www.ziyouz.com kutubxonasi
230
OYATULLOH (arab. - Alloh mo‘jizasi) -shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega
bo‘lgan din olim (mujtaxid)la.rining unvoni. O. istilohi shu ma’noda 19-a. ikkinchi
yarmida ishlatila boshlagan, 20-a. 40-y.laridan esa, keng qo‘llanilmoqda. O.lar dindorlar
orasida katta obro‘ga, shialik tarqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy ta’sirga ham
ega. O. unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi "Oyatullohi uzmo" ("Buyuk
O.") eng yuksak obro‘ga ega bo‘lgan bittasi "Marjai taqlid" ("Taqlid qilinadigan inson")
deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana q. Humayniy).
Do'stlaringiz bilan baham: |