III. Sonlar
Bir kishi, iki ot, uch yog‘och.
Birinchi oy, ikinchi oy, uchunchi oy.
Biror tanga, ikishar tanga, uchar tanga.
Shunda yozilg‘an bir, iki, uch; birinchi, ikinchi, uchunchi;
biror, ikishar, uchar so‘zlaridan har biri «son» bo‘lib: kishi,
ot, yog‘och, oy, tanga so‘zlari «sanalmish» boiadir.
Sonlar bir narsaning — bir kishining (qandayligini
emas) nechaligini-qanchalig‘ini ko‘rsatsalar ham so‘zlar
aro turishlari sufatdan ayirmasizdir. Shuning uchun bulami
ham sufatlardan sanamoq mumkindir. Sonlar ham tub son,
yasama son boiib ikiga ajraladir.
Bizda ishlatkan sonlar shunlardir.
Tub son
Narsalarni, kishilarni sanamoq uchun aytilaturg‘an
sonlar bir, iki, uch, to‘rt, o ‘n, yigirma, qirq besh... kabi. Bun-
largfa «sanoq son» deymiz.
Yasama sonlar
1. Saralangan narsalar - kishilardan har birining sarada
tutgan o‘mini belgilatmak uchun aytilatuig‘an sonlar birinchi,
ikinchi, uchunchi, to ‘rtinchi... kabi. Bunlarg‘a «sara son» deymiz.
2. Ko‘brak narsani baravar ulashkanda aytilaturg‘an
(so‘zlar) biror tangadan, ikishar qalamdan, uchar daftar,
beshar kitob... kabi. Bunga «ulush son» deymiz. Ko‘rinadir-
kim «ulush son»ning sanalmishg‘a «dan — dan» ham qo‘sh-
moq mumkin boiadir.
3. Birtadan kitob, beshtadan daftar, yigirmatadan oltin
151
deganimizda bo‘lg‘an birtadan, beshtadan, yigirmatadan
sonlari «ulush son» bo‘ladir.
4. Ko‘b narsa — ko‘b kishining chin sonlarin onglatmay
chamalabg‘ina aytmakchi bo‘lg‘anda «chama son» ishlatila-
dir: o ‘nlab kitob, yuzlab kishi, yigirmalab bola kabi.
5. Iki «sanoq»ni birga qo‘shib aytganda ham «chama son»
bo‘ladir: iki-uch talaba, o ‘n-o ‘n besh shahar, yigirma-o ‘ttiz
o y kabi. Bu turli chama sondag‘i iki sanoqning orasig‘a chiziq
qo‘ymoq kerakdir.
6. Sanoqlaming ketlariga «ov — av» qo‘shilib yasalg‘an
sonlarg‘a «sanalmishsiz» son deymiz. Chunki bu turli son-
lardan keyin sanalmishlari aytilmay qoladir: birov keldi, unlar
uchov bordilar, bolalaming oltovini ko ‘rdim kabi. Iki, olti kabi
oxirida «i — i» bo‘lg‘an sonlarg‘a «ov — av» qo‘shilg‘anda «i
— i» tovishlari tushub qoladir: ikav, oltov kabi. «Sanalmishsiz
son»lami sufatlar qatorida emas, otlar qatorida sanamoq
tuzukroq bo‘lar.
7. Biz ikalamiz keldik, unlar uchalasi qoldi deganda ko‘ril-
gan
ikala, uchala
sonlari bir ishni birdan ortiq kishilaming
o‘rtoqlashib qilg‘anlarini bildiradir. Bunlarg‘a «o‘rtoqliq son»
deymiz. 0 ‘rtoqhq son birdan ortiq sonlarda bo‘ladir. Hamda
juda oz ishlatiladir. Buni ham «sanalmishsiz son» kabi ismlar
qatorida sanamoq yaxshidir.
8. Sanalmishlami oshiribroq ko‘rsatmak uchun ishlatil-
gan yuzlarcha, minglarcha, o ‘n minglarcha degan so‘zlariga
«oshirma son» deymiz.
9. Bir yutum suv, o ‘n qop arpa, bir chekim tamaki, iki
qadaq uzum deganda sanoqlardan so‘ngra kelgan yutum, qop,
chekim, qadaq so‘zlari «o‘lchov otlari»dir. Sanoqlar otlar-
g‘a qo‘shilib «o‘lchov soni» bo‘ladir. Unlardan keyin kel-
gan suv, arpa, tamaki, uzum kabi otlar esa o‘lchov sonlari-
ning sanalmishlari bo‘ladir.
* * *
Birinchidan yettinchigacha raqamlar bilan ko‘rsatilgan
sonlaming o‘zlariga-da, sanalmishlarig‘a-da ko‘blik belgisi
bo‘lg‘an «lar — lar» qo‘shilmaydir. Yettinchi, sakkizinchi
raqamlar bilan ko‘rsatilg‘an sonlarg‘a ham «lar — lar» qo‘shilsa
ham bo‘ladir: Bolalaming uchovini ko‘rdim deganimiz kabi,
Bolalaming uchovlarini ko ‘rdim demak mumkundir. Unlar-
ning uchalasi keldi deganimiz kabi, Unlaming uchalalari
keldilar demak ham mumkundir.
152
To‘quzinchi raqam bilan ko‘rsati!gan <sanalmishig‘a «lar — lar» qo‘shilsa ham boiadir: yuz ming-
larcha odam, yuz minglarcha odamlar deganda ikisi birdir.
0 ‘ninchi raqam bilan ko‘rsatilgan «oichov soni»ning
o‘ziga-da «sanalmish»g‘a-da «lar — lar» qo‘shilmaydir.
0 ‘xshash sufatlari «kabi, o‘xshash, -dek, day—day,
yang‘lig‘, singari» kabi o‘xshatg‘ichlar o‘zlaridan burun
kelgan ot bilan birga o‘zlaridan keyin kelgan otning sufati
boiadirlar. Bu turli sufatlarga «o‘xshash sufatlar» deymiz:
quyosh kabi yuzi, tongg‘a o ‘xshash gavdasi, arslonday
qichqirishi, olovday k o ‘zi, o ‘q yang‘lig‘ so‘zi, tamu singari
azobi bordir deganimizda ko‘rilgani kabi.
Sufatlardan so‘ng kelgan otning «sufatli» atalg‘anini
yuqorida ko‘rgan edik. Sufat bo‘lg‘an so‘z o‘zining «sufat-
li»si bilan birga kelganda ko‘blik belgisi b o ig ‘an «lar-lar»
yolg‘iz «sufatli»ga qo‘shiladi. Qizil bayroqlar, otli askarlar,
o ‘qutuchi kimsalar kabi.
Sufat bo‘lg‘an so‘z «sufath»dan ayrim kelganda ot o‘mig‘a
o‘tgan sanaladir-da unga «lar—lap> qo‘shiladir: otlilar keladi-
lar, o ‘qutuchilami ko‘rdim, birinchilar o ‘tdilar kabi.
Otdan burun emas, feidan burun kelgan sufatlar sufat
emas, «hol» deb ataladir. F eidan burun kelgan sufatlar-
ning shu fe’lg‘a hol boiishi uchun «qanday?» so‘rog‘ig‘a
javob b o ia olmogi shartdir.
Qanday yozdi? Qanday o ‘qudi? Qanday chiqdi?..
so‘rog‘larig‘ajavob: u yaxshi yozdi, uyomon o ‘qudi, u birinchi
chiqdi, u o ‘Igudek qiynaldi, u shoshqin gapirdi, u ko ‘m-ko ‘k
chiqdi, qo‘shun otli keldi, u farg‘onali ko ‘rindi... kabi.
Ochar, chopar, to‘kma, qiyma kabi tubda sufat bo‘lg‘an,
so‘ngra ishlatila-ishlatila ot bo‘hb qolg‘an so‘zlarga «otlash-
qan sufat» deyiladir.
IV. Fe’Uar
Keldim
0 ‘qudim
Yozdim
Kelsang
0 ‘qusang
Yo&ang
Kelmadi
0 ‘qumadi
Yozjnadi
Yuqorida yozilgan so‘zlaming har biri bir feidir. Har
bir fe’1, bir ish bilan uning ishlovchisi hamda bir zamonni
bildiradir deb yuqorida ko‘rgan edik.
Bir fe’1 o‘z ma’nosida bo‘lg‘an shu uch butoqning o ‘z-
153
garishiga qarab o‘zgarishlarga uchraydir. Fe’lning ma’nosida
bo‘lg‘an «ish» so‘ylovchi tomonidan ishlansa, menyozdim deyi-
ladir. Eshituchi tomonidan ishlansa, sen yozding deyiladir. Ikisi-
dan boshqasi tomonidan ishlansa, u yozdi deyiladir. So‘ylov-
chi ko‘blik esa biz yozdiq deyiladir. Eshituchi ko‘blik esa siz
yozdingiz deyiladir. Boshqasi ko‘blik esa ularyozdilar deyiladir.
Demak, fe’lning ishlovchi o‘zgarishiga qarab o‘zgarga-
nidan olti shakl hosil bo‘ladir. Bu feining olti shaklini
Do'stlaringiz bilan baham: |