41-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlash-
tirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan nor-
mativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini
ta’minlasin.
42-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Shunday qilib, DSN organlarining faoliyati huquqiy asosga ega
bo‘lib, ularning tarkibi qonun tartibida belgilangan, ularning vazifalari
esa, Respublika aholisining sanitar-epidemiologik xotirjamligi va radiat-
sion xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |