www.ziyouz.com kutubxonasi
229
Kalon, otasi Muhammad Yusuf, Ofoqxo‘ja va b.dir. Qabrlar ustidagi sag‘analar bir-biriga
yaqin qilib joylashtirilgan. Sag‘analar bir kattalikda emas. Ularning hajmi dafn etilgan
kishining yoshi va martabasining ulug‘ligiga qarab belgilangan. O.m. tarkibida ko‘chadan
kiradigan katta darvoza, uning atrofida bog‘, hovlida ikkita katta hovuz, madrasa, katta
va kichik masjidlar mavjud.
OXIRAT (arab. - oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) - diniy tushuncha. O. haqidagi
tasavvurlar barcha dinlarga xosdir. Islomdaga O. haqidaga tasavvur va rivoyatlar
yahudiylik, xristianlik va ba’zi Sharq xalqdari diniy rivoyatlariga qisman o‘xshab ketadi.
Qur’onda O. kuni osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib o‘rnidan turishi,
so‘roq qilinishi, gunoh va savobning o‘lchanishi, ularning yo jannatga, yo do‘zaxga
jo‘natilishi tafsilotlari va sh.k. keng berilgan. O. so‘zining sinonimi - ma’od. Musulmon
ilohiyotida O. kontseptsiyasining ishlab chiqilishi ikki yo‘nalishda olib borilgan. Birinchisi
- O.ni (uni shuningdek, dor ul-baqo ("abadiy, boqiy dunyo") deb ham atashadi) va
yerdagi hayotni (uni shuningdek, dor ul-fano ("o‘tkinchi, foniy dunyo") deb ham
atashadi) bir-biriga qarshi qo‘yishda ko‘rindi. Bu yo‘nalish so’fiylar, zohidlar orasida keng
tarqaddi, ko‘p shoirlarning sevimli mavzusiga aylandi. Ikkinchi yo‘nalishda - O. haqidagi
tasavvurlar yanada oydinlashtirishda, jannat va jahannam, o‘liklarning tirilishi, ularning
so‘roq qilinishi va b. ishlab chiqilgan. Ular islom aqoidining muhim belgilari bo‘lib qoldi.
OYAT (arab. - ilohiy belgi, mo’jiza) -Qur’on suralarining bandlari. Islomga ko‘ra, O.
Allohning o‘z elchisi Muhammad(sav)ga vahiy qilib, bandalarga qo‘llanma sifatida
yuborgan farmoyishi, mo’jizasi. Qur’onning 7-a.ga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga
bo‘lingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. O.lar qad. arab tilida, bir qismi
saj’ bilan yozilgan. Ayrimlari qisqa iboradan, ba’zilari bir necha jumladan tashkil topgan.
Suralarda O.larning soni turlicha (mas., eng qisqa O. "Yosin" bo‘lib, 2 harfdan iborat,
103, 108, 110-suralar faqat 3 O.dan, eng uzun 2-sura 286 O.dan iborat). O.larni bir-
biridan ajrata bilish, ularning boshlanish va tugash joylarini anglab yetish ma’nolarni
yaxshi tushunib yetishga va b. bir qancha ishlarda yordam beradi. Qur’on O.lari tartibi
Alloh tomonidan belgilanib Payg‘ambar (as) nazorati ostida amalga oshirilgan. Qur’on
qiroatida O.lar tartibini o‘zgacha qilish qat’iyan man qilingan. Fuqaholar "Bismillahir
rohmanir rohiym"ni qaysi suraning O.i ekanligi haqida turlicha ijtihodga borganlar.
Shofi’iylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym" har bir suraning bir O.i
hisoblanadi, deydilar. Hanafiylik mazhabi ulamolari "Bismillahir rohmanir rohiym"
suralarning orasini bo‘lib turuvchidir, deydilar. Ana shu turlichalik oqibatida O.lar soni
haqida ham turlicha sanokdar kelib chiqqan. Avvallari Qur’on O.lariga raqam qo‘yish
odati mutlaqo bo‘lmagan. Shuning uchun ham islomiy kitoblarda, falon suraning falon
raqami, O.i degan gaplar hech uchramaydi. Qur’on O.lariga raqam qo‘yish yaqinda
chiqqan od atl ardandir.
Suralarni matnga hech qanday o‘zgartish kiritmagan holda O.larga taqsimlash va
raqamlash 20-a. boshlarigacha davom etgan. Shuning uchun Qur’onning har bir davr va
muhitdagi nashrlaridagi O.lar soni turlichadir. Qur’on O.larining soni 6236 ta ekani
ko‘proq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridaga
rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi.
Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir qancha O.lar va ularning qismlariga
mo’jizakor, sehrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar Oyatul hafz
(himoyalovchi O.), Oyatush shifo (shifo O.) deb ataladi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |