BirIik-ko‘plik: yuqorida ko‘rganimiz tub, yasama otlar-
ning hamasi birlik otlaridir. Bunlami ko‘plik otlari qilmoq
uchun so‘zlami ayrim-ayrim yozmoq kerakdir: qog‘ozlar,
uchqichlar, bilimlar, keluchilar, yong‘inlar kabi.
148
II. Sufatlar
Oq, qora, yaxshi, yomon, katta, qisqa.
Yuqoridag‘i sufatlar «tub sufatlar»dir. Negakim, bir
o‘zakga qo‘shimcha qo‘shib yasalmag‘andir. Iki turli(y) o‘zak-
ning har biriga qo‘shimcha qo‘shib yasalg‘an sufatlar, ya’ni
«yasama sufatlar» tubandagilardir:
1. Bilimli, otli, oqchali, enli kabi otg‘a «li» qo‘shilib
yasalg‘an sufatlar, bir kishida, bir narsada bir holning,
bir narsaning «borliq»ini ko‘rsatadir.
2. Oqchasiz, bilimsiz, otsiz, bo ‘yovsiz, adabsiz kabi otg‘a
«siz» qo‘shilib yasalg‘an sufatlar bir kishida, bir narsada
bir holning, bir narsaning «yo‘qliq»ini ko‘rsatadir.
3. Kechagi, shahardagi, keyingi, buruni, tashqi, qishqi
kabi otg‘a «g‘i — qi — gi» qo‘shihb yasalg‘an sufatlar bir
vaqtda yoki bir mahalda «bo‘lg‘anliq»ni bildiradir: kechagi
so ‘z «kecha bo‘lgan so‘z» demakdir.
4. Sarg‘imtil, oqimtil, qizg‘imtil, qo ‘kimtil, yashimtilkabi sufat-
lar bo‘yovning kuchsizcha bo‘lg‘anini bildiiguchi sufatlardir.
5. Sarg‘ish, qizg‘ish, k o ‘kish, oqish; bunlar ham yuqori-
dag‘i ma’nodag‘i sufatlardir.
6. Op-poq, qop-qora, k o ‘m -ko‘k, qip-qizil, tip-tin(iq),
yap-yalang‘och kabi bir narsaning sufatiga kuch berib aytil-
gan so‘zlar ham «yasama sufatlar»dan sanaladir.
7. Tarixiy so‘z, adabiy jumal, fanniy maqola, iqtisodiy
sho ‘roda bo‘lg‘an tarixiy, adabiy, fanniy, iqtisodiy so‘zlari
kabi arabcha otlarg‘a «iy — iy» qo‘shilg‘an so‘zlar «nisbat
sufati» bo‘ladir.
8. Yo‘ldosh, qo‘ldosh, mungdosh kabi otlarg‘a «dosh —
dash» qo‘shUib alohida yasalg‘anlar «o‘rtoqliq sufati» bo‘ladir.
9. Kumish pichoq, temir sovit, oltin yuzuk, qamish qalam,
tosh taxta kabi iki otdan birinchisi ikinchisining nimadan
yasalg‘anini bildirsa «jins sufati» bo‘ladir.
10. Otg‘a «chi — chi» qo‘shilib, bir kishining shu otning
ma’nosi bUan mashg‘ul bo‘lg‘anini, uni ishlaganini bUdi-
radir. Temirchi, ko ‘mirchi, yozuchi, boruchi, bosuchi, chop-
qunchi kabi.
11. Yozjnoqchi, ketmakchi, o ‘qumoqchi, o ‘turmoqchi kabi
buyruqqa «moqchi — makchi» qo‘shilib yasalg‘an so‘zlar
bir kishining bir ish qilmoq istagini bUdiradir. Bu turh sufat-
149
dan «chi» qo‘shimchasi tushirilib ham ishlatilgani bordir.
Men senga bu kun uchramak bo‘lib turg‘an edim kabi.
