III qism
(Birinchi va ikkinchi qismda ishlatilgan so‘zlaming lug‘ati
alifbo tartibida beriladi — H. B.)
123
TILSHUNOSLIK
TILIM IZ
I
Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir?
Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning
to‘g‘risi shudir. Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxt-
siz tih xud1 turkchadir. Tillaming baxtsizligi sovet hukumati
chog‘inda bo‘lg‘an bir ishdir, bundan burun baxtli edilar
deganlar tilimizni holini bilmasdan gapuralar2.
Bir tilning boylig‘i u tildag‘i so‘zning ko‘bligi (kasrati
kalimat)3, undirik kengligi (vus’ati ishtiqoq)4, yusup tu-
galligi (mukamalliyati qavoyid)5 bilan bo‘lur. Turkchada so‘z
ko‘bligi bormi, arabchilarimizcha aytganda, kasrati kali-
mat mavjudmi? Bu so‘z bukun emas, necha yuz yil burun
orag‘a chiqmish deya Navoyining «Muhokamat ul-lug‘a-
tayn» kitobindan o‘z javobini olmish. Navoyining kitobi
turkchaning boylig‘ini ochibg‘ina bildira olmasa ham turk-
chada so‘z ko‘bhgini u yaxshi biladir. Navoyi yolg‘iz «yig‘-
lamoq»ning turlarini ko‘rsaturgan turkcha so‘zlaming shun-
chasini yozadir: ingramak, singramak, ingichkirmak,
yigiamoq, yigiamsinmoq, o ‘kurmak, siqtamoq... Mana sizga
bir hodisaning yetti turi uchun otkim, oralarinda ingichka
ayirmalar bordir. Turkchada bu hol oz emas. Arabcha nufuz,
murur, ubur, u to‘g‘rusinda o ‘tmoq, kechmoq, oshmoq, ort-
moq bor. Arabcha kand, azm, amal qarshusinda turkcha tilak,
istov, o ‘rxan bor. Arabcha zarf yoninda turkcha idish bor,
sovut bor. Arabcha naf’, manfaat o‘minda turkcha tosix bor,
unum bor. Arabcha qalb o‘trusinda turkcha yurak bilan ko ‘ngul
bor. Arabcha sadr uchun turkcha ko ‘ks va k o ‘krak bor.
Turkcha lug‘at yozmoqchi bo‘lganimda turkcha so‘z boyhgi
to‘g‘rusinda bundan ortiq yozolmayman.
So‘zni turkchada undirik kengligi (ya’ni, vus’ati ish-
tiqoq)g‘a ko‘chiraman. «Ilm» ishining - bilimning turkcha-
sidan undirilgan6 so‘zlar shulardir: bil, bilar, bilajak, bilg‘usi,
bilg‘ay, bilsa, bilsa-chi, bilay, bildi, bilibdir, bilgan, bila
124
boshladi, bilayozdi, bila oldi, bila turdi, bila berdi, bilib,
bilg‘ach, bilg‘ali, bilmak, bilish, biluv, bilmov, bilim, bilgi,
bilgili, bilguchi, bilmakchi, bilgur, bilmagay, bilmagan, bilmay,
bilimsiz, bilmas, bilmaslik.
Mana sizga yolg‘iz fe’llardan 13 fe’l, qo‘shma fe’llardan 6
fe’l. Qo‘shma fe’llardan har birining buyrug‘i, bo‘lishi7, hoh8,
kelajagi9, sharti10, qo‘zg‘avin bor. 13 x 6 = 78 bo‘lur. Bunlarg‘a
uft12, vaqt13 va sabab14 fe’llari qo‘shilsa, 81 ta bo‘lur. Bunga
ism15 va sifat yozilg‘an16 18 qo‘shilg‘anda 99 so‘z bo‘lur. Bu
99 tasiga-da so‘z tolug‘i17 buyruqdir (ya’ni, bil so‘zi). Demak,
turkchada bir tomirdan 98 so‘z undiring emish.
Emdi yusup tugalligiga (mukammaliyati qavoyidg‘a)
boqayliq: arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan qay
birining sarf18 kitoblarini olib qarasoq ko‘ramizkim, bir
so‘zni yasamoq uchun bir qancha yozilg‘an, undan so‘ng
shul qoidadan tashqari qolg‘an (mustasno) so‘zlar deb to‘rt-
besh so‘z ko‘rsatUgan19. Turk so‘zlarinda esa bunday hol to-
pilmaydir. Yusupsizlik degan hollar (istisnolilik hollari)
turkcha sarfda sira yo‘qdir. Tilimizning ayni to‘g‘rusinda ham
boylig‘i, tugaUigi bUindimi?
Emdi so‘zni turkchaning baxtsizlig‘ina ko‘chiraman. Turk
tili shuncha boylig‘i, shuncha tugalligi bilan baxtsizhqdan
qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir.
Turkchaning baxtsizlig‘i arab bosqini bilan bog‘lanmishdir.
Arablar bosdiqlari o‘lkaga yolg‘uz hukumatlarini emas,
dinlarini, yo‘sunlarini-da tanitgan, oldirg‘an edilar.
Musulmonliqlaming tubi, tomiri Qur’on bUan Hadisdir.
Shuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‘rganishni
o‘zlariga vojib deb bildUar, o‘qidUar, o‘rgandUar, sevdUar.
Bundan keyin forsi(y)cha va turkcha arabcha bo‘g‘uviga kirib
qoldUar. Fors tUining holi butunlay yomonlashdi. Forslar
o‘z tUlarini tashladUar: kitoblarini emas, o‘zaro yozuvlarini
ham arabcha yoza boshladUar. Lekin, bu ish ko‘b cho‘zilmadi.
Fors tUi bir silkinish bUan o‘zini arab bo‘g‘uvidan qutqara
oldi. Fors tUining bu silkinishi Eron shoiri Firdavsiyning
chiqishi edi. Firdavsiy arabchUiqqa qarshu qaynag‘an, qizig‘an
bir miUatchi edi. 0 ‘ttiz yU tirishdi, dong‘h «Shohnoma» ki-
tobini yozib chiqardi. «Shohnoma»ni yozib chiqarudan Fir-
davsiyning ikita tUagi bor edi: Eron ulusini arabdan sovutib,
eronli tuyg‘usini bermak va arab tilini Erondan surib
125
chiqarmak. Shuning uchun «Shohnoma»ning har bir yerinda
eronlini maqtag‘an shoir arabliqqa kelganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |