www.ziyouz.com kutubxonasi
82
qilib turgan normalardan iborat edi. Arablar bosib olgan hududlarda avvalgi yuridik
norma va urf-odatlar yangi din aqidalariga zid bo‘lmasa, ular ham jiddiy o‘zgarishlarsiz
saqlanib qolavergan, chunki, avval boshda islom o‘zining huquqiy masalalariga unchalik
e’tibor bilan qaramagan. Bu paytda xalifalikning huquqiy tizimi Rum (Vizantiya),
sosoniylar, talmudchilar va sharqiy xristianlar huquqining ayrim unsurlarini hamda
ko‘pgina mahalliy urf-odatlarni qabul etdi, ularning ko‘plari keyinchalik islomniki qilib
olindi va F.ga kiritildi.
F.ni shakllantirishni, bir tomondan, amal qilib turgan huquq va b. ijtimoiy me’yorlarni
diniy aqidalarga moslashtirish zarurligi va ikkinchi tomondan, ilk mulkdorlar jamiyatining
endigina vujudga kelgan munosabatlarini mohiyat e’tibori bilan islomning diniy-axloqiy
ta’limotiga asoslangan qoidalar negazvda tartibga solish ehtiyojlari taqozo qilar edi.
F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib
olish bilan birga davom etdi. Shu sababli F.ga oid dastlabki asarlar (mas., Zayd ibn al-
Hasanning "Majmua", Molik ibn Anasning "al-Muvatto", Ahmad ibn Hanbalning "al-
Musnad" asarlari), aslida, huquqiy mavzudagi tadqiqotlar emas, balki muayyan mavzuda
tanlab olingan hadislardan iborat. Hadislarning bir tizimga solinishi Qur’on va sunnani
oqilona talqin etish orqali hal qilinadigan masalalarni belgilab olish va shu tariqa F.ni
mustaqil fan sifatida shakllantirish imkonini berdi.
8-a. va 9-a.ning 1-yarmida F. - huquqshunoslikda o‘z tushunchalari vujudga keldi, o‘ziga
xos til va uslub shakllandi. Unda Muhammad (sav)ning vafotlaridan so‘ng asl ma’noda
qonunlar yaratish faoliyati to‘xtadi, degan fikrga kelindi. Qur’on va sunna huquqiy
yechimlarning asosiy manbalari bo‘lib qoldi. Faqixlar musulmon jamoasining yakdil fikri
(al-ijmo’)ni choryorlarning yagona fikri deb hisoblab, ularni ham mustaqil manba sifatida
tan olar edilar. Qur’on va sunna faqihlarni qiziqtirgan har qanday savolga javoblarni o‘z
ichiga oladi, degan xulosaga kelindi. Shu sababli ularda musulmonlar amal qilishi lozim
bo‘lgan aniq fe’l-atvor qoidalari xususida bir xil yechim, ko‘rsatma bo‘lmagan takdirda
faqihlar mazkur manbalarni huquqiy holatlarga oqilona "tatbiq qilish" yordamida amaliy
masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Bora-bora F. - huquqshunoslikni ilm al-furu deb
tushunish hammaga ma’kul bo‘la boshladi. Ilm al-furu’ - shariatning aniq manbalar
asosida ta’riflangan (ya’ni Qur’on yoki sunnaning ayrim qoidalariga asoslangan va
ijmo’da tasdiqlangan yoxud ijtihod yordamida bayon etilgan) "amaliy" (odamlar xulq-
atvorini tartibga soladigan) me’yorlari to‘g‘risidagi fandir. F. - huquqshunoslik fani
me’yorlarning ikki toifasini: 1) musulmonlarning Alloh bilan munosabati (ibodot); 2)
odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, musulmon hokimiyati (davlati)ning
o‘z fuqarolari, boshqa dinlar va davlatlar bilan munosabati (muomalot)ni belgilovchi,
tartibga soluvchi me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Faqihlarning asosiy kuch-g‘ayratlari
me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga qaratildi, ularning aksariyati ijtihod
asosida joriy etildi. F. - huquqshunoslik shakllanishining ilk bosqichidayoq ikki maktab
yuzaga kelgan edi: ulardan biri - Iroq maktabi "mustaqil fikrlash tarafdorlari" (ashob ar-
ra’y) maktabi deb, ikkinchisi - Madina maktabini "naql tarafdorlari" (ashob al-hadis)
maktabi deb atalgan. Ular o‘rtasidagi tafovut maktablar o‘z ta’limotlarini rivojlantirgan
moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ular meros qilib olgan huquqiy an’analar
bilan izohlanadi. iroqlik huquqshunoslar ijtihodni qiyosdangana iborat deb bilmasdan,
undan kengroq foydalandilar, Madina maktabi esa, asosiy e’tiborni Qur’on va sunnaga
qaratdi. Avvaliga bu maktablarning ta’limoti muayyan nom bilan atalmadi, biroq
keyinchalik ularning har biri o‘z ta’limotini o‘z asoschisi nomi bilan atay boshladi.
Chunonchi, Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa (767 y. v.e.) Iroq maktabining asoschisi
bo‘lgan. 9-10-a.larda F. - huquqshunoslikning boshqa sunniy tariqat (mazhab)lari ham
yuzaga keldi. Mas., Muhammmad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi bilan atalgan
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |