Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

N.I.  Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi»  nomli 

kitobida  (1818-yil)  shuni  ta’kidlaydiki,  «Bilimli  bo‘lishning 

muvaffaqiyatlari  ulaming  xalqlar  urf-odatlariga  foydali 

ta’siri  darajasiga  qarab  soliqlar  tizimining  takomillashuviga 

ham ta’sir etgan»,  «...soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga



paydo  bo‘lib,  uning  belgisi  bo'lib  qoldi.  ...Soliqlaming 

tayinlanishi,  taqsimlanishi  va  yig'ilish  usuliga  qarab  xalq 

orasida  tarqalgan  ma’lumotlar  to'g'risida;  yig'iladigan 

soliqlar  miqdoriga  qarab  uning  boyligi  haqida  fikr  yuritish 

rnumkin,  bu bilimlilik va  ma’rifatni  anglatadigan  ikkita  eng 

asosiy  xususiyatdir».  Bu  so'zlardan  yana  bir  bor  amin 

bo‘lish  mumkinki,  soliqlar  qadimiy  moliyaviy  institutlar 

hisoblanib,  davlatning  paydo  bo‘lishi  bilan  yuzaga  kelgan. 

Soliqlar  davlat  organlarini  ta’minlash  va  ular  oldida  turgan 

vazifalami  bajarilishini  moddiy  ta’minlashning  manbasi 

sifatida  xizmat  qilgan.  Davlatning  rivojlanishi  bilan  uning 

vazifa  va  funksiyalari  yangicha  xususiyatlarga  ega  bo‘ldi. 

Lekin soliqlaming davlatni va uning organlarini moliyalash- 

tirishda  manba  sifatidagi  roli  o‘zgarmay  qoldi.

«Soliqlar,  —  deb  yozadi  D.  Rikardo,  —  hokimiyat  ixti- 

yoriga  kelib tushadigan yer mahsuloti va  mamlakat  mehna- 

tining bir qismini  tashkil  etadi  va oxir-oqibatda ular kapital 

hisobidan  yoki  mamlakat  daromadi  hisobidan  to'lanadi».1 

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  D.  Rikardo  soliqlar 

mohiyatini  yoritib,  o‘z  navbatida  A.  Smit  tomonidan 

yaratilgan  soliqlar  nazariyasini  ma’lum  darajada  rivojlantir- 

gan.


S. G.  Pepelyayev  «Soliq  —  ommaviy  hokimiyat  subyekt- 

larining  to‘lov  qobiliyatini  ta’minlash  maqsadida  jismoniy 

va  yuridik  shaxslar  mulklarini  begonalashtirishning  majbu- 

riylik,  yakka  tarzda  xolisona,  qaytarmaslik,  davlatning 

majburlashi  bilan  ta’minlanganlik  asoslarida  va  jazo  yoki 

kontributsiya  xarakteriga  ega  bo‘lmagan  qonunda  belgilan- 

gan  yagona  shaklidir»2  —  deb,  ta’kidlagan.

D. G.  Chemikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan 

xo'jalik  subyektlari  va  fuqarolardan  qonuniy  tartibda 

o‘matilgan  stavkalarda  undirib  olinadigan  majburiy yig'im- 

lami  o‘zida  aks  ettiradi».3



S.H.  Gataulin  «...soliqlar  o‘zi  nima  va  ular  nimaga 

kerak»,  degan  savolga  quyidagicha  javob  beradi:  «Soliq­

lar  —  bu  davlat  sarf-xarajatlarining  asosiy  manbayi  bo‘lib, 

iqtisodiyotni  tartibga  soluvchi  va  daromadlami  barqaror-

Рикардо Д.  Сочинения  т.  I.  Начало  политической  экономики  и  налого­

вого  обложения.  Пер.  с  англ.  —  М.:  «Госполитиздат»,  с.  360.



2 Пепеляев  С.  Г.  Основы  налогового  права.  М.:  1995,  24  с.

3  Черник  Д.  Г.  Налоги  в  рыночной  экономике.  «Финансы»,  1992,  №3, 

с.  19.



lashtiruvchi vositadir.1 Soliqlar davlat budjeti  daromadlarini 

tashkil  etuvclii  asosiy  manba  va  iqtisodiyotni  boshqaruvchi 

muhim  qurol  hisoblanadi.  Biroq  bu  ta’rif  soliqlaming 

mohiyatini  to'laligicha  yorita  olmaydi  hamda  soliqlaming 

tashkiliy-huquqiy  tomonlarini  o‘zida  aks  ettira  olmaydi. 

Bundan  tashqari,  iqtisodiy  munosabat  sifatida,  bu  muno- 

sabatlar  obyekti  bo‘lib  nima  hisoblanadi,  degan  savollaiga 

javob  bera  olmaydi.

Ayrim  iqtisodchilar soliqlami  milliy  daromadni  taqsim- 

lash va  qayta  taqsimlash vositasi  sifatida  izohlashga  harakat 

qilganlar,  —  «Soliqlar  —  milliy  daromadni  taqsimlash  va 

qayta  taqsimlash  jarayonida  uning  bir  qismini  davlat  ixti- 

yoriga  olish  shaklidir».2

O. 

Olimjonovning  fikriga  ko‘ra:  «Soliqlar  —  davlat  va 

jamiyatning  pul  mablag‘lariga  bo'lgan  ehtiyojini  qondirish 

maqsadida  qonun  tomonidan  belgilab  qo‘yilgan  hajmda  va 

o'matilgan  muddatda  jismoniy  va  huquqiy  shaxslardan 

davlat  ixtiyoriga  majburiy  ravishda  undirib  olinadigan 

to'lovlardir».3  Soliqlarga  berilgan  mana  shu  ta’rif  eng 

maqbul  ta’rif  bo‘lib,  soliqlaming  mohiyati,  ulaming  iqti- 

sodiyotdagi  o ‘mi  va  rolini,  soliqlaming  harakat  jarayonini 

nazariy jihatdan  chuqurroq  yoritib,  soliqlar  haqida  aniqroq 

tasawur hosil  qilishga yordam  beradi.  Bugungi  kunda  soliq 

kategoriyasini  har  tomonlama,  kengroq  va  batafsilroq, 

shuningdek,  uning  mohiyati  va  ahamiyatini,  iqtisodiyotni 

rivojlantirishdagi  roli  va  o‘mini,  soliqlaming  nazariy jihat- 

larini  aniqroq  va  to‘liqroq  yorita  oladigan  ta’rifni  keltirish 

muammosi  fanda  mavjuddir.

Tarixan  soliqlar,  davlatni  saqlab  turish  uchun  zarur 

bo'lgan  majburiy  to‘lovlar  sifatida,  davlat  paydo  bo‘lishi 

bilan vujudga  kelgan.  Soliqlar davlat faoliyat ko'rsatishining 

moddiy asosini tashkil etadi,  ulaming iqtisodiy tabiati xuddi 

shu  yerdan  kelib  chiqadi.

Bozor  munosabatlarining  shakllanishi  davrida  soliqlar 

korxonalaming  iqtisodiy  faoliyatini  tartibga  solishning  ham 

bilvosita  quroli  hisoblanadi.

Gataulin  Sh.  Soliqlar va  soliqqa  tortish.  Т.:  1996.  18-bet.



2 0 ‘lmasov  A.,  Sharifxo'jayev  M.  Iqtisodiyot  nazariyasi.  Т.:  «Mehnat»,  1995-y. 

377-bet.


Olimjonov  O.  Bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  davrida  soliq  siyosati.  «Hayot  va  iqti- 

sod»,  1992.




Soliqni  to‘lash  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar va  fuqaro- 

lar  bilan  davlat  o‘rtasida  yangidan  yaratilgan  qiymatni 

taqsimlashning  asosiy  vositasi  hisoblanadi.  Biror  bir jami­

yatni  soliq  tizimisiz  tasawur  qilish  mumkin  emas.  Chunki 

soliqlar  budjet  daromadlari  (pul  fondi)ni  tashkil  etishning 

asosiy  vositasi  bo'libgina  qolmay  mahsulot  ishlab  chiqarish 

hajmini  oshirishga,  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirishda 

investitsiyalami  ko‘paytirishga,  raqobatbardosh  mahsulotni 

ko‘paytirishga,  kichik  biznesni  rivojlantirishga,  xususiy 

korxonalar  ochish  bilan  bog‘liq  bo'lgan  bozor  infrastruk- 

turasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirish- 

ga va  shu  kabilarga  xizmat  qiladi.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  o ‘zining  ichki  va 

tashqi  vazifalarini,  har  xil  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy 

chora-tadbirlami  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan 

mablag‘laming  asosiy  qismini  soliqlar  orqali  to'playdi. 

Jumladan,  soliqlar  respublika  va  mahalliy  budjetlar  daro- 

madlarini  shakllantiradi,  davlat  ijtimoiy  dasturlari  uchun 

moliyaviy  negiz  yaratadi,  soliq  toMovchi  shaxslarning  tad- 

birkorlik faoliyatini  boshqaradi,  ulaming tabiiy resurslardan 

unumli  foydalanishga  bo‘lgan  intilishini  rag‘batlantiradi, 

narx  belgilashga  ta’sir  ko‘rsatadi,  aholining  turmush  dara- 

jasini  tartibga  solib  turadi,  imtiyozlar yordamida  esa  aholi­

ning kam ta’minlangan qatlamlarini  ijtimoiy himoya qilish- 

ni  tashkil  etishga yordam  beradi.

........................ 

U  yoki  bu  iqtisodiy  kategoriya-


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish