33-modda. Profilaktik emlashlar o‘tkazish Profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqa-
lishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek
epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni
o‘tkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik ko‘rsatkichlar
bo‘yicha profilaktik emlashlar o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.