FANO - q. Baqo va fano.
FARZ (arab. - qat’iyat, majburiyat) - shariatda hamma musulmonlar bajarishi qat’iy
buyurilgan amallar. F. ikki tur - "farzi ayn" va "farzi kifoya"ga bo‘linadi. Birinchi turi
barcha musulmonlarga bab-barobar buyurilgan bo‘lib, ularning adadi 40 atrofida, mas.,
namozda 12 ta, shundan oltitasi namozdan tashqarida, oltitasi namozning ichida,
tahoratda 4, tayammumda 4, g‘uslda 3, ro‘zada 3, taom yeyishda 4 "farzi ayn" bor (1)
Halol bo‘lish; 2) Zaruriy mikdorda yeyish; 3) Taom quvvatini yaxshi ishlarga sarflash; 4)
Taom beruvchiga (Allohga) shukr aytish). Amri ma’ruf, nahiy munkar, ilm olish ham
"farzi ayn"ga kiradi. "Farzi kifoya" esa, bir qism musulmonlar bajarsa qolganlar
zimmasidan soqit bo‘ladigan ishlar. Mas., janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish,
dafn etish kabilar. F.ning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa,
hamma musulmonlar gunohkor bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |