Soliqlaming o ‘ziga xos
•
, . . . . ,
.
mng mohiyatini chuqurroq ang-
e 91 an
lash uchun unga xos umumiy
belgilami aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy
kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miq-
dorda ustama haq (foiz) to'lash kabi umumiy belgilarga
egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq
yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kate
goriyasi ham bir qator o'ziga xos belgilarga egaki, ushbu
belgilar soliqlaming boshqa to‘lovlardan farqlash uchun
xizmat qiladi.
Soliqlaming belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomo
nidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.Yahyoyev
soliqlami umumiy belgilari sifatida quyidagilami ko‘rsatadi.
1.
Soliqlar va yig'imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat
soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal
sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis
tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida amal
ga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan
davlat tomonidan kafolatlanadi.
2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo
boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jam-
g‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.
3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda
bo'ladi. Tarixan asrlab o'zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar
mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha
qat’i va uzoq yillar o'zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘zi-
ga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.'
Rus iqtisodchisi A. Medvedev o ‘zining «Soliqlami qan-
day rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos
bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik
kabi belgilami qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlaming umumiy bel-
gilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1.
Soliq to ‘lovchi daromadining и yoki bu summasini
davlatga to ‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar
yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi
tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladi-
gan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik
mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq
narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘im-
laridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy
to'lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt davlat tomonidan
ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko'rilishi bilan
bog'liqdir.
Davlatga to'lanadigan soliqlar bilan uning evaziga oli-
nadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita,
har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bogiiqlikning yo‘qligi
soliq to‘lovchilar uchun soliqqa tortishni yuk sifatida baho-
lashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan
qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari
ham mumkin.
Alohida olingan soliq to‘lovchi, odatda, jamiyat va
o ‘zining ko'rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari
bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi-
1Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. Т.: «G‘afur G ‘ulom»,
2000-y. 10-bet.
batda fuqarolaming bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin
tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z
fuqarolaridan yig'ib olgan soliqlami samarali va oshkora
tarzda ishlatsa hamda fuqarolaming aksariyat qismi davlat
ning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mab-
lag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi bo'lgandagina
yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.
2. Soliqlar majburiy to ‘lovlar hisoblanadi. Soliqlaming
to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik
soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo'lsada, ular ix-
tiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq
to'lashdan bo'yin tovlaganlami qonunchilikda belgilangan
tartibda jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning
avvaldan belgilab qoyilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda
ko'zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda,
shu jumladan, 0 ‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlami
belgilash va ulaming hajmlarini aniqlashga faqat qonun
chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat beril
gan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yil-
gan. 0 ‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash
yoki ulaming hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas.
To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega
bo‘lishi soliqlaming bosh tavsifi hisoblanadi.
4. Soliqlaming yana bir belgisi ulaming davlat yoki
mahalliy budjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan
tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tush-
maydi.
5. Soliqlarga xos bo'lgan umumiy belgilardan biri sifatida
davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar о ‘rtasida mulkchi-
likni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir.
Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan
soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat
hisobiga o'tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida
majburiy to'lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.
Yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy
belgilar ulaming iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qila
di. Shu o'rinda soliqlaming umumiy belgilarini to'liqroq va
aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan, har qanday iqti
sodiy vaziyatlarda o'zgarmaydigan optimal umumiy belgi
larini yaratish muammosi hal etilishi lozimdir.
Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar:
moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy
o‘xshashlikka ega, ya’ni ulaming barchasi pulli munosabat-
lami ifodalaydi. Lekin soliqlaming o'ziga xos yuqorida
qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlami
boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |