DIN (arab. - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez,
yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish va b.). Arab tilida "D." so‘zi juda keng ma’noda
ishlatiladi. Qur’onda ham "D." turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan. Ana
o‘sha ma’nolarning hammasi ham urfdagi "D."da ham o‘z aksini topgan. D.da Allohning
mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiylarni jazolashi, tadbir qilish bor.
Shuningdek, D.da bandaning bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, Alloh
ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, ma’lum ishlarni odat va e’tiqod qilishi kabi ma’nolar bor.
Bundan D. Alloh bilan banda orasida bo‘lishi kerak aloqalarning to‘plami ekanligi kelib
chiqadi. Musulmon ulamolar mazkur ma’nolarni e’tiborga olgan holda D.ni "Sog‘lom aql
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |