PESHIN (fors. - peshin, tush payti) — besh vaqt o‘qiladigan namozning biri. 4 rakaat
sunnat, 4 rakaat farz va 2 rakaat sunnat o‘qiladi. P. namozi Quyosh qiyomdan og‘a
boshlashidan to asr namozining boshlang‘ich vaqtigacha bo‘lgan paytda ado etiladi.
PIR (fors. - keksa, qari) - so’fiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro‘li
rahnamolar. Shuningdek, har bir murid o‘z murshidini ham P. deb atagan. Aholi orasida
"P." tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |