Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

I . BOB 
 
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH. 
 
I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi. 
 
Qishloq  xo„jalik hayvonlarining kelib chiqishini  o„rganish nazariy  va  amaliy 
ahamiyat  kasb  etadi.  Hayvonlarning  kelib  chiqishini  o„rganish  bilan  ulardagi 
evolutsion  jarayonda  ro„y  bergan  o„zgarishni  ilg„ash  bilan  birga  amaliy  ahamiyat 
kasb  etadi,  ya‟ni  yovvoyi  ajdodlardan  foydalanib  yangi  zotlar  yaratish, 
mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi. 
Qishloq xo„jalik hayvonlarini qo„lga o„rgatish va xonakilashtirish bundan 10-
12  ming  burun  ibtidoiy  odamlarning  yovvoyi  hayvonlarni  ovlashidan  boshlangan. 
Ovdan  bo„shashgan  va  yarador  hayvonlarning  olib  kelinishi,  yosh  yovvoyi 
hayvonlarni  turli  usullar  bilan  ushlab  ularni  qo„ra  yoki  g„orlarda  saqlash  qo„lga 
o„rgatishning  boshlanishidan  dalolat,  odamlar  ushbu  hayvonlarni  asosan  zaxira 
go„sht va hayrat uchun saqlaganlar. 
Qo„lga  o„rgatilgan      hayvonlarni  odamlar  himoya  qilgan,  oziqlantirilgan, 
asragan, lekin ko„pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar, ayrimlaridan 
shunday sharoitda ham avlod olingan.  Yosh hayvonlar osonroq qo„lga o„rgangan. 
Uy    hayvonlarining  kelib  chiqish  mintaqalari  ularning  yovvoyi  ajdodlarini 
tarqalishiga qarab ro„y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo„lib Yefrat va 
Tigr daryolari vodiysi,  Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Afrika-Nil 
daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi, Eron va O‟rta 
Osiyo hisoblanadi. 
Ko„pchilik  hayvonlar  Osiyoda  qo„lga  o„rgatilib,  xonakilashtirilgan(it, 
qoramol,  ot,  qutos,  echki,  qo„y,  cho„chqa,  bug„u,    ikki  o„rkachli  tuya,  tovuqlar, 
tovuslar, kaptarlar, g„ozlar, o„rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada- it, qoramol, 
ot,  qo„y,  quyon,  cho„chqa,  g„oz,    o„rdak  va  asalarilar  hisoblanadi.  Amerikada 
lamalar, kurkalar va muskus o„rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu tuyaqushlari 
xonakilashtirilgan). 
Yovvoyi    hayvonlarni  xonakilashtirilishi  qator  fanlar  va  usullar  yordamida 
ikkilamchi  ko„rsatgichlar  asosida  o„rganiladi:  arxeologik,  anatomik,  fiziologik, 
etnografik. 
Arxeolglar qo„rg„onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida topilmalar 
chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar. 
Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari bilan 
solishtirib o„xshashligini va evolutsiya davomidagi o„zgarishlarni bilib oladilar. 
Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi  ajdodlarining oqsil 
tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin. 
Etnografik  usul  esa    ajdodlarimizning    hayvonlarning  tasviri  tog„,  qoya 
toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga  qarab aniqlanadi, ya‟ni 
qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi. 
Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo„linadi: 


 
10 
A)  Yovvoyi  hayvonlar-tabiat  mahsuloti  bo„lib,  himoya  tusi,  ko„zgaluvchan 
nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta‟riflanadi. 
B)  Qo„lga  o„rgatilgan  hayvonlar-tutqunlikda  ko„payishi  va  avlod  qoldirish 
imkoniyatlaridan mahrum(fillar, ov burgutlari). 
V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar. 
G) Qishloq xo„jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo„lib, insonlarning chorva 
mahsulotlariga  bo„lgan  talablarini  qondirish  maqsadida  ishlab    chiqarishda 
foydalanadilar. 
Ibtidoiy odamlar   dastlab osonlikcha qo„lga o„rgatish mumkin bo„lgan mayda 
hayvonlarni  xonakilashtirishgan.  Itlardan  keyin  7-8  ming  burun  qo„y  va  echkilar 
qo„lga  urgatilgan.  Qo„ylarning  yovvoyi  ajdodlari  bo„lib  muflon,  arhar  va  argali 
hisoblanadi.  Echkilar  qilichsimon  va  parsimon  shoxli,  hamda  ibeks  yovvoyi  
echkilaridan    kelib  chiqqan.  Bundan  5-6  yil  ilgari  Osiyo  va  Yevropa  tung„izlari 
xonakilashtirilgan. 
Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi  – tur 
hisoblanadi, faqatgina 4-5  ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning ajdodi 
bo„lib  Prjevalskiy  oti  va  tarpan  hisoblanadi.  Eshshaklar  yovvoyi  Afrika 
eshshaklaridan kelib chiqqan. 
Eramizdan 
3-2 
ming 
yil 
oldin 
ikki 
o„rkachli(bakterian), 
bir 
o„rkachli(dramedar)  tuyalar    xonakilashtirilgan.  Shimol  bug„ulari    esa  otlardan 
oldin  yovvoyi  shimol  bug„usidan  kelib  chiqqan.  Quyonlar  eramizdan  oldingi  I 
asrda  yovvoyi  quyonlardan,  xonaki  o„rdaklar  eramizdan  oldingi  I  asrda  yovvoyi-
baqirok  o„rdaklarni  xonakilashtirish  natijasida,  g„ozlar  yovvoyi  kulrang  g„ozdan, 
kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlar esa zog„ora 
baliqdan kelib chiqqan. 
Xonakilashtirishdan  keyin  evvolutsion  jarayonda    hayvonlar  keskin  o„zgarib 
o„zlarining  yovvoyi  ajdodlaridan  ancha  farqlanadilar.  Hayvonlar  tirik  vazni,  
mahsuldorligi,  tana  tuzilishi  va  tana  qismlarining  nisbati  bilan  har  xillikga 
erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda bo„ladi. 
Xonaki  hayvonlar  vazni  ba‟zilarida  yovvoyi  xillariga  nisbatan  oshgan  bo„lsa, 
ba‟zilarida  kamayganligiga    guvoh  bo„lamiz.  Romanov  va  qorako„l  qo„ylari  tirik 
vazni hisor qo„ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli qoramollar jersey 
zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko„p tosh bosadi.  Skelet o„zgarib, 
u  yengil,  suyaklari  bo„shashib,  nimjonlashgan.  Xonaki  hayvonlar  o„z  qismi 
qisqargan (qoramol, cho„chqa, it). Shox yovvoyi hayvonlarda yirik bo„lib himoya 
vazifasini  o„tagan(turda  uning  uzunligi  1,5  m,  vazni  15  kg  bo„lgan),  hozirgi 
hayvonlarda  u  kichrayib,  ba‟zilarida  yuqolib  ketgan(aberdin-anguss  zoti). 
Mushaklari  bo„shashgan,  noziklashgan,  ba‟zi  hayvonlarda  yog„  bilan 
qoplangan(marmar  go„sht).  Teri  yupqalashgani  bilan  teri  osti    kletchatkasi  kuchli 
rivojlangan,  ayniqsa  bu  hol  go„sht  yo„nalishidagi  hayvonlarga  taalluqli(cho„chqa, 
qo„y, qoramol). Terida burmachalar paydo bo„lgan. 


 
11 
Ichki  a‟zolar  qator  o„zgarishlarga  uchragan.  Hayvonlarning  mo„l-ko„l 
oziqlantirish,  ayniqsa  yemdan  ko„p  foydalanish  cho„chqalarga  ichak  kaltalashib, 
qoramol va quyonlarda o„zaygan. 
Yurak  hajmi  kichiraygan(arhar  yuragi  xonaki  qo„y  yuragidan  2  barobar 
hajmi),  o„pka,  buyrak  faoliyati  ancha  susaygan.  Yovvoyi  hayvon  asosan  bir  xil 
himoya  tusiga  ega  bo„lgan  bo„lsa,  xonaki  hayvonlarda  rang-baranglik  uchraydi, 
oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag„al bo„lgan, xonaki qo„ylar juni 
uzun  va  mayinlashgan,  ba‟zi  hayvonlarda  jun  butunlay  yo„qotilgan(junsiz 
cho„chqalar). Mayin junli  qo„ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib olinadi. 
Evolutsion  jarayonda  hayvonlar  mahsuldorligi  keskin  oshgan,  unga  jussaning 
kattalashishi,  ayrim  tana  qismlarining  keskin  rivojlanishi(orqa,  bel,  biqin) 
hayvonlardan  ko„p  sifatli,  nozik,  shirador    go„sht  olish  imkonini  yaratib  bergan. 
Yovvoyi  hayvonlar  faqat  o„z  bolalarini    boqishga  yetarli  sut  ishlab  chiqarganlar, 
xonaki hayvonlarda sut(sigirlar)  8-12 marta, tovuqlar tuxumdorligi 10-15 barobar, 
qo„ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar ortgan. 
Xonakilashgan  hayvonlarda  jinsiy  va  jismoniy    balog„at  yoshi  ikki  barobar 
kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo„lganlar. Jinsiy faoliyatining mavsumiyligi 
yo„qotilib,  yil  davomida  bola  olish  mumkin  bo„lib,  hayvonlarning  pushtdorligi 
oshgan.  To„ng„izlar  bir  yilda  bir  marta  tug„ib  4-6  cho„chqa  bolasi  bergan  bo„lsa, 
xonaki  cho„chqalar  bir  yilda  2-2,5  marta  tugib  20-25  cho„chqa  bolasi  beradi. 
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham o„zgarishga uchradi. Ular 
kam  harakat,  yuvvosh  bo„lib,  xurkaklik  va  g„araz  fe‟llarini,  hamda  yovvoyi 
hayvonlar ba‟zi shartli va shartsiz reflekslarini yo„qotgan. 
Xonakilashtirish  jarayonida  ro„y  bergan  o„zgarishlarning  sababi  quyidagilar 
hisoblanadi: 
1.  Harakatlanishning 
chegaralanishi. 
Hayvonlarning 
erkinlikni 
yo„qotishi(chegaralangan  joyda  saqlash)  organizmdagi  o„zgarishlarga  sabab 
bo„lgan, muskullar ishi susayganligi uchun ko„proq yog‟ 
2.  to‟planadi, skelet bo„shashdi, yurak, upka va boshqa a‟zolar faoliyatining 
pasayishiga sabab bo„ldi. 
3.  Oziqlantirish  sharoitining  o„zgarishi.  Oziqlantirish  me‟yori  va  xilining 
hayvon  talablariga  to„liq  javob  berishi  ularning  mo„tanosib  rivojlanishi  va  yuqori 
mahsuldorligiga sabab bo„ldi. 
4.  Hayvonlarni  odamlar  o„z  himoyasiga  olishi,  ularning  bo„shashishiga, 
tabiiy tanlash ta‟sirining  yo„qolishiga olib keldi. 
5.  Insonlar  hayvonlarni  tanlash  natijasida  o„zi  uchun  kerakli  hayvonlarga 
erishdi. 
6.  Hayvonlarni bir jug„rofiy xududdan boshqa xududga, bir qit‟adan ikkinchi 
qit‟aga olib o„tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. 
7.  Hayvonlarni  favqulodda  turli  tur,  zot,  xillarini  chatishtirish  ularning 
shakllanishiga sabab bo„ldi. 


 
12 
8.  Oxirgi  XIX  asr  oxiri  va  XX  asrda  hayvonlarni  ongli  tanlash  va  juftlash, 
yosh hayvonlarni maqsadli o„stirish ularning shakllanishida asosiy o„rin to„tadi. 
Hayvonlar  evolutsion  jarayonida  inson  harakatlantiruvchi    kuch  bo„lib 
maydonga tushgan. 
Yer  yuzidagi  1500  mingdan  ortiq  turdagi    mavjudoddan  inson  faqat  qishloq 
xo„jalik    ishlab  chiqarishga  faqat  60  turinigina  jalb  qila  oldi  xolos,  shularga  ipak 
qurti, asalari va karp balig„i ham kiradi. 
Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub: 
A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut emizuvchilar, qushlar va baliqlar 
sinfi, sut emizuvchilar sinfidan. 
Jufttuyoqlilar  turkumiga(qoramol,  qo„tos,  gayal,  banteng,  buyvol,  shimol 
bug„isi, echki, tuya, lama, qo„y va cho„chqa); 
Yirtqichlar  turkumi  (it,  mushuk);  kemiruvchilar  otryadi  (quyonlar);  qushlar 
sinfidan  (tovuq,  tovus,  tustovuq,  sesarka,  kurka).  Suvda  suzuvchi  parrandalar 
turkumidan (o„rdak va g„oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar). 
B)  Bug„inoyoqlilar  tipi,  hashoratlar  sinfi,  pardaqanotlilar  turkimi(asalari); 
tangacha  qanotlilar  turkumi  (ipak  qurti).  Tabiatda  hali  foydalanilmagan  hayvonot 
olami  vakillari  mavjud,  shu  boisdan  xonakilshtirish  jarayoni  tugallangan    deyish 
qiyin. Bu jarayon ba‟zi mo„ynali hayvonlar, bug„ular, loslar, tuyaqushlar, bedonalar 
va boshqalarda davom etmoqda. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish