Bu ohang mas’alasini eski yozma asarlarda ko‘b ko‘ra
olg‘animiz kabi dalada yashag‘anlar orasida ham ko‘brak
uchratmak mumkundir. Fors adabiyoti, madrasa tajvidi9 ta’-
siri bilan buzilgan shahar shevalarida bu holni oz ko‘rgani-
miz bilan bizning shevada yo‘g‘onliq, ingichkalik ohangi
yo‘qdir deb bo‘lmaydir.
Yo‘g‘on so‘zlar bilan ingichka so‘zlaming ayirmasi shun-
daydir:
Bu yil baxtimiz gullagan yil ekan .
Mana shu jumlada —
baxtimiz, yil, bu so‘zlari yo‘g‘on
bo‘lib, —
gullagan, ekan so‘zlari ingichka so‘zlardir.
«Sin!» so‘zi yo‘g‘on bo‘lg‘ani uchun bundan yasalg‘an
«sinmoq, sing‘an, siniq» so‘zlari ham yo‘g‘ondir. «Min!»
so‘zi ingichka bo‘lg‘ani uchun bundan yasalgan «minmak,
mingan, minik» so‘zlari ingichkadir".
Do'stlaringiz bilan baham: