OG’AXON - ismoiliylar oqimidagi nizoriylar firqasi rahbarining unvoni. O’rta asr
oxirlaridan boshlab nizoriy ismoiliilar o‘rtasida o‘z rahnamolarini tirik xudo deb bilish,
uning amr-farmonlarini so‘zsiz ado etish, unga nazr-niyozlar keltirib berish odat tusiga
kirgan. O.lar sulolasiga 18-asrda eronlik boy Abul Hasan asos solgan. U o‘zini shia
imomlarining vorisi deb da’vo qilgan. O. qarorgohi Bombey (Hindiston) shahrida
joylashgan. Ismoiliylar boshlig‘i Sulton Muhammadshoh (1877-1957) mashhur Olardan
biri hisoblangan. U G’arbiy Yevropa hukmdorlari bilan til biriktirib ish olib borgan,
Angliyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatini yokdab chiqqan. O.lar boshqa
mamlakatlarda yashaydigan ismoiliylardan ham zakot olib turadi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |