www.ziyouz.com kutubxonasi
233
hisoblanadi. Ana o‘sha sifatlarning biri - Alloh ilmi, u ilmning chegarasizligi, Alloh
irodasining shomilligi va qudratining komilligidir. Alloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi
ichida g‘imirlayotgan chumolining harakatini-yu, o‘z falakida harakat qilayotgan
sayyoralarni ham biladi. U zotning ilmidan hech narsa goyib bo‘lmaydi. Dunyodagi har
bir zarrani ham va uning harakatini ham bilib turadi. Shuningdek, Alloh taolo
qiyomatgacha nima bo‘lishini biladi. Agar ularni bilmasa, U zotning sifati kamoliyasiga
nuqson yetgan bo‘ladi. Ana o‘sha ilohiy ilm, "qazoi-qadar" deb ataladi. Bunda johil
kishilar o‘ylaganidek, Alloh tomonidan bandani majbur qilish yo‘q, balki, Alloh taolo
tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. Chunki, Allohning ilmi chegara
bilmasdir.
O’tgan ulamolardan al-Xatgobiy quyidagilarni aytadi: "Ko‘pchilik odamlar Q. va Q.ni
Alloh taolo tomonidan O’zi takdir qilib qo‘ygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish,
deb hisoblaydilar. Q. va Q.ning ma’nosi, bandalarning kelajakda bo‘ladigan ishlarini Alloh
tomonidan muqaddam bilib turilishidir". Shu yerda "Ilmga bog‘liq bo‘lsa - tushunarli,
ammo hamma narsa Allohning irodasi bilan, Uning xal qilishi bilan bo‘ladi-ku? U holda
bandaga nima qoladi? - degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolning javobi 2 qismga
bo‘linadi:
1-qism - dunyodagi insonning daxli yo‘q narsalar. Dunyoda bir xil ishlar borki, ular faqat
Alloh taoloning irodasi va qudrati bilan bo‘ladi. Bu ishlarga insonning hech qanday daxli
yo‘q. Misol uchun, inson aqlining o‘tkir yoki o‘tmas, gavdasining turlicha, mijozining har
xil bo‘lishi, chiroyli yoki xunukligi, tug‘ilish vaqti va joyi, ota-onaning kim bo‘lishi,
o‘zining erkak yoki ayolligi, nasldan-naslga o‘tadigan ba’zi sifatlari hamda shunga
o‘xshash bir qancha ishlari borki, ularga insonning hech qanday daxli yo‘q. Inson bu
narsalardan mas’ul ham emas. Misol uchun, uni hech kim, nima uchun qomating uzun
yoki qisqa bo‘lib qolgan, deb so‘roq-savol qilmaydi. Shuningdek, nima uchun falon kuni
tug‘ilding, falon kuni o‘lding, ham demaydi. Bularning hammasi Allohdan. Bu turdagi
qadarga imon keltirish har bir musulmonga vojib.
2-qism - inson tomonidan sodir etilgan ish va amallarga bog‘liqtsir. Bularda insonning
daxli bor, u bu ishlarda o‘z mayli, akdi, xohishi, ixtiyori va harakati bilan ishtirok etadi.
Masalaning nozik joyi shu yerda. Xuddi shu turdagi ishlarni qandoq baholash kerak?
Qadimdan bu savolga turli javoblar berilgan. Yunon faylasuflari orasida ham bu haqda
ko‘p ixtiloflar bo‘lgan.
Keyinchalik musulmonlar ichida ham bu hakda turli fikrlarni aytganlar bo‘lgan.
Mu’taziliylar, "inson o‘z amalini o‘zi hal qiladi, bunga Alloh aralashmaydi", deganlar. Bu
esa, Allohning barkamollik sifatlariga nuqson bo‘lib tushadi. Agar mu’taziliylar aytgan
gap to‘g‘ri deyilsa, dunyoda Allohning irodasidan, qudratidan, Uning xoliqpigidan
tashqari narsalar ham bor bo‘lib qoladi. U holda Alloh taoloning irodasi shomil, qudrati
cheksiz, xoliqligi yagona bo‘lmaydi. Jabariylar esa aksincha, inson bu dunyoda dengizga
tashlangan cho‘pdek gap, deydilar. Ularning fikricha, inson hech bir narsani o‘z ixtiyori
bilan qilmaydi, balki, hamma narsani Allohning majburlashi ila amalga oshiradi. Agar
jabariylar gaplari to‘g‘ri, deyilsa, Alloh taoloning adolat sifatiga putur yetadi.U zot taolo
odil emas, jabr qiluvchi bo‘lib qoladi. Chunki, bandani Allohning O’zi har narsaga majbur
qilib, keyin so‘roq-savol qilib, "nima uchun bu ishni qilding", deya jazolashi jabrdir.
Ushbu 2 mazhab ham bir yoqlamalikka o‘ta berilgan, keyin o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi.
Musulmonchilikning sof aqidasi esa, Ahli sunna val jamoa mazhabqda o‘z aksini topgan.
Bu aqidaga binoan, insonning ixtiyoriy amallari, Alloh xalq qilgan narsalar jumlasidandir.
Chunki, dunyoda Alloh xalq qilgan - yaratgan narsadan boshqa narsa bo‘lishi mumkin
emas. Lekin bu inson o‘z ishini majbur bo‘lib qiladi degani emas. Chunki, inson bir ishni
amalga oshiradigan bo‘lsa, o‘sha ish 2 narsaga bog‘liq bo‘ladi: 1) uni amalga oshirish
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |