Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

MUQADDIMAT  UL-ADAB
«Muqaddimat  ul-adab»  arab  til(i),  adabiyotining  eng 
mashhur  olimlaridan  Zamaxshariy  (Abul  Qosim  Mahmud 
binni  Umar az-Zamaxshariy hijriy  538  da1  o‘lg‘an)  tomo- 
nidan  yozilgan  arab  lug‘ati  boiub,  (uning  muallifi)  arab
135


olimlari orasida juda  katta e’tibor topgan bir kishidir. «Kashf 
uz-zunun»  egasi  Kotib  Chalabiy2  bu  kitob  to ‘g‘rusida 
yozganida buning Zamaxshariy tomonidan yozihb,  xorazm- 
shohiylardan  Sulton  Otsizg‘a  tortuq  qiling‘anini  so‘ylab 
ismlar3, fe’llar, harflar4, ism o‘zgarishlari5, fe’l o‘zgarishlari6 
unvonlari bilan besh  qismg‘a  ajralganini bildiradir.
Bu kitob har qayda  «Muqaddimat  ul-adab»  atalg‘an; 
«Lug‘ati Xorazmshohiy» atalg‘aniga oid «Kashf uz-zunun»- 
da-da,  boshqa manbalarda-da hech bir qayd yo‘qdir.  Biroq 
Zamaxshariyning o‘zi kitobning bosh tomonida «Abul Mu- 
zaffar  Otsiz*  ibni  Xorazmshohning  amri  bilan  uning  boy 
kutubxonasi  uchun  shu  kitobni  uning  oti  bilan  atadim» 
deydir. Demak, bu kitobning asl oti «Lug‘ati Xorazmshohiy» 
bo‘lsa ham  ilm  egalari  orasida  «Muqaddimat  ul-adab»  deb 
shuhrat  chiqarg‘an.  Bu  kitobni  Olmoniyaning  qaysi  bir 
shahrida  mustashriqlar  tomonidan  bosilg‘anini  burung‘i 
«Sho‘ro» jumalida o‘qug‘an  edim7.
Zamaxshariy bu kitobini arabchada yozg‘an,  forsi(y)cha 
yo turkchaga taijima qilg‘anini ko‘rsatmagan. «Kashf uz-zu- 
nun»da-da, boshqa manbalarda-da buning Zamaxshariy to- 
monidan forsi(y)cha yo turkchaga ko‘chiigani  ko‘rsatilmaydir. 
«Kashf uz-zunun»da buning hijriy  1120  nchi yilda usmonli 
turkchasiga  Xo‘ja  Is’hoq  afandi  tomonidan  ko‘chirilgani 
ko‘rsatilgandir*.  Buxorodagi  Ibn  Sino  kutubxonasida  bun- 
dan iki nusxa bor.  Bir nusxasi hijriy 705 nchi yilda9  Hamid 
Hofiz degan bir kotib tomonidan yozilg‘an,  kitobning besh 
qismi ham tamom mavjuddir. Ismlar, fe’llar qismlari arabcha 
ostida forsi(y)cha  taijima etilgan, qolg‘an uch qismi esa tar- 
jimasiz  davom  etgan.  Ikinchisi  hijriy  898  da10  Darvish 
Muhammad degan bir  kotib tomonidan yozilgan, hoshiya- 
sida  vaqflig‘ini  ko‘rsatkuchi  tam g‘alar  (muhrlar)  bor. 
Tamg‘alarda forsi(y)cha:
Vaqfi  in  nusxa  az bahri rizoya  musta ’on
Xast  Qulboboi  Ko‘kaltoshi Abdullohxon11
bayti  yozilib,  ust  tomonidan  977  raqamlari  qo‘yilg‘an. 
Bundan  onglashiladirkim,  bu  kitob  mashhur  o‘zbek  xoni 
Abdullohxon  (940—1006)ning  ulug‘  beklaridan  Qulbobo
*  Abul  Muzaffar  Otsiz  binni  Qutbiddin  xorazmshohiylardan  bo‘lib,  hijriy 
551  da o‘lg‘andir.
136


Ko‘kaltosh tomonidan 977 nchida qaysi bir  kutubxonasida 
bo‘lg‘ani,  ovro‘pali mustashriqlarg‘a ma’lum bo‘lg‘ani kabi 
o‘zbek ilmiy kishilariga ham  ma’lumdir12.  21 nchi yiharida 
Toshkentdan  Buxoroga kelgan  ilmiy hay’at  tomonidan bu 
kitobdan  bir  nusxa  yozdirilib,  Toshkentga  yuborilgan  edi. 
Biroq  bu  kungacha  shu  kitob  to‘g‘rusida jiddiy  tekshirish 
yasab, ilmiy bir maqola yozg‘uchi kishi bo‘lmadi. Men o‘zim- 
ning kuchsizhgimga qaramasdan mana shu maqolani yozub 
maydong‘a chiqarmoqchi bo‘ldim. Mening bu maqolam ilmiy 
kishilaming  diqqatlarini  bu  kitobga  tortishga  sabab  bo‘lur, 
deb  umid  etaman.
Kitobning  ismlar,  fe’llar,  harflar,  ism  o‘zgarishlari,  fe’l 
o‘zgarishlari  unvonlari  bilan besh  qismdan  iborat  bo‘lg‘anini 
yuqorida yozg‘an edim. Bizning qo‘limizdag‘i bu nusxada yolg‘uz 
ismlar,  fe’llar qismlari olingan,  qolg‘an uch qismi tashlangan. 
Mazkur  uch  qism  kitobdan  tushib  qolg‘an  emas;  maxsusan 
shu  iki qism  olinib,  qolg‘an uch qism kerak topilmag‘an-da, 
kitobning ismi bilan kitobat tarixi yozihb  kitob bitirilgan.
Kitobdagi arabcha har bir so‘z forsi(y)cha, chig‘atoycha, 
yana uchinchi bir tilga taijima  etilgan. Har so‘zning boshda 
arabchasi,  uning  ostida  forsi(y)chasi,  uning  ostida  chig‘a- 
toychasi, ondan tuban13  mana shu bilmaganimiz tilda yozil- 
gan. Mana shu tartibda:
vaqt 
(arabcha)
hangom 
(forsi(y)cha)
choq 
(chig‘atoycha)
joq 
(  ?)
Bundan so‘ng  vaqtiling jam’i bo‘lg‘an avqot so‘zi yozil- 
gan;  buning birligi boshqa  tillarda(n)  o‘tkani  uchun bunga 
ayricha  ma’no  bermaganda  jam ’  bo‘lg‘anini  bildirgali  (j) 
ishorati qo‘yulg‘an. Mana shunday:
vaqt
avqot
(arabcha)
hangom
j
(forsi(y)cha)
choq
j
(chig‘atoycha)
joq
.  j
( ? )
Ondan  keyin  vaqt  so‘zi  bilan  bir  ma’noda  yurgan  za- 
mon so‘zi olingan.  Bunga ham boshqa tillarda ayrim-ayrim 
ma’no  bermasdan  vaqt  so‘zining  misli  demak  uchun  (m) 
ishorati yozilgan. Arabcha xurj so‘zining ostida forsi(y)chasida
137


xutjin  yozilganda,  qolg‘an  iki  tilda  ham  shul  xuijin  so‘zi- 
ning  ma’lum,  tanilmish  ekanini ko‘rsatmak uchun  ma ’ruf 
so‘zidan  «f»  harfi  qo‘yilg‘an.  Demak,  bu  kitobda j  —ja m \ 
m  — misl, f — ma 'ruf ishoratlari bordir.
Bu  kitobdagi  chig‘atoy  lug‘atlarining  navoyilar  zamo- 
nidan  yo  undan  burung‘i  zamonlardan  qolg‘an  bir  manba 
bo‘lg‘ani uchun  bizga yararliq ekaniga shubha yo‘qdir. Biroq 
mas’ala  buning  haligi  bilmag‘animiz  lug‘atidadir,  bu  qaysi 
til?  Qanday  lug‘at?
Boshlab bu kitobni Buxoroda ko‘rib, menga yozg‘an (men 
Toshkentda edim) Boiot Soliyev buning mo‘g‘ulcha bo‘lmoq 
ehtimolini  so‘ylagan  edi.  Toshkentdagi  ba’zi  mustashriqlar- 
ning  buning  mo‘g‘ulcha  ekaniga  ishonmay  yurganlarini 
kimdandir eshitkanim bor. Men o‘zim mo‘g‘ulcha bilmaganim 
uchun bu to‘g‘ruda qat’iy bir narsa ayta olmayman14. Shuning 
uchun  haligi  bilmag‘animiz  tildan  ba’zi  so‘zlarini  chig‘atoy- 
cha  muqobillari  bilan  yozib,  «Maorif va  o‘qitg‘uchi» jumali 
vositasi-la ilm egalariga arz qilishdan boshqa choram yo‘qdir.

Zulqa’da  oyi
soro 
oy
Oro-soro 
chig‘atoycha
bu  oyning bukun  ham bizdagi  ismi  «oro»dir15.
Quyosh  chiqqandan  biroz so ‘nggi zamon 
Shilon  choq 
bizning «nonushta»  deganimiz choq.
Bu so ‘z xonlaming rasmiy ziyofati bo‘lg‘an 
shilon-shulon  so ‘zining xuddi o ‘zidir.
suni
kecha
suni du
kechada
ki
yel,  shamol
quyun
girdibod,  buning  chig‘atoycha- 
o‘zbekchasi  ham  quyundir.
ojor
yer
shiva
tuproq
o ‘nkur
o ‘nkur,  mag‘ora16
avlo
to
avzun
suv
tuvqon
qozon
qora  tuvqon
qora  qozon
boyon
boy
138


g ‘ol 
olov
g ‘ulumton 
o ‘choq.  Bundagi  «-ton»  forsi(y)cha
«otashdon» so‘zidagi «-don» ga o‘x- 
shaydir.
bir awan juvan 
o ‘ng, so 7.  Mo‘g‘ulcha askariy taqsi- 
motda o ‘ng, so i  ip ‘llarg‘a «bir anfar, 
juvanvar»  deyiladir. 
tuban 
bek, amir. Buning mo‘g‘ulcha ekani
m a’lum.
josoq 
solug‘
soyinliq 
yaxshiliq
mulk 
yomonliq
0 ‘tkan  zamon  fe’llarning  qo‘shimchasi  turk  tillarida 
«-di»,  «-ti»  dir, bunda esa «ba»dir:
unoba 
tushti.  Buning «emak»  so‘zi bilan
munosabati  bor  ekan. 
bo iba 
bo idi
jado iba 
teshti
Emdi  sonlari  ko‘raylik:
tikon
bir
quryo
iki
qurbon
3
durbon
4
tobun
5
jirg‘uon
6
do ‘lon
7
naymon
8
yusun
9
harbon
10
harbon  tikon
11
qurin
20
qurin  tikon
21
g ‘ubin
30
darujin
40
tobin
50
jiron
60
dolon
70
noyon
80

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish