5
manbai» mavzusida qilgan ma‟ruzasida qishloq xo„jaligining yosh mustaqil davlat
iqtisodi va siyosatidagi ahamiyatiga bafurja to„xtab o„tdilar.
O„zbekistonda umumiy aholining 49 % qishloq xo„jaligi bilan bog„liqligi bu
sohaning dolzarbligidan dalolat beradi. Bundan tashqari Prezidentimiz qishloq
xo„jaligida yerga, hayvonlarga, asosiy ishlab chiqarish vositalariga egalikni
ta‟minlash kerakligi to„g„risida gapirdilar.
O„zbekiston Oliy Majlisining 1 chaqirik XI sessiyasida yangi qonunlar – «Yer
to„grisidagi qonun», «Qishloq shirkat xo„jaliklari to„g„risidagi qonun», «Fermer
xo„jaligi to„grisidagi qonun», «Dehqon xo„jaligi to„grisidagi qonun»lar qabul
qilinishi qishloq xo„jaligini, shu jumladan chorvachilikni yanada rivojlantirish
imkoniyatlarini ochib berdi.
O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz Oliy Majlisining 1
chaqirik XIV sessiyasida «O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» mavzusida qilgan
ma‟ruzasida respublikamiz mustaqilligining 8 yilida qilingan ishlar
sarhisob qilinib,
XXI asrda qilinishi zarur ishlar o„z aksini topgan.
Ayniqsa mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar chuqur tahlil
qilib borilgan.
Prezident farmonlari bilan bir katorda Vazirlar Maxkamasining qarorlari
qishloq xo„jaligida islohotlarni o„tkazishda asosiy omillardan biri bo„lib
hisoblanadi.
1991 yil 30 dekabrda 315-sonli qaror «Respublikada dehkon (fermer)
xo„jaliklarini yanada rivojlantirish va mustaxkamlash choralari haqida».
1993 yil 15 martdagi «Respublikada chorvachilikdagi iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish chora-tadbirlari haqida».
Mamlakatda yetishtirilayotgan go„shtning 94 %, sutning 96 % xususiy sektor
xissasiga to„gri kelmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy
yordamchi, dehkon va fermer xo„jaliklarida chorva mollarini ko„paytirishni rag
„batlantirish chora-tadbirlari to„grisida» gi PK-308 qarori ikkinchi bandiga asosan
ma‟qullangan «2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehkon va fermer
xo„jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko„paytirishni
rag„batlantirish dasturi»da esa shu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar
belgilangan:
- 2010 yilda qoramollar sonini 2005 yildagiga nisbatan shaxsiy yordamchi va
dehkon xo„jaliklarida 40,2 % yoki 2422,5 ming boshga ko„paytirib, 8450 ming
boshga, fermer xo„jaliklarida 98 % ko„paytirib, 655 ming boshga
yetkazish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo„jaliklariga zooveterinariya va
boshqa servis xizmatlari ko„rsatuvchi infratuzilmalar tarmog„ini rivojlantirish
maqsadida, besh yil davomida qo„shimcha 575 ta zooveterinariya
shahobchalari,330 ta sun‟iy urug„lantirish punktlari tashkil qilib, zooveterinariya
shahobchalari sonini 2343 taga, sun‟iy urug„lantirish punktlari sonini 884 taga
yetkazish;
7
taqozo etadi. Bu borada yangi mahsulotlar turlarini tayyorlash, ularning sifatini
jahon andozalari talablariga javob beradigan holatga keltirishni talab etadi.
O„zbekistonda chorvachilikni rivojlanishi uchun mustaqillik yillarida barcha
shart-sharoitlar yaratib berildi, Uning xuquqiy va iqtisodiy asoslarini xukumat
tomonidan yaratilishi chorvadorlarni erkin faoliyat ko„rsatishlari uchun
imkoniyatlar yaratib berdi.
Mamlakat chorvachiligida sifat o„zgarishlar ro„y bermoqda yoki mulk davlat
tasarrufidan chiqarib xususiylashtirilmoqda, bu esa o„zining ijobiy natijalarini
bermoqda. Ko„plab fermalar xissadorlik, xususiy mulkka aylandi, yangidan
minglab fermer va dehqon xo„jaliklari barpo etilmoqda.
Mamlakatimizda chorvachilikning taqdirini, albatta xususiy mulkka
asoslangan chorvachilik xo„jaliklari tashkil qilishi aniq. Hozirgi kunda
mamlakatimizda 214 000 dan ortiq fermer, shundan 13000 tasi chorvachilik va 3
mln.dan ko„proq dehqon xo„jaliklari mavjud bo„lib, ular chorvachilik bilan
shug„ullanmoqdalar, Shuning uchun yildan-yilga chorva bosh sonlari ko„payib,
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko„payib bormoqda, bu asosan
xususiy mulkka asoslangan chorvachilik xo„jaliklari evaziga ro„y bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: