TILIMIZNING ADABIYLIGI...
(1921-yil Til va imlo quriltoyida so‘zlangan nutq)
Sharq adabiyotining hashamatli, rangh bir tarixi bor.
Bu dabdabali tarixning oldidan o‘tkanda bu kungi Ovro‘pa
adabiyoti ham shapkasini ohb salom berib o‘tadir. Shunga
o‘zini majbur kabi ko‘radir.
Sharq tarixi adabiyasi butun dunyo adabiyoti orasida
singirsiz, misli yo‘q bir bog‘chadir. Bu go‘zal bog‘chadag‘i
gullarni saralab ko‘rmakchi boisak, birinchi sirada, qa-
torda arab ham eron gullarini, ikinchi sirada esa, urdu ham
turk chechaklarini ko‘ramiz. Sharq tarixi adabiyasida birin-
chilik arab-eron adabiyotig‘a, ikinchilik esa urdu va turk
adabiyotig‘a berilg‘andir.
131
Sharq tarixi adabiyasida o‘rin tutqon turk adabiyotining
eng muhimi, eng ko‘bi, eng qimmatlisi chig‘atoy sheva-
sindag‘i adabiyotdir. Chig‘atoy tarixi adabiyasi xalq adabiyo-
tig‘agina bog‘lanib qolmag‘an. Unda yuksak, ohy san’atkor
adabiyot bor. Chig‘atoy tarixi adabiyasida Boyqaro, Navoyi,
Lutfiy, Umarxon, Fazliy1 kabi san’at dunyosida mo‘jiza-
ko‘rsatib to‘fonlar qilg‘an qahramonlarg‘a ko‘b uchraymiz.
So‘zning qisqasi, chig‘atoy adabiyoti turli shevah turk ada-
biyoti orasinda eng yuksak, eng muhim o‘rinni tutg‘andir.
Boshqa shevadag‘i turk adabiyoti bunga o‘xshashliqlar, bu-
ning shogirdliklari bilan maxtanib yuradir.
Adabiyot bezangan, ziynatlangan bir shakldir. Chig‘atoy
adabiyoti turk adabiyoti orasida yuksak, yuqori, oliy bo‘l-
g‘andan keyin chig‘atoy tihning ham turk tillari orasida yuk-
sak, yuqori, ohy o‘lg‘anlig‘ini qabul etmak mutlaqo lozim-
dir. Bezanib, ziynatlanib chiqg‘andan so‘ng yuqori darajaga
chiroyliq ko‘rungan bir qizning aslan chiroyliq bo‘luvi
lozimdir. Asli chiroyhq bo‘lmag‘an bir qiz bezanmak bilan
yuqori darajada chiroyliq ko‘runmas. Menim bu da’vom
yolg‘uzgina mantiqiy bir da’vo bo‘lsa edi. Lekin menim bu
da’vom mantiqiy bir muhokamadangina iborat bo‘lub qol-
maydir. Buning boshqa tonuqlari, shohidlari bordir.
Chig‘atoycha sarf bilan totor sarflarini saralab qarag‘anda
chig‘atoychaning sarfda, ya’ni ishtiqoqda boyhg‘ini ko‘ramiz.
Tilimizning so‘zda boylig‘ini ko‘rsatmak uchun eskidan beri
vujudga chiqarilg‘an «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Lug‘ati
Chig‘atoy»2, «Lug‘ati Navoyi»3, «Lug‘ati Xorazmshohiy»4
kabi milliy xazinalarimiz bor. Bulardan boshqa turk tili,
adabiyoti to‘g‘risida yozilg‘an asarlaming har birini o‘qug‘anda
«chig‘atoy adabiyoti - turk adabiyotining onasi, bobosidir»
deg‘an so‘zlarg‘a uchramoq mumkindir.
Adabiyotimizning turk adabiyotlari orasida eng yuqori
o‘rinda turg‘anidan tilimizning turk tillari orasida yuqori bir
mavqe’ tutg‘anini chiqarg‘an kabi bo‘ldim. Bundan ikinchi
bir mas’ala tug‘uladir: adabiyotimiz arab, fors adabiyotig‘a
qarag‘anda ikinchi sirada ekan, tilimiz arab, fors tillarig‘a
qarag‘anda ikinchi siradami qolur? Bunga javob beramiz:
«Yo‘q! Tilimizdag‘i so‘z boylig‘i, ishtiqoq kengligi, qoida
tugallig‘i, sarf-nahv ingichlari5» boshqa sharq tillaridan
qolishmas, bu to ‘g‘rularida fors tilini butunlay keyinga
132
qoldiradir. Ish shunday ekan, adabiyotimizning keyinga
qolishiga sabab shoirlar va yozg‘uchilarimizning onglashilmas
holati ruhiyalaridir. Yozuvchilar o‘z asarlarini butunlay
arabcha yozg‘anlar. Turkiston turklaridan Abu Ali Sino butun
asarlarini arabcha yozg‘an ekan, umrida birgina she’r aytkan,
u ham bo‘lsa eroncha.
Fors adabiyotida mo‘jizalar ko‘rsatkan bir shoir — Za-
hiriddin Foryobiydir6. Turkistonhdir.
Sizga yana bir shoir ko‘rsatayin: bu kishi Sharqning
birinchi shoiridir ham birinchi olimi, birinchi faylasufidir.
0 ‘zi turkistonh. Ota-bobosi Hindustong‘a borib qolg‘an bu
shoir shunda tug‘ulib, shunda yashag‘an. Hindustonda
yashag‘an bir turkistonli bo‘lg‘ani uchun o‘z asarlarining
turkcha yo urducha yozilishi mantiqiy emasmi? Bu odam
turkchada, urduchada yozmag‘an, tutqunda eroncha yozg‘an
bu kishi mashhur Mirzo Abdulqodir Bedildir.
Tilimiz sharq tillarining birinchisi ekan, adabiyotimizning
ikinchisi boiishig‘a sabab shu hollardir. Tilning bu o‘rtada
gunohi yo‘q. Bu holning bir dard hamda bitirg‘uchi,
o‘ldurg‘uchi bir dard bo‘lg‘anini ilgarirak onglag‘an Navo-
yidir. Navoyi turk shoirlarining forsi(y)cha yozishlarig‘a
ochiqdan ochiq yog‘iqdi7, isyon etdi. Chig‘atoychaning ada-
biy ham boy ekanini bildirmak uchun o‘zining «Muhokamat
ul-lug‘atayn» degan asarini yozib chiqardi. Navoyi zamoni
chig‘atoy adabiyotining, chig‘atoy tilining eng ko‘b yuk-
salgan, yuqori bosg‘an zamoni bo‘lib qoldi. Esizdirkim, ada-
biyotimizning tarixida ikinchi bir Navoyig‘a uchramadik.
Navoyi asridan keyin adabiyotimiz yana eski holig‘a qayta
boshladi. Yana arabchiliq, yana forsi(y)chilik til va adabiyoti-
mizni bo‘g‘di. Forsi(y)chilik va arabchiliq yuklari ostida ezilgan
til va adabiyotimiz Xo‘qanddag‘i Umarxon davri adabiyasi-
g‘acha kasal, oqsoq bir suvratda davom etdi. Yonib bitayoz-
g‘an chirog‘ eng so‘ng davomida yalt etib birdan ko‘tarila-
dir-da, so‘ngra o‘chib qoladir. Bizning til va adabiyotimiz
ham Umarxon zamonida yalt etib bir ko‘tarilg‘ach, o‘chib
qoldi. Undan keyin maydong‘a kelgan shoirlarimiz ham ular-
ning asarlari adabiyotg‘a yangi bir ruh bergudek bir kuchli
bo‘la olmadilar.
Shuni-da aytib o‘tayin: tarixi adabiyasida «xalqqa to‘g‘ri»
degan bir fikmi yana Navoyi davri adabiyasida ko‘ramiz. Bu
133
paytning eng birinchi shoiri bo‘lg‘an Lutfiy butunlay ochiq
va onglarliq bir tilda yozg‘an. Navoyi har bir asami turk
xalqini foydalantirmak, turk xalqig‘a ruhiy ozuq bermak tilagi
bilan yozg‘anin so‘ylar. Umarxon davri adabiyasi esa saroy
adabiyotidang‘ina iborat bo‘lg‘an, xalq bilan tuzukrak
munosabat yasay olmag‘andir.
Yana biroz vaqt bersangiz, tilimizning boshig‘a kelganlami
ham arz etib o‘tayin: mana shunday bo‘lub Umarxon davri
adabiyasidan keyin adabiyotimizning janozasi o‘qulg‘ach,
tilimiz g‘arib qoldi, til qoidalarini bilg‘anlar qo‘lg‘a tushdi...
Mana shu paytlarda edikim, fikrimiz uyg‘ona boshladi. Boshqa
turk ellari tomonidan chiqarilg‘an gazetlar va kitoblami o‘qudik.
UsuU jadid maktablari ham ochdik. Ilgarirak bosub gazet ham
chiqardik. Maktab uchun, gazet uchun tilimiz kerak bo‘lub
qoldi. Unga yangidan qayg‘ura boshladiq, tushuna boshladiq.
Bu ishlami qilg‘anlar — bizning ochiq fikrlilarimiz, ziyolilarimiz
edilar. Bunlaming sonlari oz, ishlari ko‘b edi. MuaUimimiz,
murshidimiz, muharririmiz, adibimiz, shoirimiz, siyosiyimiz,
faylasufimiz hammamiz shunlar edUar. Bunlar shuncha ishla-
ri bUan birga tU va adabiyotimizni chuqurroq, teranroq tekshi-
ra olmadUar. Tilimizni tushunar ekan, «kep qopsiz» kabi bu-
zuq so‘zlar, yozuvimizni oxtarar ekan, haligi madrasa maktub-
larig‘a uchradUar. Bunlar albatta, yovuq edi, yaramas edi.
Holbuki, bir yoqdan tih oz-ko‘b tuzalgan totor gazetla-
ri ham yozUg‘an kitoblari tura(r) edi. Mana shunday kulunch
bir holda qolg‘an bumng‘i ziyolilarmiz: «tUimiz ilmiy, adabiy
bir tU emas ekan» degan kulunch bir qarashg‘a ham keldUar.
Mana shuning bUan maktablarimiz, yozuvlarimiz usmonUcha
ta’siri ostida qoldUar. Matbuotimizg‘a biroz totorcha ham
qatnashib qoldi. Toshkentda ochilg‘an kurslarda ona tili saboqlari
uchun berilgan soatlaming ko‘bragi usmonhchag‘a berildi.
Samarqandda ochilg‘an buinchi muallimlar kursinda esa, ona
tUi degan narsa kiritilmadi. 18 inchi yUdagi Maorif sho‘rosining
bir majlisida8 ham o‘tkan yUdagi mualhmlaming qumltoyida
shunday bir qaror berilg‘an edi: «Maktablarimizning ibti-
doyi uch yihda ona tUi — o‘zbekcha o‘qitUsin, ondan so‘ng
adabiy umumiy turk tiU o‘qitilsin!» Bunlaming adabiy umumiy
turk tih deganlari arabcha qatnashg‘an usmonhcha edi.
Tilning adabiyhgi uchun «arabiyligi shart» gapi qabul
qilindi. Men shunday kishUami taniymanki, «yozuvimizni
134
nega arabcha bilan toidurasiz» deganimda, «arabiy b o ig ‘a-
ni yaxshi emasmi?» — deganlar. Kurslarga o‘zbekcha saboq-
lari uchun kirgan muallimlarimiz usmonli turklaridan Shayx
Vasfiyning arabchadan ko‘tarilgan «Qavoyidi hsoni usmo-
niy»sindan izofai lamiiya, izofai bayoniya, izofai tashbe-
hiyadan bahs qilar edilar. Mana shu ishlaming hammasi
tilimizni tahqir etish, tilimizga hurmatsizhq ko‘rsatish edi.
Bunlaming hammasi til, adabiyotimizning yaxshig‘ina tani-
masliqdan kelgan edi. Mana shunlaming hammasig‘a yogiq-
moq, isyon etmak, shunlaming hammasi bilan kurashmak
uchun yosh va yigit bir kuch 18 inchi yilda maydonga keldi.
Bu «Chig‘atQy gurungi» edi. «Chig‘atoy gurungi» atrofi-
ga to‘plangan kishilaming ilgari surgan fikrlari shunday edi:
— tilimizning tugal, yuksak, san’atkor bir adabiyoti
bor. Tilimizning adabiyligi arabiylikda emas, o‘zidadir. Shuni
tirgizmak kerak;
— adabiyotimizni yuksaltmak uchun burungi san’atkor
shoirlarimizning o‘lmag‘an va o‘lmas narsalarindan foydalan-
moq ham taraqqiy qilg‘an uluslar tomonidan orag‘a solin-
gan umumiy asoslarg‘a erishmak kerakdir;
— tilimizning qoidalarini totorcha yoxud usmonlicha qoida
kitoblaridan emas, tilimizning o‘zidan olmoq kerak.
Shuning uchun xalq og‘zida yurgan so‘zlami, xalq ada-
biyoti bo‘lg‘an ertaklar, maqollar, laparlami yig‘ib tek-
shirmak lozim;
— adabiyot yozuchiliq bo‘lg‘ani uchun yozu(v) qoida-
larini, imloni ham tuzatmak kerak.
Mana shu besh asos, chiziq imlodan shul majhsda gapu-
rishib o‘tdik. Tilimizning qoidalarini tuzmak, eski adabiyoti-
mizdan foydalanmoq uchun ulug‘ adiblarimizni yig‘moq,
xalq adabiyotimizni ham xalq so‘zlarini to‘plamoq kerak.
Bu moddiy vositalarg‘a muhtoj bo‘lg‘an «Chig‘atoy gurun-
gi» emas, tilimizdir. Mana qurultoyimiz shu to‘g‘rularda bir
qarorg‘a kelsun.
Do'stlaringiz bilan baham: |