12. Yozjna, bosma, qo‘shma, borma, terma kabi buyruqg‘a
«ma — ma» qo‘shilib bir narsaning bir turh ishlatilganligini
bildirarlik sufat yasaladir: yozma kitob (yozilg‘an kitob),
bosma kitob (bosi!g‘an kitob), qo‘shma ot (qo‘shilg‘an o t'1).
13. Ochiq, ortiq kabi buyruqqa «q — k» qo‘shilib-da yuqori-
dag‘i ma’noda sufat bo‘ladir.
14. Bir narsaning bir sufatining ikinchi narsadagi shu
sufatdan ortiq bo‘lmag‘anini bildirmak uchun shu sufatka
«roq — rak» qo‘shiladir: Karim yaxshi, Juma yaxshiroq; pichoq
keskin, qilich keskinroq; ongliroq, bilimsizrak kabi.
15. Bir kishida yo bir narsa va sufatning oshiq bo‘lg‘ani-
ni bildirmak uchun buyruqning ketiga bir ust cho‘zg‘idin
so‘ng «g‘an» qo‘shilib «oshirma sufat» yasaladir: uchag‘on,
chopag‘on, bilag‘on kabi. Bu «g‘an» qo‘shimchasi yo‘g‘onhq,
ingichkalikka tobe’ bo‘lmaydir.
16. Ozg‘in, keskin, qizg‘in, olg‘ur, yig‘lag‘ur, o ‘lmagur,
to ymag‘ur, o ‘tkur kabi buyruqg‘a «g‘in — g‘ir», «gur — kur»
qo‘shilib yasalg‘an sufatlar ham «oshirma sufat» boiadir.
17. Sufatlaming ketlariga «qina — g‘ina, kina — gina» qo‘-
shihb «kichiklangan sufat» yasaladir. Kichiklangan sufat bir
kishini siylamak, yo undagi shu sufatning ozhg‘ini bildir-
mak istagan chogiarda ishlatiladir: yaxshiina, kattagina.
18. Buyruqg‘a «r» harfi qo‘shilib yasalg‘an sufatlar shu
sufatning «doyim»lig‘ini bildiradir: uchar qush, oqar suv,
ko ‘rar ko ‘z, chopar ot kabi.
Eskartish: bu sufat kelajak zamon fe ii ham boiadir.
Uchunchi turli olmosh izlariga (11 inchi betga qarangiz)
qo‘shilg‘anda ish oti boiadir.
Sart qilsin «ketari»ga mundan
(«Shayboniynoma»)
Takallum «aylari»da til bilan tishiy labi,
Biri aqiyq-u, bir inju-yu, biri marjon
(Bobir)
Barchin bu yerdan «ko ‘chari»ni bildi
(«Alpomish»)
'* «Kitobni yozma» deganda «yozma» so‘zi fe’ldir. «Yozma kitob» deganda,
yozma so‘zi sufatdir. Bu ikisi orasida ayirma bosim (udarennost)dadir. Sufat
bo‘lg‘anda bosim «ma — ma»ning o‘zida bo‘ladir. Fe’l bo‘lg‘anda «ma — ma»dan
burung‘i bo‘g‘unda bo‘ladir.
150
19. Buyruqg‘a «qon — g‘an, gan — kan» qo‘shilg‘anda
ham sufat boiadir: o ‘qug‘an yigit, yozilan kitob, toshqin
suv, ketkan kishi, kelgan kishi kabi (Bu ham olishma izlariga
qo‘shilg‘ach ish oti boiadir: ketkanim, borg‘aning kabi).
20. Doyimliq sufatiga «liq — lik» qo‘shilg‘ach «yararliq
sufat»ka aylanadir: o ‘qurliq kitob, yozarliq so ‘z, ko ‘rarlik bog‘,
o ‘turarliq yenia bo‘lg‘an o ‘qurliq, yozarliq, ko ‘rarlik, o ‘turarliq
sufatlari kabi.
Bu turli sufatning «bo‘lishsizi» ham boiadir: unutmas-
liq so % o ‘qumasliq xat kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |