PARIXON (fors. - pari vositasi bilan davolovchi) — bemorlarni go‘yoki pari, jin, ruhlar
vositasi bilan davolashga urinuvchi shaxs. P.ning da’vosiga ko‘ra, bemorga jin yoki
alvasti tekkan bo‘lib, ularni u haydar yoki qayta tegmasligi uchun ko‘ndirar emish.
Sodda odamlar P.larga nazr-niyoz berib, tovuq, uloq, qo‘zi kabilarni qurbonlik qiladi.
Aslida islomiy aqida bo‘yicha, g‘ayritabiiy kuchlar ta’sirida betob bo‘lgan bemorlar Qur’on
va hadislarda ko‘rsatilgan uslublar bilan shifo talab qilishi lozim. Aks holda folbin,
azayimxon va P.larga ixlos qo‘yish natijasida imonlaridan ajrab qolishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |