04
0,6
0,15
0,04
0,4
0,04
0,05
0,15
0,05
0,04
Тoshkent
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
F enol
1,5
1,12
0,40
—
0,6
0,25
0,22
0,039
0,5
0,08
0,08
0,01
0,3
0,13
0,09
0
0,10
0,10
0,003
0,2
0,05
0,06
0,004
0,15
0,05
0,04
0,003
Farg‘ona
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
—
—
—
—
—
—
—
0,3
0,21
0,07
0,09
0,6
0,14
0,10
0,18
0,8
0,27
0,09
0,12
0,3
0,09
0,08
0,13
0,15
0,05
0,04
0,04
Chirchiq
Chang
Ol ti ngugurt gazi
A zot gazi
A mmi ak
—
0,28
0,78
—
—
—
—
—
0,6
0,15
0,07
0,15
0,5
0,15
0,03
0,10
0,3
0,13
0,06
0,17
0,2
0,07
0,06
0,17
0,15
0,05
0,04
0,04
96
Biosenoz haqida tushuncha
«Biosenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olimi Membius fanga
kiritgan. Membius biosenozni quyidagicha ta‘riflaydi, ya‘ni:
1. Biosenozga ma‘lum joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar,
o‗simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi;
2. Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog‗langan va bir-
birlariga qaramdir;
3. Biosenoz tashqi muhit omillari ta‘siri ostida bo‗ladi;
4. Biosenoz vaqt bo‗yicha doim turg‗un va bir xil holatda bo‗ladigan
guruhlardan iborat bo‗ladi;
5. Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o‗z joylarida, biosenoz ichida
ko‗payish xususiyatlariga egadir.
Hozirgi vaqtda Membius ko‗rsatib o‗tgan biosenozning shu belgilari
o‗zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan.
Fransuz ekologi R.Dajo fikricha biosenoz – bu tirik organizmlar guruhlari
bo‗lib, ular ma‘lum turlar tarkibiga va ular bir-birlariga bog‗liq holda aniq
makonni egallaydi.
Biosenoz quruqlikda bir xil yashash joyi, muhiti hududini egallasa, suv
muhitidagi biosenozlar suv havzalarining qismlari bo‗yicha bo‗linadi, har
qanday biosenoz va biotop (biologik organizmlar yashaydigan joy) bilan
dialektik birlik, yuqori darajada tuzilgan biogeosenozni hosil qiladi.
Biogeosenoz turli katta-kichiklarda bo‗ladi va ko‗p xil murakkabligi bilan
farqlanadi. Masalan, o‗rmon, tundra, dasht, cho‗l biogeosenozlari bir-birlaridan
keskin farqlanadi. Biogeosenoz – bu biosenozlar va muhit omillarining
yig‗indisi emas, balki tabiatning bir butunligi, sifat jihatdan moslashgan, o‗z
holicha rivojlanuvchi va ta‘sir qilish qonunlariga ega bo‗lgan murakkab
birlikdir.
97
Biosenoz o‗z navbatida quyidagi komponentlarga bo‗linadi: fitosenoz –
o‗simliklar, zoosenoz – hayvonlar, mikrosenoz – mikroorganizmlar guruhlari.
Biosenoz va uning komponentlarini bir-biridan ajratib bo‗lmaydi, ularni har
xil tur hamda darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak.
Hozirgi vaqtda sun‘iy, ikkilamchi agrobiogeosenozlar yoki agrosenozlar
hosil bo‗lgan, ular qishloq xo‗jaligining asosi bo‗lib, o‗zlarining tarkibi,
tuzilishi, muhit omillarining ta‘siri, o‗zgarishi va mahsuldorligi bilan tabiiy
biosenozlardan tubdan farq qiladi.
Tabiiy birliklar ko‗pincha chegaralari aniq bo‗lmasdan bir-birlariga
qo‗shilib ketadi. Lekin shunga qaramasdan tabiatda har bir biologik guruhlar,
biosenozning chegarasi bor, bu obyektiv va real haqiqatdir.
Biosenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o‗rtasidagi ko‗p biotik
munosabatlar – ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz
ichidagi hayotiy o‗rnini aniqlaydi.
Professor V.N.Beklemishev tadqiqotlari bo‗yicha biosenozda turlararo
bevosita va bilvosita munosabatlar quyidagi 4 turga bo‗linadi, ya‘ni: trofik,
topik, forik va fabrik munosabatlar. Ular quyidagicha ta‘riflanadi:
1) Trofik aloqalar, munosabatlar biosenozdagi bir turning ikkinchi tur
bilan, uning tirik vakillari yoki o‗lik qoldiqlari, mahsulotlari bilan oziqlanish
jarayonidan kelib chiqadi. Masalan, ninachilarning hasharotlar bilan oziqlanishi,
qo‗ng‗izlarning molok go‗ng arilar changi, yo‗lbarslar turli o‗ljalar, ularning
qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo‗ladi.
2) Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi
turning yashash muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o‗zgaradi, ya‘ni bir tur
ikkinchi tur uchun yashash muhitini yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida
uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun ot, sigir, odam tanasi muhit
hisoblanadi. Yashash muhiti hosil qilishda yoki muhitning boshqa organizmlar
uchun o‗zgarishini o‗simliklar misolida uchratish mumkin. Masalan, o‗rmon
chetlari, o‗simlik qoldiqlari, tuproq yuzasi ko‗p hayvonlar uchun yashash muhiti
98
hisoblanadi. Rasmga nazar tashlasak (8-rasm) organizmlar har xil joyda turli
darajada oziqlanadi.
3) Forik munosabatlarda biosenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga
yordam beradi. Bu holatda tashuvchi vazifasini ko‗pchilik hayvonlar o‗taydi
(zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga o‗simlik urug‗lari ilinib, yopishib bir
joydan ikkinchi joyga tushadi.
8- rasm. Organizmlarni oziqlanish bo‗yicha ekologik nishalari (Odum,
1986):
1– ildiz; 2– ildizdan ajratilgan moddalar; 3– barg; 4– poya, tana; 5–6–
urug‗ va meva; 7–8– gul, chang; 9– shira; 10– kurtak.
4) Fabrik munosabatlarda biosenoz ichidagi bir tur o‗zining yashash joyi
uchun ikkinchi tur qoldig‗i, o‗lik yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan,
qushlar uya qurish uchun o‗simlik bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar
patlari, hayvonlar junlari, paxta va lattalardan ham foydalanadi. Daryolardagi
toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o‗simliklar shoxi, poyasi, bargidan
foydalanadi.
99
Biosenoz ichidagi har bir aniq tur o‗zi uchun qulay fizikaviy muhitda
yaxshi o‗sadi, ko‗payadi va rivojlanadi. Tur tarqalishida fiziologik va
sinekologik optimumlar farqlanadi.
Fiziologik optimum – bu biosenoz ichidagi turning o‗sish, ko‗payish va
rivojlanishi uchun hamma abiotik omillarning qulay bo‗lishidir.
Sinekologik optimum – bu biosenoz ichidagi biotik aloqalar bo‗lib, shu
yerdagi tur boshqa turlar ta‘siri (raqobati, yirtqichlar, parazitlar)dan holi sharoit
turning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Jumladan, don ekinlarining
kushandasi gessen pashshasining ko‗payib ketishiga, uning ashaddiy dushmani
parazit pardaqanotli hasharotning kam bo‗lishidir.
Biosenoz ichida vujudga keladigan turlararo aloqalar, turlarning bir-biriga
nisbati, ekologik xususiyatlari, soni, makonda tarqalishi va tuzilishi kabi
qonuniyatlarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |