10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining mohiyatini tushuntiring.
1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
Soliqlaming iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va
jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv maj
buriy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali
xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy
xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan
pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat
qiladi.
Soliqlaming mohiyati ulaming bajaradigan funksiyalari-
dan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z
funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi
bajaradigan fimksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq
kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya
deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan,
takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim.
Soliqlaming funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qa-
rashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil
funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu
ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan oli-
nardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlaming fiskal funksiya-
sidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud
bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi.
G ‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliya-
lik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi.
By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari
iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromad-
lami boshqarish vositasi fiinksiyalariga ega, soliqning bu
funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy bar-
qaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish
zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo'nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot,
N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlaming fikriga ko‘ra
soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish fimksiyasiga ega. Ular
soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish
yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydi-
lar.
Soliqlaming daromadlami boshqarish funksiyasini yuza
ga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning naza-
riyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida
soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan
jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham
berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchi-
lari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fran
suz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi.
Ulaming fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer
to'lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daroma-
dini kambag'allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu naza-
riyalar soliqlaming daromadlami tartibga solish funksiyasi
mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
I.
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani
bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funk-
siyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat
daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq,
ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslaming daromadlarini
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi
turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.1 0 ‘z-o‘zidan ko'rinib turibdiki, G ‘arb iqtisodiy
1
Мальмигин И. Налоги как элементы финанса. М.: перевод с англ.,
1997 г., стр. 69.
adabiyotlaridagi daromadlami boshqarish funksiyasi I. Mal-
miginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlaming funksiyalari ulaming mohiyatini amaliyot-
da harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan,
funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi
zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i tak-
rorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy
yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash
kerak.
Soliqlaming funksiyalari masalasida hozirga qadar olim
lar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir
fikrga kelingan emas. Ko'pchilik iqtisodchilar soliqlarga
fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiya
lari xos deb ta’rif berishadi.
fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish
funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini
axborot bilan ta ’minlash funksiyasi.
Soliqlaming asosiy funksiyasi — fiskal funksiya hisobla-
nib (lotincha fiscus so'zidan olingan bo‘lib, xazina degan
ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan ibo-
ratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil
qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy
sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar
daromadining bir bo'lagini davlat boshqaruvini, mamlakat
mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab
turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining
daromad qismini shakllantirish — soliqlar fiskal fiinksiyasi-
ning eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiya
ning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tus-
daligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining ri-
vojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakl-
lantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko'paytirishning
real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tad-
birlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslami
ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o'zining fiskal
funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish
ning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijti
moiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |