VI bob. Yakunlovchi qoidalar 37-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish bo‘yi- cha faoliyatga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning faoli-
yatiga aralashish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi man-
sabdor shaxslarga ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsa-
dida qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.
38-modda. Nizolarni hal etish Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi nizolar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.