V bob. Sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish
30-modda. Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar quyi-
dagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi;
yuqumli va parazitar kasalliklar o‘choqlarida o‘tkaziladigan chora-
tadbirlar;
profilaktik emlashlar o‘tkazish;
dezinfeksiya tadbirlari;
majburiy tibbiy ko‘riklar;
fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.