DINIY JAMOA - diniy tashkilotlarning boshlang‘ich, asosiy va eng ommaviy turi. D.j.lar
dindorlarning ibodatda, diniy marosimlar va rasm-rusumlarda birgalashib ishtirok
etishlari jarayonida ularning diniy ehtiyojlarini bevosita qondiradi. Muayyan jamoaga
birlashgan dindorlarning diniy tasavvurlari, g‘oyalari, e’tiqodlari, belgi va ramzlari bir xil
bo‘ladi. D.j.lar ijtimoiy hayotda va davlat bilan munosabatlarda mustaqil faoliyat
ko‘rsatadi. Fuqarolar D.j. tuzilganligi haqida diniy markazlarini va diniy tashkilotlar
nizomlarini ro‘yxatga oluvchi davlat idoralarini xabardor qilib qo‘yishlari shart. D.j.
odatda ruhoniy va qavmlardan iborat bo‘ladi.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |