FAY ("qaytarish") - musulmonlar g‘ayridinlardan tinch yo‘l bilan oladigan barcha
narsalar: soliqlarning barcha turi va baytulmol. Qur’onda aytilishicha, "ma afa’a Allohu
ala rasulihi minhum" (Alloh ulardan O’zining rasuliga qaytargan narsa", 59:6), ya’ni,
jangsiz qo‘lga tushirilgan o‘lja ("uning uchun jangga na otlarni, na tuyalarni solganlar")
Muhammad (sav)ga in’om etiladi (nomunosib egalaridan qaytarilgan) va u zot undan o‘z
xohishlaricha egalik qilishlari mumkin.
FAYZ - otilib chiqish, nur chiqarish. Musulmon ilohiyoti va falsafiy adabiyotda ilohiy
manbadan (q. Sudur) olamni yaralish jarayonini (odatda uch bosqichda) anglatish uchun
qabul qilingan istiloh.
Ixvon as-safoga ko‘ra, Alloh olamni uch bosqichli emanatsiya (nur chiqarish): Avvalgi
aql (al-akl al-avval) - Umumiy ruh (an-nafs al-kulliya) - Materiya (al-xayula) vositasida
yaratgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |