Asidofil qatig‘i ishlab chiqarish jarayoni. Bu mahsulotni ishlab chiqarishda,
ivitqi sifatida asidofil tayoqchasi va nordon sut kislotali streptokok qo„llaniladi.
Pasterlangan sutga 40-45
0
S haroratda ivitqi solinadi, shisha idishlarga solinib,
shu haroratda mahsulot to quyuqlashguncha uyutiladi, nordonligi 100
0
T ga yetadi.
Tayyor mahsulotning qotgan qismi zich bo„lib (gaz bo„lmasligi kerak), yengil
cho„ziluvchan konstinsiyali bo„ladi. Rangi oq, ta‟mi va hidi nordon sut mahsulotiga
xos, nordonligi 100-110
0
T bo„lishi mumkin.
Kefir ishlab chiqarish jarayonida pasterlangan sutga ivitqi qo„shish yo„li bilan
tayyorlanadi. Ivitqi kefir zamburug„laridan tayyorlanadi. Tayyor ivitqidan
pasterlangan sutga 30 yoki 50 dan bir qismda ivitqi qo„shiladi.
Uyutish 10-14 soat davom etadi. Uni elakdan o„tkazib, zamburug„lari olinadi
va yangi ivitqi tayyorlashda ishlatiladi. Bunday ivitqi tarkibida, nordon sut
steptokoki, nordon sut tayoqchasi, hamirturush (drojj) va nordon uksus kislotali
bakteriyalar mavjud.
Kefir termostat usulda ishlab chiqarilgan sutni me‟yorlashtirishdan va
pasterlashdan hosil bo„ladigan mahsulotdir. Tarkibida 6 % yog„ mavjud kefir ishlab
chiqarilganda 22-25
0
S haroratda sovutiladi. Sovutilgan sutga 5 % miqdorda ivitqi
solinadi, aralashtiriladi, idishlarga solinadi. Idishlar hajmi 0,25-0,5 l bo„lib, ular
termostatga quyilib, 17-24
0
S haroratda 14-20 soat uyuitiladi.
Mahsulotni yetilganlik darajasi, sutni uyugan qismining qattiqligi va mahsulot
nordonligiga qarab aniqlanadi. Butilkalarga solingan tayyor kefir, 6-8
0
S
haroratdagi sovuq xonada yetiltiriladi. Yetilgan mahsulotda spirt va is gazi hosil
bo„ladi. Tayyor mahsulot realizatsiyaga chiqarilguncha 8
0
S haroratda 36 soat
saqlanadi.
Agar, kefir rezervuar usulida ishlab chiqarilsa, sut pasterlanishi va albatta
gomogenlanishi lozim. Mahsulotni uyushi va aralashtirilishi rezervuarda olib
boriladi. Tayyor kefir butilka va paketlarga quyiladi.
Mahsulotning sifati yaxshi bo„lishi uchun, 8-10
0
S haroratda, 12 soat
saqlanishi lozim.
Tayyor mahsulotning ta‟mi sof, nordon sut mahsulotiga xos biroz achchiq,
konsistesiyasi bir xil, is gazi hosil bo„lgach, rangi oq sarg„ich bo„ladi.
Kefirni 1; 3,2 va 6 % yog„lilikdagi va yog„siz turlari mavjud. Yog„li sut B,
yog„siz kefirlar esa vitamin S ga boyitilib chiqarilishi ham mumkin. Kuchsiz kefirni
nordonligi 80-90
0
S, tarkibida 0,2 % spirt bo„lishi; o„rtacha kefirda nordonlik 80-
105
0
T, tarkibida spirt 0,4 %, kuchli kefirda nordonlik 90-120
0
T va spirt 0,6 % ni
tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |