29-modda. Maxsus ekspertizalar o‘tkazish
Aholining va alohida shaxslarning sog‘lig‘i hamda kasallanish hola-
tini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa
turlari, shuningdek, loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda
boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning,
kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlar-
ning, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat
buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning
ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar,
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy tadqiqot, oliy
ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyur-
tmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.
Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning,
ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari
qonun hujjatlarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |