I В О В. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI
1.1. SOLIQLARNING IQTISODIY MOHIYATI
VA OBYEKTIY ZARURLIGI
Soliqlaming iqtisodiy
mohiyati va obyektiv
zarurligi
Soliq tushunchasi iqtisodiy kate-
goriya sifatida davlatning paydo
bo'lishi va faoliyatining davo-
miyligi bilan bevosita bog‘liqdir.
Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati
orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash
lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq
to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushum-
larini ifodalaydi.
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi
bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi
vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida
soliqlardan foydalanadi. Soliqlaming amal qilishi bu obyek-
tivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyekt-
lar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida
faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad
etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar
ham mavjudki, bular soliqlami obyektiv amal qilishini talab
etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudo-
faa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va
rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliya-
lashtirishning tabiiy zarurligi soliqlami obyektiv amal qi
lishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning
ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshi-
riladiki, ulami moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquv-
chi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli
bo‘ladi.
Soliqlaming amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan,
davlatning qator vazifalarini mablag* bilan ta’minlash
zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p
bo‘lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijti
moiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydi-
gan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la
boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlan-
ganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti
infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli
ijtimoiy-siyosiy tadbirlami amalga oshirish uchun pensio-
nerlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalami mablag‘
bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan
tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va
undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko'rsatadi. Shu bilan
birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsa-
dida o'zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab
turishga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqaro-
lar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‘rna-
tish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham
ko‘plab mablag* yo'naltirishga majburdir. Bunday xarajat-
lami amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba
boMgan soliqlami obyektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiya
larini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag'larni
shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyoti-
da qo'llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat
mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal
qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab
iqtisodiy hodisalardan iborat bo'lib, ana shu murakkablik
bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlami iqti
sodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlami ifoda etuvchi pullik muno-
sabatlami bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar
bilan ulami o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida
bo'ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy man-
bayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va
subyektiv omillaming ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir
turli ta’riflami tahlil qilish, ulaming konkret iqtisodiy-ijti-
moiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash,
soliqlaming iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos
bo'lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida,
jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlaming tutgan
o‘mini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi
bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlaming
zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish
shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‘zgar-
gan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va
takomillashtirilishi soliqlaming turlari, miqdorlari va yig‘ib
olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan.
Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar
aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy
hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustu-
vorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.
Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtiso-
diyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish,
davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vosi-
tasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlaming rivojlanishiga
ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi
soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan
tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi
hisoblanadi.
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta
asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga
katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuza
ga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. 0 ‘sha davming
davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri
ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy
bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu
xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari
orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib
hammaga ayon bo'lmoqda.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u
vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi
bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqti-
sodchisi, 1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabab-
lari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamo-
yillarini ko‘rsatib berdi, soliqlaming ahamiyatini yoritib,
ulami davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati
ekanligini asoslab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |